1-Mavzu: Media savodxonlik va axborot madaniyati evolutliyasi hamda jamiyatdagi ahamiyati (2soat) reja


Download 229.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana12.02.2023
Hajmi229.46 Kb.
#1191955
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-ma\'ruza (2)



1-Mavzu: Media savodxonlik va axborot madaniyati evolutliyasi hamda 
jamiyatdagi ahamiyati (2soat) 
 
REJA: 
1. 
Media savodxonlik haqida tushuncha 
2. 
Axborot haqida tushuncha
3. 
Axborot madaniyati.
4. 
Axborot texnologiyalarining jamiyatdagi o`rni 
5. 
O’zbekistonda media savodxonlik uchun qilingan ishlar haqida. 
 
Media savodxonlik — insonlarga turli 
media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish
baholash 
va 
yaratishga 
imkon 
beradigan 
koʻnikmalar toʻplamidir. Qaysi manba ishonchli, 
qaysi manbada notoʻgʻri xabarlar tarqalishi 
mumkinligini media savodxonligi yuqori boʻlgan 
odam osongina sezishi mumkin boʻladi 
Media savodxonlik — insonlarga turli 
media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, 
baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplamidir. Qaysi manba 
ishonchli, qaysi manbada notoʻgʻri xabarlar tarqalishi mumkinligini media 
savodxonligi yuqori boʻlgan odam osongina sezishi mumkin boʻladi. 
Boshqacha qilib aytganda, media savodxonlik — bu tanqidiy fikrlash 
koʻnikmalarini ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan xabarlar va belgilarga 
qoʻllash qobiliyati.
Ommaviy axborot vositalari yoshlar hayotidagi katta taʼsirga ega kuchdir. 
Musiqa, televizor, video oʻyinlar, jurnallar va boshqa ommaviy axborot vositalari 
dunyoni qanday koʻrishimizga kuchli taʼsir koʻrsatadi, bu taʼsir koʻpincha bolalik 
davridan boshlanadi. Ommaviy axborot vositalarini isteʼmolchilar tanqidiy tahlil qila 
olishlari uchun ularda media savodxonlik koʻnikmalari va odatlarini bolalikdan 
rivojlantirish kerak boʻladi. Bu koʻnikmalarga ommaviy axborot vositalariga bazaviy 
darajada kirish, uni muayyan tushunchalar asosida tanqidiy tahlil qilish, shu tahlil 
asosida baholash va nihoyat, ommaviy axborot vositalarini oʻzi ishlab chiqarish kiradi. 
Media savodxonligi koʻnikmalarini oʻrganishning ushbu jarayoni media taʼlim deb 
ataladi. 
UNESCO tashkiloti tomonidan XXI asrda media taʼlimni targʻib qilish 
madaniy-maʼrifiy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtirof etildi hamda aynan 
shu yoʻl bilan media savodxonlikni oshirish mumkinligi takidlandi.UNESCO 


odamlarning tanqidiy fikrlash va toʻgʻri qaror qabul qilish darajasini yaxshilash uchun 
ommaviy axborot vositalari va media savodxonlikni rivojlantirishni qoʻllab-
quvvatlaydi. Tashkilot, ayniqsa, siyosatchilar, oʻqituvchilar, ommaviy axborot 
vositalari mutaxassislari, yoshlar tashkilotlari va ushbu sohadagi nochor aholi 
qatlamlarining salohiyatini oshirishga intiladi, aʼzo davlatlarga milliy ommaviy 
axborot vositalari va axborot savodxonligi siyosati va strategiyalarini shakllantirishda 
yordam beradi. 

Download 229.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling