Ushbu kategoriyalardan har biri o‘z chegarasiga, o‘zining farqli, ba'zan kesisha-digan, avvalgi jihatni to‘ldiruvchi xususiyatiga ega. Masalan, computer literacy (kompьyuter savodxonligi) bu kompьyuter texnikasidan foydalanish layoqati, informatika asoslarini bilishni anglatsa, audiovisual literacy va visual literacy (audiovizual savodxonlik) makon va vaqtga oid audiovizual voqelikni tahlil va sintez qilish qobiliyatini ko‘zda tutadi. - Ushbu kategoriyalardan har biri o‘z chegarasiga, o‘zining farqli, ba'zan kesisha-digan, avvalgi jihatni to‘ldiruvchi xususiyatiga ega. Masalan, computer literacy (kompьyuter savodxonligi) bu kompьyuter texnikasidan foydalanish layoqati, informatika asoslarini bilishni anglatsa, audiovisual literacy va visual literacy (audiovizual savodxonlik) makon va vaqtga oid audiovizual voqelikni tahlil va sintez qilish qobiliyatini ko‘zda tutadi.
- Bu audiovizual mediamatnni o‘ziga xos “o‘qish” layoqati, audiovizual texnikadan foydalana olish, uning asoslarini bilish bo‘lib, bular media kompetentsiyasining tarkibiy qismidir.
- Information literacy (axborot savodxonligi) umuman barcha sanab o‘tilgan tushunchalarni qamrab axborot bilan tanishish, tahlil va sintez qilishni qamrab oladi. Barcha sanab o‘tilganlardan media literacy (mediasavodxonligi) tushunchasi ajralib turadi va u media voqeligini tahlil va sintez qilish, mediamatndan foydalanish va uni tushunish, mediamadaniyat asoslarini bilishni, ya'ni mediata'lim natijasini nazarda tutadi.
Mediata'lim raqamli texnologiyalarning o‘sib borayotgan ta'siri bilan uzviy bog‘liq va dolzarb ahamiyatga ega. Agar ilgari Internetdan - Mediata'lim raqamli texnologiyalarning o‘sib borayotgan ta'siri bilan uzviy bog‘liq va dolzarb ahamiyatga ega. Agar ilgari Internetdan
- foydalanish oddiy syorfing va chatlardagi muloqot bilan chegaralangan bo‘lsa, hozirgi paytda raqamli tashuvchilar bilan axborot almashinuvi shunchalik keng tarqalgan va faolki, tarmoqdan mobil foydalanish smartfonning dunyoga o‘ziga xos oyna bo‘lishini ta'minlaydi, uning foydalanuvchisini esa faol foydalanuvchiga, axborot tarqatuvchiga, uni yaratuvchiga aylantiradi. Shu sababli mediata'lim sohasidagi raqamlashtirish bilan bog‘liq yana bir muhim tushunchani — prosьyumer—mediani yaratish/ishlab chiqarish ishtirokchisini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Bu so‘z 1980 yilda Elvin Toffler tomonidan taklif qilingan bo‘lib, “ishlab chiqaruvchi” va “iste'molchi/konsьyumer” so‘zlaridan tashkil topgan. Yangi axborot voqeligi va mediaga to‘lib toshgan dunyoda newmedia: raqamli media, mobilь media, ijtimoiy tarmoqlar va h.k. lar foydalanuvchisidan netvorking, remiksing, sharing, kontent va mulьtimediani yuklab olish, yaratish, tarqatish va savodli tarzda foydalanish ko‘nikmalarini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |