1-Mavzu: “Mehmonxona taʼminoti” fanining maqsadi va vazifalari 2soat Reja


Mehmonxona taʼminotining obʼektiv zarurati


Download 19.87 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2023
Hajmi19.87 Kb.
#1079456
1   2   3
Bog'liq
1.ma\'ruza matni

4. Mehmonxona taʼminotining obʼektiv zarurati
Mehmondo‘stlik industriyasi tarixan turli mehmonxona korxonalari, yaʼni joylashtirish xizmatlari ko‘rsatuvchi tarmoqlarda shakllangan. Umu-miy holda mehmonxona deganda tashrif buyuruvchilar uchun mebellar bilan jihozlangan, yashash uchun tayyor holga keltirilgan xonalardan iborat bino tushuniladi. Zamonaviy sharoitda mehmonxona fuqarolarga, shuningdek, alohida turistlar yoki maxsus guruhlarga mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxona hisoblanadi. Ammo bu tushuncha bo‘yicha ham turli qarashlar mavjud. Ularni umumlashtirib, mehmonxonaga quyidagi taʼrifni berish maqsadga muvofiqdir.
Mehmonxona deganda mehmonlarning (turistlarning) vaqtincha yashashi, yaʼni dam olishi va ishlashi uchun zarur bo‘lgan sharoitlar yaratilgan va talab qilinadigan qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatishga mo‘ljallangan maxsus xo‘jalik tushuniladi. Bizning fikrimizcha, ushbu taʼrif mehmonxonaning mazmunini to‘liq o‘zida ifoda etadi.
Zamonaviy mehmonxona korxonasi isteʼmolchilarga nafaqat turar joy va ovqatlanish xizmatlari, balki transport, aloqa, ko‘ngilochar ekskursiya xizmatlari, tibbiyot, sport, go‘zallik salonlari kabi keng qamrovli xizmatlarni taklif etadi. Amalda mehmonxona korxonasi turizm va mehmondo‘stlik industriyasi tarkibida asosiy funksiyalarni bajaradi, isteʼmolchilarga kompleks xususiyatlarga ega mehmonxona mahsulotini taklif etadi. Bu mahsulotning shakllanishi va sotilishida mehmonxona taʼminotini yo‘qori darajada amalga oshirish zarur hisoblanadi. Bugungi kunda jahon mehmondo’stlik industriyasini rivojlantirishning asosiy tendentsiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
-mehmonxona biznesi manfaatlari oldin boshqa soha korxonalariga taqdim etgan mahsulot va xizmatlarga ham joriy etilmoqda.Masalan, ovqatlanishni, ko’ngil ochar tadbirlarni, ko’rgazma faoliyatini tashkil etish va h.k;
- ommaviy iste’molchilar uchun mehmonxona xizmatlarining ochiqligicha imkon beruvchi mehmondo’stlik industriyasining o’sib borayotgan demokratlashuvi; - turli belgilarini xisobga olgan xolda, iste’molchilarning ma’lum segmentlariga yanada anik yo’nalishlarga imkon beruvi mehmonxona biznesi ixtisoslashuvini kuchaytirish;
-turizmning yangi turlarini rivojlantirish, masalan, ekologik, sarguzashtli, ekstremal, ba’zi mavzuli yo’nalishlarni rivojlantirish istalgan kategoriyadagi iste’molchilarning manfaatlarini hisobga olishga hamda turistik mahsulotni yanada noziklashtirishga imkon beradi;
-turistik korporatsiyalar va mehmonxona zanjirini tashkil etishda namoen bo’luvchi mehmonxona biznesini globallashuvi va kontsentratsilashuvi, xamda mehmonxona assosiyatsiyalari, uyushmalari xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlari tashkil etiladi.;
- xizmat ko’rsatishni chuqur personallashtirish va iste’molchilarning so’rov va extiyojlarini to’liq kontsentratsiyalashuvi;
- chukur va tizimli iktisodiy diagnostika o’tkazishda imkon beruvchi axborot texnologiyalari va komunikatsiyaning yangi vositalarini keng joriy etish;
-mehmondo’stlik industriyasi korxonalarining faoliyat stratregiyasiga yangi texnologiyalarni joyriy etish. jumladan mexmonxna maxsulotlari va xizmatlarini siljitish maksadida internetdan keng foydalanish, xamda bronlash va rezervlashning zamonaviy kompyuter tuzimlarini keng joyriy qilish.
Xulosa o’rnida shuni kayd qilish kerakki, jaxon amaliyotida mehmondo’stlikning to’rtta modeli mavjud.
Yevropa modeli «yukori parvoz»va yukori nufuzli mehmondo’stlik namoen bo’ladi. Bundan tashkari yevropa mehmonxona bozori yanada keng tarkalgan va rivojlangan xisoblanadi. Yevropa mexmondustligining fark kiluvchi jixatlari quyidagilardir.
-Yevropa otellarining nomer fondiga o’rindoshlikni qisqartirishga intilishi bu esa mijozlarga individual xizmat ko’rsatishni kuchaytiradi.
- otellarning afzalligi ularning dabdali va xashamatli ekanligida emas balki latofatli nozik, did bilan bezalgan badiiy jixozlarda xamda bezaklarda, yukori obru e’tibor va mashxurlikda yukori darajali tizim ko’rsatgichidadir. - yanada kimmat otellarshaharning tarixiy markazlarida, antika joylar va binolarda joylashgan.
- ijarachi mexmonlarga nisbatan kimmat otellarning odatiyligi va talabchanligi.
- evropa otellarining avtomatlashuvi ijarachi mexmonlar bilan uzaro shaxsiy munosabatlarni uzgartirmaydi.
- evropa mehmonxona bozori arzon yo’l bo’yidagi mehmonxonalardan tortib kimmatbaxo elita otellargacha taklifli diversifikatsiyalash bilan farklanadi. Mehmondo’stlikning Osiyo modeli yevropa modelidan tubdan fark kiladi. Bu esa osiyoliklarning dabdabali va xashamatga intilishi, kuz kuz kilinadigan boylik va yoqtirishida o’z aksini topadi. Aynan Osiyoda dunyoning eng baland va eng xashamatli dabdabali otellari joylashgan. Agar xashamatli korxonalar kategoriyasi ularning sig’imiga teskari proportsional bo’lsa, Osiyoda, esa buning aksini kursa bo’ladi.
Osiyoning otellaridagi lyuks klasslarining farqli jixatlari quyidagilardir:
- yanada kulay joyda joylashganligi.
- xonalar va jamo binolar maydonining kattaligi.
- sig’imining kattaligi.
- ichki jixozlanish, nozik xashamatlilik va ayniksa, otellar tashki ko’rinishidagi latofatlilik.
- past narxlar va kulay xizmatlar.
- infratuzilmaning turli xil qo’shimcha xizmatlaridan foydalanish imkoniyati; -“AN inclusive” va “Ultra all inclusive” xizmat ko’rsatish tizimlarining keng joriy etilganligi.
Mehmondo’stlikning Amerika modeli ham Yevropa modellari ham Osiy modellarining turli jihatlariga ega.Masalan, Amerikaning yirik shahar markazlarida Yevropa mehmonxonalariga mos talablarga javob beruvchi “lyuks” klassli otellar ko’p tarqalgan. (stili uncha katta bo’lmagan xonalar, individual xizmat ko’rsatish). Boshqa tamondan mamlakatning asosiy kurortlari va turistik markazlari, osiyodagi otellarning ichki va tashqi ko’rinishini eslatuvchi ko’rinish kasb etadi.(sig’imining kattaligi, dabdaba-xashamatli, ulkan rivojlangan infratuzilma).
Mehmondo’stlikning sharkiy-evropa modeli sovet davridagi mehmondo’stlik industriyasi korxonalarining kattagina ulushi sababli yevropa modelidan aloxida ajralib turadi. Xamda yevropa modeliga xam osiyo modellari uchun xos bo’lgan otellar kushnichiligi bilan xam farklanadi. Boshka tomondan esa, yevropaning sobik ittifok muxitida mehmonxona bozorini rivojlantirishning zamonaviy boskichi xam yevropa uchun xam osiyo uchun xos bo’lgan yangi joylashtirish vositalarining kurilishi bilan ifodalanadi.
Mehmondo’stlik industriyasining o’sishida aynan turistik talab va takliflardagi sifat o’zgarishlari, so’ngi o’n yillikda xalqaro turizmning rivojlanishini belgilab berdi. G’arbiy Yevropa davlatlari turistik talabida yangi tendentsiyalar paydo bo’ldi. Bu tendentsiyalar kator iktisodiy va sotsial tartibli omillar, jaxon zamonaviy shaxs psixologiyasi bilan izoxlanadi. Turistik iste’mol tarkibiga asosiy ta’sirni iktisodiy konyunkturani yomonlashuvi utazdi. Industriyasi (sanoati) rivojlangan davlatlarni kamrab olgan krizis axoli xarid kobiliyatini tubdan pasayib ketishiga sabab bo’ldi. Iqtisodiy chiqish yoshi kamaytirildi, ta’til davri uzaytirildi ish xaftasi qisqartirildi, va moslashuvchan ish tartibi joriy etildi. Mexnat bozoridagi yuzaga kelgan notinchlikni bartaraf etishga karatilgan mazkur chora tadbirlar bir vaqtning uzida axolining bo’sh vaqt fondini kuchaytirishga imkon beradi.
Download 19.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling