1-mavzu Matnni lisoniy va nutqiy birliklarga ajratish mashqlari (2 soat)


Download 82.2 Kb.
bet3/5
Sana15.03.2023
Hajmi82.2 Kb.
#1270273
1   2   3   4   5
Bog'liq
amaliy 1

Monitoring va baholash

Mustaqil o`rganish uchun savollar beriladi, uy vazifasi uchun slaydlar tayyorlanadi



Amaliy mashg`ulotning texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti


Faoliyat mazmuni


Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

Tayyorlov bosqichi
(2-4 daqiqa)

Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi.
Mavzu bo`yicha tayanch mazmunnomalar ishlab chiqadi.
Belgilangan ta’limiy maqsadlarga erishishni ta’minlovchi o`quv topshiriqlarini ishlab chiqadi.
Kichik guruhlarda samarali faoliyatni ta’minlash uchun yozma yo`riqlarni tayyorlaydi (1-ilova).
Ekspert guruhlar faoliyati natijlarini baholash mezonlarini ishlab chiqadi (2-ilova).




1. O`quv mashg`ulotiga kirish bosqichi
(6-8 daqiqa)

1.1. Mashg`ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalarini e’lon qiladi, ularning ahamiyatliligi va dolzarbligini asoslaydi.
1.2. Mavzu bo`yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qildai va shu asosda tezkor-so`rov o`tkazib talabalar bilimlarini faollashtiradi (3-ilova).
1.3. Faoliyat kichik guruhlarda o`quv topshiriqlarini bajarish orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi (2-ilova).
1.4. Qo`shimcha ma’lumotlar aks etgan tayanch konspyektlarni tarqatadi.
1.5. Ekspert guruhlar faoliyati natijalarini baholash mezonlarini e’lon qiladi.

Tinglaydilar.
Savol va topshiriqlarni muhokama qilib, ularga javob beradi.

2. Asosiy bosqich
(55-60 daqiqa)



2.1. Talabalarni to`rtta kichik guruhga bo`ladi. Mashg`ulotning o`tkazilish tartibini yana eslatadi. O`quv mashg`uloti «o`zi o`rganib, o`zgaga o`rgatish», ya’ni hamkorlikda o`rganish prinsipi asosida o`tkazilishini aytadi (Zigzag. 4-ilova).
2.2. Guruhlarga ekspert varaqlarini, shu bilan birga, har bir talabaga geometrik shakl tarqatadi va faoliyatlarini tashkil qiladi (geometrik shakllarni vaqtincha bir joyga qo`yishlarini, vaqti kelganda ulardan foydalanishlarini aytadi) (5-ilova).
Guruhlarda ishni tashkil qiladi. (matnni o`rganib, muhokama qilishga 15 daqiqa beradi).
2.3. Doira shaklini olgan talabalar 1-stol, uchburchak shaklini olganlar 2-stol va to`rtburchak olganlar 3-stol atrofiga o`tirishlarini aytadi. Har xil guruhlardan to`plangan talabalar o`z savollarini boshqa talabalarga yoritishini tushuntiradi. O`zaro o`rgatish jarayoni boshlanadi (15 daqiqa).
Talabalar faoliyatini kuzatadi, ularni yo`naltiradi, maslahatlar beradi.
2.4. Talabalarni o`zlarining dastlabki joylariga, stol atrofiga kelib o`tirishlarini aytadi.
2.5. Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi. Har bir guruhdan 3 nafardan talaba chiqib, faoliyat natijalarini taqdim qilishlarini aytadi. Taqdimot uchun har bir guruhga 8 daqiqadan vaqt ajratadi. Yo`naltiruvchi, maslahatchi sifatida ishtirok etadi. Javoblarni aniqlashtiradi, to`ldiradi, izoh beradi va tuzatishlar kiritadi.
2.6. Har bir guruh taqdimoti oxirida ekspert savollari bo`yicha xulosalar qiladi.

Kichik guruhlarga bo`linadilar.
Topshiriq bo`yicha faoliyat boshlaydilar. Matnlarini o`qib, savollarga javob topadi. Ma’lumotni muhokama kilib, fikr almashib, sistemalashtiradi.
Format qog`oziga sxema tarzida tushiradi, taqdimot uchun materiallar tayyorlaydilar.

Faoliyat natijasini taqdimot qiladilar.



3.Yakuniy bosqich
(6-8 daqiqa)

3.1.Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladi.
3.2.O`quv mashg`ulotini natijalarini sharhlaydi, guruhlar faoliyati bahosini e’lon qiladi.
3.3. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: (1) amaliy mashg`ulotga tayyorlanib kelish; (2) nazorat savollariga og`zaki javob berish (4-ilova) (6-ilova).

Tinglaydilar.



1-ilova


Download 82.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling