Media savodxonlik va axborot madaniyati evolyutsiyasi hamda jamiyatdagi ahamiyati


Download 116.88 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.10.2023
Hajmi116.88 Kb.
#1711283
Bog'liq
1-mavzu Media savodxonlik evolyutsiyasi



MEDIA SAVODXONLIK VA AXBOROT MADANIYATI 
EVOLYUTSIYASI HAMDA JAMIYATDAGI AHAMIYATI 
 
Media va axborot savodxonligi — bu ijodiy faoliyatda barcha zarur 
vositalardan foydalangan holda axborot va media mahsulotlarini samarali olish, 
tahlil qilish, tanqidiy baholash, talqin qilish, foydalanish, yaratish va tarqatish 
imkonini beradigan bilim, ko‗nikma, munosabat, malaka va amaliyotlar majmuidir. 
Bugungi kunda dunyo ommaviq axborot vositalarida axborotni tanlash va to‗g‗ri 
baholash qobiliyati dolzarb bo‗lib qolmoqda. Media savodxonligi, media ta‘limi, 
media madaniyat, soxta va tashviqot axborotlariga qarshilik ko‗rsatish — bu kalit 
so‗zlarning barchasi ikki kunlik seminar trening mohiyatini aks ettirdi. 
―O‗zbekiston ta‘lim tizimiga media savodxonlikni joriy etish‖ loyihasi doirasida 
―Media savodxonlik nim a va uni maktabda qanday o‗qitish kerak?‖ mavzusidagi 
ushbu seminar-trening O‗zbekiston Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish 
markazi, DW Akademiyasi va Germaniya tomoni hamkorligida tashkil etildi. 
Trening jarayonida ishtirokchilar o‗z tajribalari bilan fikr almashib, ―Adolat tili‖, 
kontent, Vebler sxemasi kabi yangiliklarga, turli ma‘lumot, usul va metodikalarga 
ega bo‗lishdi.
Xo‗sh, media savodxonlik nima? Nega bugun uning ahamiyati tobora ortib 
bormoqda? Axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma‘lumotlar 
bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko‗payishi media savodxonlikka 
ega bo‗lish zaruratini qo‗ydi. An‘anaviy tarzda media savodxonlik shaxsning 
adabiya sarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishidan iborat bo‗lgan. 
Bugun media savodxonlik – axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini 
bilish demakdir. Media savodxon inson o‗ziga bu axborotni kim va nima maqsadda 
yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? Degan savolni bera olishi va to‗g‗ri 
xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondashishi lozim. Mazkur savollar 
nafaqatsiz oilangiz davrasida televizor ko‗rayotgan, mashinada radio eshitayotgan 
yoki internetdagi xabarlarni ko‗rayotgan paytda berilishi, balki har qanda y a 
xborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerak. Bugungi axboriy 
muhitni tushunishda media savodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Xo‗sh, media savodxonlik nima uchun kerak?
Avvalo: Huquqiy demokratik jamiyatimizning to‗laqonli, faol fuqarosi 
sifatida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun - mohiyatini tushunish ; OAV 
orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash 
ko‗nikmalarini shakllantirish ; 
Axborot orqali inson ongini boshqarishga yo‗lqo‗ymaslik va har qanday 
vaziyatda to‗g‗ri qaror qabul qilish ; Insonning vizual obrazlar ta‘siri ostida ijobiy 


yoki salbiy tomonga o‗zgarishlarini tahlil eta olish va vizual xabarlar ostida 
beriladigan ko‗rinmas ma ‘ lumotlarni ―o‗qiyolish‖;
OAV orqali beriladigan matn li kommunika ts iyalar mohiyatini tahlil e tish; 
Axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda uzatilayapti, 
kimning manfaatlarini o‗zida aks e ttirayapti, degan savollarga javob topa olish 
uchun zarurdir. Media savodxonlik tushunchasi borasida turli fikrlar mavjud 
bo‗lib, AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro e nsiklopediyasida qayd e tilishicha, 
―Media savodxonlik — inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas‘uliyatini his qilgan 
holda faol va savodli bo‗lishi, media matnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta 
olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini 
tushuna olishi demakdir‖. Medi a savodxonlikning maqsadi har bir medianing 
ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan 
axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‗nikmalarini shakllantirish 
bo‗lsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste‘mol qilinadigan har qanda y a 
xborotning manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishdir. 
Shuningdek, odamlarga OAV hamda fuqarolik jurnalistika rolini tushunishga 
yordam berishdir. Fikrimizcha, media savodxonlik media ta‘limning uzviy bog‗liq 
qismidir. Shu bilan birgalikda uning ko‗rinishlari ko‗paymoqda. Bugungi kunda 
medianing tahlil e tilishi natijasida tilimizga kirib kelayotgan tushunchalar, ya‘ni 
media savodxonlik, media ta‘lim, mediani o‗rganish va boshqalar bir-biri bilan 
bog‗liq bo‗lsa-da, media axborotni qabul qilish, saralash, tahlil e tish, baholashda 
media savodxonlik tushunchasi bilan birgalikda media ta‘lim, mediani o‗rganish, 
media madaniyat tushunchalari ham qo‗llanilyapti. Masalan: Media ta‘lim – media 
o‗quv dasturida integrallashgan, fanlar aro asosida o‗rganilishini; 
– «mediamavzu»ni aniq bir fan doirasida tahlil e tilishini;
– amaliyish va tahlil orqali mediaga tanqidiy yondashishni;
– uning shakli, texnologiyalari, axborotni uzatish usullarini o‗rganishni;
– media agentliklarni, ularning ijtimoiy, siyosiy va madaniy rolini 
o‗rganishni;
– talabaning OAV bilanishlashini;
–tadqiqot faoliyatini;
–medianing til va san‘at orqali auditoriyaga ta‘sirini o‗rganadi.
Mediani o‗rganish e sa o‗z navbatida:
–mediani nazariy jihatdan o‗rganishni;
– mediani qiyosiy jihatdan tahlil e tishni;
– uning konseptual tarkibini;
– media matnni tahlil e tish va uning yaratilish metodikasini; 
– ommaviy kommunika ts iya, kino san‘ati va madaniyatshunoslik 
fanlarining o‗zaro bog‗liqligini;


– OAVning ta‘sirini o‗rganadi.
Media savodxonlik mediani o‗rganish bo‗lib, media ta‘limning quyidagi 
natijalariga asoslanadi va o‗z oldiga:
–medianing shaxs va jamiyatga ta‘sirini tushunish; 
–ommaviy kommunika tsi ya jarayonini anglash;
– media matnlarni tushunish va tahlil eta olish; 
– media kontekstini tushunish; 
– media matnlarni yaratish va ularni tahlil e tish;
– media matnlarni baholashga va ularni saralash vazifalarini qo‗yadi.
Bugungi kunda media, ya‘ni ommavi y a xborot vositalari, kino, teatr, 
san‘atning turlari, madaniyat sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har 
qanday ma‘lumot insonongiga o‗zining ma‘lum bir ta‘sirini o‗tkazib, uning 
dunyoqarashini o‗zgartirishga sabab bo‗lmoqda. Yuqorida tilga olingan 
tushunchalarning qo‗llanilishi va bugungi kunda media ta‘lim, media savodxonlik, 
media tanqid va mediani o‗rganishga bo‗lgan i ntilishning asosiy maqsadi ham 
axborotning yaratilishi, uningtarqalish jarayonini tushunib ye tish, tijorat, siyosiy, 
iqtisodiy, ma‘naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning 
mohiyatini anglagan holda uni bahola y o lishdir. 
Ayni paytda media ta‘lim asoslarini har bir ta‘lim muassasasiga o‗quv 
dasturiga kiritish, o‗quvchila yoshlarga maktablarda ta‘lim jarayonida uning 
asoslarini interaktiv, turli o‗yinlar shaklida tushuntirish, o‗sib kelayotgan avlod 
tomonidan shiddatli axborot oqimida zarurini tanlash va unga tanqidiy yondoshgan 
holda bahola y o lish imkonini beradi. Bu esa o‗z navbatida yoshlarning 
kelajakdagi fuqarolik pozi ts iyasini yanada mustahkamlanishiga, jahonda yuz 
berayotgan voqea-hodisalarni xolis baholab, to‗g‗ri qaror qabul qila olishiga asos 
bo‗lib xizmat qiladi. 
Asosiy xulosa shuki, biz hammamiz media olamida yashaymiz va har kuni 
media savodxonlik muammolariga duch kelamiz. Yoshlarga bunda y qiyin 
sharoitda o‗zini tutish qoidalari va o‗z-o‗zini himoya eta olishni o‗rgatish juda 
muhimdir. 

Download 116.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling