1-mavzu Matnni lisoniy va nutqiy birliklarga ajratish mashqlari (2 soat)
Download 82.2 Kb.
|
amaliy 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- (A.Qodiriy “O`tkan kunlar”dan)
2-matn
USTOZLARIM HAQIDA Men behad baxtiyor kishiman, chunki juda ko`p murabbiy va o`qituvchilar, ustozlar menda o`chmas taassurot qoldirishgan. Bilimga qiziqish, so`zda yashiringan mazmunni uqish, zohiriy va botiniy ma`nolarni uqishga mayl menda 6-9 yoshligimda otam G`ulomqodir Ne`matullaboy Avazboyi Urganjiy o`g`lining mehmonxonalarida bo`ladigan qizg`in bahs-u munozaralar, xamsaxonlik, shohnomaxonlik, hofiz va bedilxonlik, navoiyxonliklar jarayonida shakllangan. Otam musulmon odatiga ko`ra, 4 yosh-u 4 oyligimda alif va abjadni o`rgatgan edilar. Shuning uchun ilk o`qituvchilarim deb otam va u kishining davralarida bo`lgan oriflarni bilaman. Ular qatorida, albatta, shoirtabiat, juda kuchli xotira sohibi bo`lgan onam - Muhabbatbonu menga Hofiz, Bedil, Fuzuliy g`azallarida baytning tashqi (ishqiy) va ichki (ilohiy) mazmunini uqish yo`llarini o`rgatganlar. Bu o`qituvchilar tufayli men zohiriylikka berilmaslik, o`ylab, fikrlab zohiriy zamirida yashiringan botiniyni ochishni, fahmni idrok bilan baholashni, hodisa ostida yotgan mohiyatni ko`rishga intilishni angladim. Maktab o`qituvchilarimdan mening qalbimda so`nmas iz qoldirgan siymo adabiyot o`qituvchimiz - eski maktab bilan birga jadid maktabida ta`lim ko`rgan, yakka suhbatlarimizda soatlab "Xamsa"dan parchalar yoddan o`qiydigan, Kumushning Otabekka maktubini so`zma-so`z aytib bergan, 1954-yilda "Tamila"ning isloh etilgan arabcha nashrini, "O`tgan kunlar"ning, "Tehroni mahuf"ning lotincha nashrlarini yashirincha berib o`qitirgan yuksak bilim va zakovat egasi - Amon Bakirov bo`lganlar. Maktabning yuqori sinflarida menga men sevgan va meni sevgan o`qituvchilarim Nadejda Zenkina, Rahmat Qosimov, Mahdi Nosirov, Bo`ri Mirxonov, Husayn Cho`liboyev kabi bilimdon murabbiylar katta ta`sir ko`rsatdilar va tarbiya berdilar… (Prof. Hamid Ne`matov xotiralaridan.) 3-matn “Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidan, Majnun ishqida yig`lagan Layli otidan – sizga boshimdag`i sochlarimning tuklaricha behad salom. Mendan – hadd-u hisobsiz gunoh, sizdan – kechirish. O`tkan ishga salavot. Chunki shu ikki yil ichida kechirgan qora kunlarni eska olish manim uchun o`sha kunlarni qaytadan boshdan kechirishlik singari, ul kunlarni siz unuting, unutmang, ammo men unutdim. Shuning uchun so`zimni o`zimning oxirgi, ham chin baxt islari hidlagan tariximdan boshlayman. Siz – qochoqsiz, nari-beri til uchida menga bir narsa yozgandek bo`lib qochqonsiz, ikki yil bo`ldi Marg`ilon kelib yurishlaringizni men o`zimcha yeshdim, lekin topib yeshdim: sizning barcha mashaqqatlaringiz – dushmanlaringizdan o`ch olish uchun bo`lganini ongladim. Yo`qsa, meni ko`rar edingiz, ko`rgingiz kelmaganda ham boshqalar sizni ko`rar edilar, to`yar edilar… Men kabi baxtsiz, men kabi g`ovg`asi ko`b sizni zeriktirib, jondan to`ydirg`on bo`lsa ajab emaski, qocha boshlag`ansiz… qochsangiz qochib ko`ringiz, ammo men bu kundan boshlab biravlarni quvishqa bel bog`ladim: otam bilan onam rafoqatlarida xizmatingizg`a – cho`riliqingizg`a erta-indin yuraman, suyganingiz kundoshim oldida qadr-u qiymatimning nima bo`lishini ham bilaman… siz olijanobsiz: eski qadrdonliq hurmatiga ko`ngil uchun kulib boqarsiz… Loaqal shugina bilan ham baxtsizni mas’uda qilarsiz. Ammo… suyganingiz – kenjangizning jerkishlaridan, qarg`inishlaridan behad qo`rqaman, o`zimda yo`q qo`rqaman. Shu yaqin oradag`i uning bilan bo`ladurg`an mas’ud daqiqalaringizda xudo yo`lig`a va’da olingiz – meni og`ritmasin, raqibam keldi deb o`ylamasin. Nihoyati maqsadim ikki do`stka bir cho`rilik va shu munosabat bilan biravlarini ko`rib yurish… Xatim oxirinda shuni ham aytib qo`yay: o`ch qaytib, men ham ko`chadan haydalmasam edi, degan xavf hamisha ko`nglimda. Agar xudo yarlaqab eshikingizda o`rinlashib olsam, uyog`ini o`zim bilar edim… Erta-indin ko`zimga yo`l ko`rinur, Yo`l bosishliq ko`ngilga bir umr ko`rinur… 3-inchi hamal, Marg`ilon, Kumushingiz yozdi”. (A.Qodiriy “O`tkan kunlar”dan) Download 82.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling