Iidentifikatsiya


Download 16.95 Kb.
Sana20.01.2023
Hajmi16.95 Kb.
#1104321
Bog'liq
глоссарий


Tamoyillar - tadqiq etilayotgan ob’ektni mazmunli bayon etish, tajribama’lumotlariga ega bo‘lish muolajalarini rejalashtirish, ularni umumlashtirib, izohlash, shuningdek, ilmiy farazlarni ilgari surib, ularni tekshirish imkonini beradi.
Iidentifikatsiya - ijtimoiylashtirishning muhim mexanizmi bo‘lib hisoblanadi.
Ijtimoiy fatsilitatsiya – bu ba’zi odamlarning boshqalarning faoliyatiga ular oldida yoki bevosita ishtirokida amalga oshiriluvchi ijobiy rag‘batlantiruvchi ta’siri.
Sotsiometriya – o‘zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlarni psixologik tadqiq etish metodi.

  1. Determinizm tamoyili. Bu tamoyilga asosan, barcha mavjudliklar ma’lum sabab, qonuniyatga ko‘ra paydo bo‘ladi, o‘zgaradi va nobud bo‘ladi. Psixologik tadqiqotda psixika hayot tarzidan kelib chiqib, mavjudlikning turli tashqi sharoitlari ta’sirida o‘zgarishini bildiradi.

  2. Qiyosiy metod («ko‘ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko‘ra taqqoslashdan iborat. masalan, yoshi va jinsi bir xil bo‘lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o‘zaro solishtiriladi.

  3. Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. masalan, talabalarni oliygohda ta’lim olish vaqti davomida ko‘plab marta tekshirish.

  4. Qiyosiy va longityud metodlari o‘z afzalliklariga ega. Kesimlar metodi qisqa vaqt ichida ko‘p sonli sinaluvchilarni tadqiqot bilan qamrab olish imkonini beradi. Longityud metodi kesimlar metodi e’tiboridan chetda qolgan nozik farqlar, xususiy rivojlanish turlarini qayd etishga imkon yaratadi. Amaliyotda bu ikki metod bir-birini to‘ldiradi.

  5. Majmuiy metod – tadqiqotda turli fan vakillarining ishtiroki turli hodisalar, masalan, shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy taraqqiyoti o‘rtasidagi aloqalar va bog‘liqliklarni o‘rnatish imkonini beruvchi o‘rganish usuli.

  6. O‘zini kuzatish metodi, yoki introspeksiya ( lot.dan – ichkariga qarayman) – insonning o‘zining shaxsiy psixik hodisalarini kuzatishi. Bu psixikani bilishning eng qadimiy va eng qulay vositasidir.

  7. Test deb, bir xil shaklda tuzilgan, qisqa, vaqt bo‘yicha chegaralangan, miqdoriy kattalik bilan ifodalangan individual tafovutlarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan psixologik tashhislash sinoviga aytiladi. 

  8. 7. Psixologik intervyu – insonning shaxsiy sifatlari, tasavvurlari, motivlari va boshqalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan intervyu. Psixologik metod sifatida intervyu o‘tkazilishi uchun katta kuch va vaqt talab qilgani hisobiga, asosan, individual tadqiqot ishida, ya’ni, shifoxona amaliyotida, maslahat berishda, shaxsiy psixologik korreksiya jarayonida qo‘llaniladi.

  9. 8. Anketa – oldindan tuzilgan savollar tizimiga javoblar olish uchun so‘rovnoma varag‘idan iborat verbal kommunikatsiya asosida birlamchi ijtimoiy-psixologik axborot olishda qo‘llaniladigan metodik vosita.

  10. 9. Sotsiometriya – o‘zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlarni psixologik tadqiq etish metodi.33

Download 16.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling