1-mavzu: media va axborot savodxonligi raqamlashuv davrining asosiy talabi
Download 481.95 Kb.
|
taqdimot media 1
Voqelikni buzib ko‘rsatuvchi texnologiyalarning dastlabki namunalari allaqachon barchaga ma'lum. Generativ neyrotarmoqlar yangi mulьtimedia olamini shakllantirishni allaqachon boshlab yuborgan. Ularning yordamida odamlar hech qachon qilmagan ishlarini qiladigan yoki hech ham aytmagan gaplarini aytadigan qilib ko‘rsatuvchi videolavhalar yaratish mumkin. Mazkur texnologiya asoschisi Yan Gudfellouning o‘zi ham ushbu ma- salalar bilan bog‘liq xavflarni tan olgan va yana 10 yildan so‘ng YouTube ijtimoiy tarmog‘ini haqiqiylaridan ajratish qiyin bo‘lgan soxta videolavhalar bilan to‘lib ketishini taxmin qilgandi. Yaqinda Nvidia algoritmi soxta videolavhalarni yaratishning ishonchli yo‘llarini bilib oldi. Ma'lumki, tarmoqqa joylashtirilgan pornografik videolarda mashxur shaxslar yoki istalgan insonning yuzini suratga olish imkonini beruvchi dastur allaqachon paydo bo‘lgan. Shu bilan birga, dunyodagi olimlar odamlar nutqni irod qilish, yuz ifodalari va imo-ishoralar ustida ishlamoqdalar. Endilikda taniqli siyosiy yetakchining o‘zi hech qachon aytmagan so‘zlarini xuddi gapirgandek qilib ko‘rsatuvchi video-lar yaratish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bunda uning ovozi va yuz ifodalari (mimikasi) aslidan deyarli farq qilmaydi. Bir gap bilan, shu paytga qadar “feyk” yangiliklar qanday rezonans berayot-ganini jamiyatda sodir bo‘layotgan voqea- hodisalardan juda yaxshi anglash mumkin.
Download 481.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling