1-Mavzu Mavzu: Kirish. Fanning tarkibi mazmuni va elektr manba turlari Reja


-Mavzu Bir fazali to’g’irlagichlar


Download 1.66 Mb.
bet21/27
Sana20.12.2022
Hajmi1.66 Mb.
#1037137
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
1-Mavzu Mavzu Kirish. Fanning tarkibi mazmuni va elektr manba t

11-Mavzu
Bir fazali to’g’irlagichlar
Reja:
1. Bir fazali o’zgaruvchan tok to’g’irlagichlari
2. Bir fazali va uch fazali to‘g‘rilagichlar shakli
3.Ularni ishlash jarayoni
4.Xulosa
Toʼgʼrilagich deb oʼzgaruvchan kuchlanishni doimiy nesinusoidal (toʼgʼrilangan), bu kuchlanishning oʼrtacha qiymati esa (oʼzgarmas qismi) isteʼmolchi foydalanadigan oʼzgarmas tokka aylantiradigan qurilmaga aytiladi.Toʼgʼrilangan tok tarkibida oʼzgaruvchan qismlari (pulьsatsiyalar) boʼladi, ularni butunlay yoʼqotishning iloji yoʼq. Shuning uchun pulьsatsiyalar turli choralar bilan eng kichik qiymatlargacha kamaytirilishi mumkin.
Toʼgʼrilagichlar qator belgilariga qarab klassifikatsiya qilinadi:
• toʼgʼrilash sxemasi boʼyicha bitta yarim davrli, ikkita yarim davrli, koʼpriksimon toʼgʼrilagichlar;
• –kuchlanishni ikkilantiruvchi (koʼpaytiruvchi) toʼgʼrilagichlar;
• koʼp fazali toʼgʼrilagichlar;
• va boshqalar.
Toʼgʼrilagichlar radioelektron qurilmalarning oziqlantirish bloklarida oʼzgaruvchan kuchlanishni oʼzgarmas kuchlanishga aylantirishda foydalaniladi.
Har qanday toʼgʼrilagich uchta asosiy elementdan tuziladi:
– kuch transformatori – oziqlantiruvchi tarmoq kuchlanishini pasaytiruvchi ѐki kuchaytiruvchi va tarmoq bilan apparaturani bir-biridan galьvanik ajratuvchi qurilma;
– toʼgʼrilovchi element– bir tomonlama oʼtkazuvchanlikka ega boʼlgan
– oʼzgaruvchi kuchlanishni pulьsatsiyalanuvchiga aylantirish uchun;
– filtr – pulsatsiyalanuvchi kuchlanishni silliqlash uchun.
Toʼgʼrilovchi elementlarning tipiga qarab – lampali (kenotronli), yarim oʼtkazgichli, gazotronli va boshqalar.
Toʼgʼrilangan kuchlanish kattaligiga qarab – past kuchlanishli va yuqori kuchlanishli.
Moʼljallanishiga qarab – anod zanjirlari, ekran toʼrlari (setka), boshqaruv toʼrlari zanjirlari, tranzistorlarning kollektor zanjirlarini oziqlantirish, akkumulyatorlarni zaryadlash uchun va boshqalar.
Transformatorning w2-g‘altakdagi kuchlanishning qiymati va qutblari tez- tez davriy ravishda (sekundiga 50 marta) o‘zgarib turadi.G‘altakning yuqori qismida musbat potensial bo‘lgan paytda diod ochiq bo‘ladi va Ito‘g‘ri tokni zanjirdan o‘tkazadi, aksincha holatda, yuqori qismida manfiy qutb bo‘lganda diod ѐpiq bo‘ladi, tokni o‘tkazmaydi va zanjirning elementlarida kuchlanish U=0 bo‘ladi. To‘g‘rilagich chiqishida chastotasi 50 gs bo‘lgan (ellikta yarim davr o‘tish bir sekundda sodir bo‘ladi) kuchlanish impulslari (pulsatsiya) ko‘rinishidagi to‘g‘rilangan kuchlanishni ko‘ramiz , va bu kuchlanish kondensator ѐrdamida v ko‘rinishga keladi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling