1-Mavzu
Mavzu: Kirish. Fanning tarkibi mazmuni va elektr manba turlari
Reja:
Kirish
Tok manbalari
Muqobil energiya manbalarining turlari
Fanning o’qitilishidan maqsad - iste’molchilarni kerakli miqdorda va sifatda elektr energiyasi bilan ta’minlab beruvchi elektr ta’minot tizimini o’rganishdir.
O’quv fanini o’rganishning asosiy vazifalari: elektr ta’minot sistemasini ratsional qurish yo’llarini, shu sistemada ishlatadigan uskunlarni to’g’ri tanlash masalalarini, elektr ta’minot sistemasini optimal ishlashini oshirish metodlarini talabalar o’zlashtirishdir.
Kirish
“Telekommunikatsiya qurilmalari va tizimlarini elektr ta’minoti” korxonada elektr ta’minotining umumiy masalalarini, elektr energiyasini sifat ko’rsatgichlarini, elektr yuklamalar grafiklarini, hisobiy yuklamalarni aniqlashni,telekommunikatsiya tarmoqlarini hisoblash va ular ximoyasini, sanoat korxonalarining elektr sxemalarini, kuch transformatorlarini tanlashni, o’tkazgichlar va kabel o’zaklarining ko’ndalang kesimlarini qabul qilishini, reaktiv quvvatini kompensatsiyalash va ximoyaviy taminlashlarni qamrab oladi. Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti fani asosiy elektr energetika fani xisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika) metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash; elektr texnikaning nazariy asoslari, energetika gidro va issiqlik qurilmalari, elektr texnologik qurilmalar, shaxarlarning elektr taminoti, elektr tarmoklar va tizimlar va h.k fanlardan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari talab etiladi. Sanoat korxonalarning elektr ta’minoti elementlari to’g’risida tushuncha xosil qilish va ularning tuzilishini tahlil qilish zarurdir. Ushbu fan talabaga yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun zaruriy bilimlarni beradi. SHuning uchun ushbu fan elektr energetika fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnalogik tizimining ajralmas bo’g’indir.
Do'stlaringiz bilan baham: |