1-Mavzu: Mediasavodxonlik va axb


Download 94.45 Kb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi94.45 Kb.
#1491937
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-мавзу

«Media» atamasi (lotincha - medium, ya’ni vosita, vositachi, usul) turli ko‘rinishdagi
kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi. Media tushunchasi mazmuniga axborotni yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va ommaviy auditoriya o‘rtasida axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi.
Axborot savodxonligiaxborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish borasidagi ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Axborot savodxonligi axborotga egalik, uni baholash va axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanishning muhimligini e’tirof etadi.
Axborot texnologiyalarining insonlar hayotiga ta’siri o‘sib borishi munosabati bilan xalqaro hamjamiyat insonni axborot jamiyatida yashashga tayyorlash muammolari haqida bosh qotirmoqda va ushbu qarash global darajada YuNESKO va IFLA hujjatlarida, jumladan, Mediata’lim bo‘yicha Gryunvald deklaratsiyasida (1982), “Axborot savodxonligi va butun umr davomida ta’lim olish bo‘yicha Aleksandriya

25


deklaratsiyasi”da (2005 y.), “Parij dasturi va mediata’lim bo‘yicha 12 tavsiya” (2007 y.) hujjatlarida o‘z ifodasini topgan.
XXI asrning birinchi o‘n yilligi uchun YuNESKO va IFLA mediasavodxonlik va axborot savodxonligi integratsiyasi konsepsiyasini tashkil etuvchi yangi tashabbuslarni belgilab berdi. Ushbu g‘oya quyidagi xalqaro hujjatlarda o‘z ifodasini topgan:
• Media va axborot savodxonligi to‘g‘risidagi Fes Deklaratsiyasi (Fes shahri,
Marokash, 2011 yil 15–17 iyun);
• IFLAning media va axborot savodxonligi bo‘yicha tavsiyalari (Gaaga shahri,
Niderlandiya, 2011 yil 7 dekabr; Rossiya, 2012 yil 24–28 iyun) va bir qator
boshqa hujjatlarda.
• bugungi kunda sayyoramizda yashaydigan har bir insonning o‘zi axborot
tashuvchisi va tarqatuvchisidir.

Mavzuni tuzatish uchun savollar
1. Ibtidoiy davrga oid yozuvlar va turli tasvirlar ma’lumotmi?
2. Qadimgi bitiklar va manbalarning mazmuni va mohiyati nimadan iborat?
3. Sharq va G‘arb xalqlari hayotida yozuvning ahamiyati nimada?
4. Axborot tushunchasining mazmuni va mohiyati nimadan iborat?
5. Axborot va ma'lumotlarni uzatishning eng qadimgi usullari haqida gapirib bering.
6. Axborot manbalari sifatidagi ilmiy va badiiy adabiyotlar darajasini solishtiring.
7. Sharq va G’arb Uyg’onish davrida o’rta asrlarda axborotga munosabat qanday bo’lgan? 8. Yevropadagi zamonaviy OAV haqida nimalarni bilasiz?
9. Ilmiy va axborot vositalarining qiyosiy tahlilini o'tkazing.
10. Iqtisodiyot, siyosat, ma’naviyat va madaniyat haqidagi ma’lumotlar, bunday
ma’lumotlarning uzviyligi va o‘ziga xosligi.
11. Axloqiy tashviqot va axloqiy tahdidlarning ijobiy va salbiy xususiyatlari qanday?
12. Globallashuv davrida milliy axborot sohasining muammolari va еchimlarini
aniqlang.


Download 94.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling