Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism. Qazish yuklash mashinalarining tarixi. Ekg ekskavatori haqida umumiy malumot. Ekg markali qazib yuklash mashinalarining elektr taminoti III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. Ekskavator


Download 429.01 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi429.01 Kb.
#1398804
Bog'liq
EKG


EKG markali qazib yuklash mashinalarining elektr taminoti va bir chiziqli elektr taminot sxemalari




Reja:
I.Kirish.
II.Asosiy qism.
1.Qazish yuklash mashinalarining tarixi.
2. EKG ekskavatori haqida umumiy malumot.
3. EKG markali qazib yuklash mashinalarining elektr taminoti
III.Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.

Ekskavator (lotincha: yexsauo — oʻyaman, qaziyman) — togʻ jinslari va yerni (gruntni) qazish, ularni transport vositalariga yuklash yoki toʻplash uchun moʻljallangan qazishyuklash mashinasi. Yer qazish mashinalarini yaratish gʻoyasini 16-asrda Leonardo da Vinchi Ekskavator draglayn sxemasi tarzida ilgari surdi. Ekskavator ning chizmasini birinchi marta rus muhandisi A.A. Betankur 19-asr 20-yillarida ishlab chiqqan. 1834-yilda AQSH da V. Otisom natent olgan; 1910-yilda birinchi elektr dvigatelli Ekskavator, 1912-yilda dizel yonilgʻisida ishlaydigan, 1920-yillarda relsda harakatlanib, toʻla buriladigan Ekskavator ishlab chiqarildi. Keyinchalik Ekskavator ning tuzilishi takomillashtirib borildi.
Ekskavator bir kovshli (uzluksiz yoki siklli ishlaydigan) va koʻp kovshli (uzluksiz ishlaydigan) xillarga boʻlinadi. Ekskavator ning asosiy qismlari; kovsh (choʻmich), sharnirli quloch, kuch qurilmasi (dvigatel), buriladigan korpus va yurish qismi (gusenitsa, gʻildiraklar). Bir kovshli Ekskavator ning ish sikli kon jinsi yoki gruntni kesish yoki qazish, toʻlgan kovshni boʻshatish va kovshni zaboyga qaytarishdan iborat. Ekskavator ning quvvati, turi va ish sharoitiga qarab, ish sikli 15—80 sek davom etadi. Yurish qismlarining turiga koʻra, gusenitsali, gʻildirakli, odimlovchi, relsda yuradigan, suvda suzadigan, gʻildirakligusenitsali; kuch qurilmasining turiga koʻra, bir dvigatelli va koʻp dvigatelli; ichki yonuv dvigatelli, elektr, gidravlik, pnevmatik va aralash dvigatelli; boshqarish turiga qarab, qoʻlda, gidravlik, pnevmatik, elektr bilan va aralash boshqariladigan; ish organining turiga koʻra, toʻgʻri va teskari kurakli, draglaynli, greyferli va boshqa Ekskavator lar boʻladi. Toʻgʻri kurakli E. keng tarqalgan. Bunday Ekskavator lardan foydali qazilmalarni qazib olishda, qattiq va toshloq gruntlarda zovurlar qazishda foydalaniladi. Teskari kurakli Ekskavator tor zovurlar qazishda, uncha katta boʻlmagan zovurlarda inshootlar qurishda qoʻllaniladi. Draglaynli Ekskavator oʻzi turgan sathdan pastdagi gruntlarni qaziydi. Greyferli Ekskavator yuklash ishlarida, zovur qazish va boshqalar maqsadlarda ishlatiladi. Turli almashtiriladigan jihozlar (montaj ishlari, yuk ortish va tushirish, burgʻilash, ustunqoziqlar qoqish va boshqalaruchun) bilan jihozlangan Ekskavator lar universal Ekskavator deyiladi. Gidroyuritmali, yaʼni gidroekskavatorlar ham keng tarqalgan. Ularda turli ish organlari buriladigan platforma bilan sharnirli birikadi va yuqori (30—100 MPa) bosimli nasoslar bilan harakatlanadi. Vazifasiga qarab, bir kovshli E., qurilishda, karyerda, tunnelda ishlatiladigan, kon ochadigan, suzib yuruvchi va boshqalar xillarga boʻlinadi. Tunnel vashaxta Ekskavator lari aksari yer osti ishlarida qoʻllanadi. Bir kovshli Ekskavator lar kovshining sigʻimi — 160 m³gacha.
Koʻp kovshli Ekskavator ish jihozlarining turiga qarab, zanjirli va rotorli xillarga boʻlinadi. Zanjirli Ekskavator larda kovshlar (12—40 ta) yoʻnaltiruvchi rama gʻaltaklari boʻyicha harakatlanuvchi uzluksiz zanjirga mahkamlanadi. Rotorli Ekskavator larda ish organi 6—12 ta (baʼzan 24 gacha) kovsh oʻrnatilgan rotordan iborat. Bunda grunt toʻkish konveyeriga berilib 150 m gacha tashiladi. Uning kovlash balandligi 50 m gacha, chuqurligi esa 25 m gacha boʻladi. Rotorli Ekskavator lar koʻproq konlarda ishlatiladi. Harakat yoʻnalishiga qarab, koʻndalangiga, boʻylamasiga qaziydigan va buriladigan xillarga boʻlinadi. Koʻp kovshli Ekskavator larning ish unumdorligi 15000 m³/soat gacha yetadi. Ekskavator lar Rossiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Polsha, Chexiya va boshqalar mamlakatlarda ishlab chiqariladi. Toshkent ekskavator zavodida ham Ekskavator lar ishlab chiqarilgan (1945—90).
EKG ekskavatorlari bir chelakli, to'liq aylanadigan, tırtılga o'rnatilgan elektr mashinalardir.
E - ekskavator, K - martaba, G - tırtıl. Keyingi raqam (masalan, EKG 5) kubometrda chelakning hajmini ko'rsatadi. Harf indeksi, ehtimol, raqamdan keyin, yangilash variantini ko'rsatadi (masalan, U - yuqori yuklash uchun kengaytirilgan ishlaydigan uskunaga ega ekskavator) va ishlab chiqaruvchining kodini ham ko'rsatishi mumkin (N - Novokramatorskiy Mashinostroitelny Zavod).
EKG ekskavatorining ishchi uskunasi "to'g'ri mexanik belkurak" deb ataladi.
EKG ekskavatorlari foydali qazilmalarni ishlab chiqish va yuklash va transport vositalariga yoki chiqindixonaga tushirish uchun mo'ljallangan.
EKG ekskavatorlari ko'mir sanoatida qora va rangli metallurgiyada ochiq usulda qazib olishda, qurilish materiallari sanoatida, shuningdek sanoat qurilishida tuproq ishlarida qo'llaniladi.
EKG ekskavatorlari yaxshi manevrga ega, ulardan foydalanish va texnik xizmat ko'rsatish oson.
Eng ko'p ishlatiladigan ekskavatorlar "Uralmash" OAJ tomonidan ishlab chiqarilgan chelak sig'imi 4-5,2 kubometr bo'lgan EKG. Buning ortidan EKG 8I OAJ Izhora zavodlari asosidagi ekskavatorlar.
Sobiq MDH hududida bunday mashinalar yaratilgan 5 ta ishlab chiqarish maydonchasi mavjud.
Mining Machines” AJ EKG 5, EKG 8, EKG 10 ekskavatorlari uchun ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi ixtisoslashgan kompaniya hisoblanadi.


Ochiq konlarda foydali qazilmalarni qazib olish va yuklash jarayonlarida
ekskavatorlardan foydalaniladi. Kon korxonalari sharoitida qo‘llaniladigan ekskavatorlar uchun elektr yuritgichi sifatida o‘zgarmas tok dvigatellari har tomonlama qulay deb topilgan. Chunki bu turdagi dvigatellarni boshqarish qulay va ularning mexanik xarakteristikasi ekskavator uchun mos tushadi. O‘zgarmas tok mashinalarining ishlash tamoyili va mexanik xarakteristikasi jihatdan o‘zgaruvchan tok mashinalaridan tubdan farq qiladi. Boshqarishning qulayligi, tezlikni chiziqli va kerakli miqdorda oshirish mumkinligi, kerakli yuklamani qabul qilish darajasi kengligi bilan ajralib turadi. Ammo bu turdagi dvigatellarining kamchiligi sifatida ularning o‘zgarmas tokda ishlashi va havo liniyalari orqali iste’molchiga uzatiluvchi o‘zgaruvchan tokdan foydalanish uchun o‘zgartirgich qo‘llab o‘zgarmas tok holatiga o‘zgartirish, bu turdagi dvigatellarni qo‘llash sarf harajatlarini oshirib yuboradi.
Shuningdek, bu usuldan foydalanganda qurilmaning foydali ish unumdorligi ham pasayib ketadi.
Ochiq kon korxonalari sharoitida qo‘llaniladigan ekskavatorlarda generatordvigatel turidagi mexanik o‘zgartgichdan foydalaniladi, dvigatelni boshqarish uchun esa magnit kuchaytirgich qurilmasi qo‘llaniladi. O‘zgaruvchan tok tarmoqdan qabul qilinib, o‘zgaruvchan tokda ishlovchi sinxron dvigatelga uzatiladi. Sinxron dvigatel val orqali mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok generatorlariga ulangan.
O‘zgaruvchan tok, o‘zgarmas tok generatorining yakor chulg‘amida induksiyalanadi va elektromexanik to‘g‘irlagich-kollektor yordamida o‘zgarmas tokka aylanadi.
Ishlab chiqarilgan o‘zgarmas tok ekskavatorlarning alohida yuritgichlari hisoblangan ko‘tarish, yuklash, yurish va burish mexanizmlarining mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatellaridan elektr yuritgichlariga uzatiladi. O‘zgarmas tok dvigatelining qo‘zg‘atish chulg‘amiga alohida manbadan magnit kuchaytirgich orqali qo‘zg‘atish toki beriladi. Bu tok miqdori maxsus qarshiliklar to‘plamini uzib-ulash orqali qiymati o‘zgartiriladi va shu qiymatga mos ravishda dvigatelning tezligi boshqariladi. Bu jarayonda qatnashayotgan qurilmalar ko‘pligi jarayonning murakkablashishiga olib keladi, natijada elektr yuritmaning unumdorligiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Qurilmaning juda murakkab tuzilganligi sababli uni boshqarish va ta’mirlash qiyinchiliklar yuzaga keladi. Boshqaruv tizimida kuchlanishni o‘zgartirish qo‘shimcha qarshiliklarni uzib-ulash orqali amalga oshirilayotganligi bois, bu tizimda energiya isrofi sezilarli darajada katta bo‘ladi. Bundan tashqari, qarshiliklar soni oshib borgan sari, tarmoqda quvvatlar balansi bir muncha oshib boradi va energiya isrofi ko‘payadi. Bu usulda qatnashayotgan elementlar soni ko‘p bo‘lganligi bois, boshqarish va ta’mirlash jarayonini murakkablashtirib yuboradi. [1]
Ekskavator elektr yuritgichi tizimida magnit kuchaytirgich orqali boshqarish tizimini zamonaviy yarim o‘tkazgichli qurilma asosida boshqarish tizimiga almashtirish orqali ekskavatorning boshqaruvi qulaylashishiga, unumdorligi anchagina oshishiga hamda energiya isroflarini kamaytirishga erishish mumkin.
Zamonaviy qurilmalardan foydalanish orqali ushbu muammolarni bir muncha bartaraf etish va boshqarishni qulaylashtirishga erishish uchun ushbu tizimda tiristorli boshqaruv qurilmalaridan foydalanish taklif etiladi.
Hozirgi kunga kelib, karyer ekskavatorlarining elektr yuritmalarida magnit kuchaytiruvchili generator-dvigatel qurilmalariga nisbatan filtrokompensatsiya uskunali tiristorli dvigatel rostlash qurilmalaridan foydalanish muqobil variant sifatida tan olinmoqda. Bu turdagi qurilmalarni boshqarish va o‘rnatish qulayligi tufayli, ulardan foydalanish sohalarining kengayishiga asos bo‘lmoqda. Karyer ekskavatorlarining elektr yuritgichini boshqaruv tizimida tiristorli boshqaruv qurilmalaridan foydalanish energiya isroflarini kamayishiga, tarmoqning qulay va optimal boshqaruviga va ta’mirlash xarajatlarini kamayishiga olib keladi. Bu usulning yana bir qulayligi shundaki, kaskad tizimida ulangan tiristorlar to‘plami orqali boshqaruvni murakkablashtirmagan holda kerakli quvvat miqdorini rostlash imkoniyati mavjud. Bu qulaylik orqali tiristorli rostlagichlarni katta quvvatli qurilmalarda qo‘llash imkoni bor.
Tiristorli boshqaruv quyidagi elementlarning ketma-ket ulanishlaridan tashkil topgan: Tarmoqqa drossel orqali tiristorli rostlash qurilmasi ulanadi va uning chiqish qismiga elektr dvigatelining qo‘zg‘atish chulg‘ami ulanadi. Tiristorning boshqaruv elektrodiga beriladigan signallar diapazoni mashinaning ishlash diapazoniga moslanib, uning dasturiy ta’minot qismiga kiritiladi, boshqaruv qismi esa mashinistning boshqaruv xonasiga joylashtiriladi.

Past kuchlanishli komplekt qurilmasi (PKKQ)ning tiristorli rostlagich-dvigatel TR-D tarmog‘ining EKG-5 ekskvatori uchun yakor zanjirli sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan. Bunda: Tr-r - ekskavator uchun ishlab chiqilgan ТМЭ-200 moyli kuch transformatori; TK - tiristor kaliti; ТП1...ТП4 - reverslangan tiristor rostlagichlari; QF1...QF5 - rostlagichlarning ichki tashqi tutashuvlarining oldini oluvchi avtomatik yuklama uzgichlar; QF1...QF9 - elektr dvigatellarini yuqori toklardan himoyalovchi yuklama uzgichlar; R1...R4 - himoya qarshiliklari; П- ДПЭ - 82 markali ko‘tarish mexanizmi elektr dvigateli (nominal quvvati Pn=175 kVt, aylanish chastotasi nn=740 min-1 , yakorning nominal toki In=410 A, nominal kuchlanish Un=460 V); H, X- kuch berish va yurish mexanizmlarining elektr dvigatellari ДПЭ-52 (Pn=54 kVt, i nn=1200 min-1 , yakorning nominal toki In=150 A, nominal kuchlanish Un=395 V); B1, B2 -ДПВ - 52 markali burilish mexanizmi elektr dvigateli (Pn=60 kVt, i nn=1230 min-1, yakorning nominal toki In=220 A, nominal kuchlanish Un=305 V); KMS, KMP - burilish-yurish rejimlarining o‘zaro almashinuv kontaktorlari.[2]
OAJ “Dolomit” korxonasida amaldagi EKG-5 ekskavatorini takomillashtirish maqsadida, magnit kuchaytirgichligenerator-dvigatel tarmog‘ini filtrokompensatsiya uskunali tiristorli dvigatel rostlash qurilmasiga almashtirilganda, ekskavator ish jarayonida quyidagi o‘zgarishlar kuzatildi:
1.Ish jarayonida eksavatorning unumdorligi oshdi, uning elektr mashina va mexanizmlarining oraliq ta’mirlashning ish davri uzaydi, ekskavator soz holatda ishladi;
2.Ekskavatorni boshqarish osonlashganligi tufayli, uni boshqaruvchi
personalning ishlash sharoitlari yengillashdi, takomillashtirilgan boshqaruv tizimida ishlashni o‘rganish qiyinchiliklar tug‘dirmadi;
3.Boshqaruv sxemalarining ravon va tushunarli tarzda tuzilgan;
4.1 tonna maxsulotga sarflangan aktiv energiya sarfi hisobi yuritilganda, magnit kuchaytiruvchili generator-dvigatel tarmog‘i filtrokompensatsiya uskunali tiristorli dvigatel rostlash qurilmasiga almashtirilganda 1,92 marotaba elektr energiya sarfi kamayganligi kuzatildi;
5.Magnit kuchaytiruvchili generator-dvigatel tarmog‘i filtrokompensatsiya uskunali tiristorli dvigatel rostlash qurilmasiga almashtirilganda, quvvat koeffitsiyentining o‘rtacha qiymati 0,6 ko‘rsatkichidan 0,95 ko‘rsatkichiga ko‘tarildi;
6.Ekskavatorning filtrokompensatsiya uskunasi elektr tarmog‘iga ijobiy ta’sir qilib, uni barqarorlashtirdi. Ekskavator burg‘ilash mashinalari bilan bir tarmoq iste’molchilari sifatida ulanganda, tarmoqning barqarorlik ko‘rsatkichi oshdi;
7.Zaboyda ishlash jarayonida davr davomida sinusoidallik ko‘rsatkichlarining yomonlashuvi koeffitsiyentining o‘rtacha qiymati qisqa tutashuv nuqtasiga quvvati 12 MVAlik tarmoqqa ulangan ekskavator uchun 2,5%ni tashkil qildi.[3]
8.Magnit kuchaytirgich uchun foydali ish koeffitsiyenti 54% ni tashkil qilsa, tiristorli boshqarish qurilmasiga almashtirgandan so‘ng bu ko‘rsatkich 65% dan oshdi.

Xulosa.
Xulosa o‘rnida, aytishimiz mumkinki, ishimizda ko‘rib chiqilgan karyer
ekskavatorlarining magnit kuchaytiruvchili generator-dvigatel tarmog‘ini
filtrokompensatsiya uskunali tiristorli dvigatel rostlash qurilmasiga almashtirilganda,
ekskavatorning ekspluatatsion unumdorligi oshdi, personal tomonidan ishlatish va
xizmat ko‘rsatishda qulayliklar yuzaga keldi, elektr energiya sarfi kamaydi, quvvat
koeffitsiyenti ko‘rsatkichlari ko‘tarildi. Zamonaviy boshqaruv tizimlari elektr
yuritmalarining o‘lchamlari avvalgilariga nisbatan ixchamligi tufayli, unga xizmat
ko‘rsatuvchi va ta’mirlovchi personalning ishi yengillashdi.

Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Xoshimov O., “Elektr mashinalari va elektr yuritma asoslari”. –Toshkent, 2010.
2.Nаsriddinоv Sh.G’.,”Kоn elеktrоtехnikаsi” 1-qism. «Kоn mаshinа vа mехаnizmlаrinining elеktr yuritmа аsоslаri”-T.:1994..
3.Ляхомский А.В., Фащиленко В.Н., Управление электромеханическими системами горных машин.-М.: Горная книга, 2004.
4.Оlimхо’jаеv K.T. “Elеktr mаshinаlаr trаnsfоrmаtоrlаr”. -T.:1995.
5.Salimov J.S., Pirmatov N.B., Bekchanov B.E. “Transformatorlar va avtotransformatorlar”.-T.: 2009.
6. И.П.Копылов. “Электрические машины”, Москва, 2000.
Download 429.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling