1-Mavzu: “Mehmonxona taʼminoti” fanining maqsadi va vazifalari 2soat Reja
Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Download 19.87 Kb.
|
1.ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Mehmonxona taʼminotining mohiyati
2. Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
“Mehmonxona taʼminoti” fani umumkasbiy fani hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejada rejalashtirilgan: “Mehmonxona xizmatlari”, “Turizm”, “Menejment”, “Marketing”, “Turizm infratuzilmasi” fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi. 3. Mehmonxona taʼminotining mohiyati Bugungi kunda jahonda 300 mingdan ortiqroq mehmonxonalar mavjud. Ular xilma-xill bo‘lib bir qavatdan tortib bir necha qavatgacha, suzib yuruvchi va suv yuzasidagi katta-kichik arzon va qimmat mehmonxonalardir. Ayniqsa, dunyo miqyosida davlatlarning turistlar beruvchi (AQSH, Germaniya, Angliya, Belgiya, Daniya va boshqalar) va qabul qiluvchi davlatlar (Fransiya, AQSH, Ispaniya, Italiya va boshqalar)ga bolinishi, oxirgi vaqtda boshqa davlatlar ham, bu faoliyatga jadal ravishda kirishib borishayotganligi O‘zbekiston ham bu qatordan qolmasligini taminlash vaqt taqozosidir. Turizmning tarkibiy qisimlaridan birinchilaridan turistlarni mehmonxonalarga joylashtirish va ularga xizmat ko‘rsatish, hamda ovqatlantirishni tashkillashtirish, davlat xizmatlaridan esa bu sohaga kadrlar tayyorlash, turli havo-suv-daryo portlari, madaniy vaqtichog‘lik ishlari, sayohat qilish va boshqa tarmoq sohalarini rivojlantirish asosiy ishlardan hisoblanadi va bularning natijasida mamlakatimizda valyuta almashtirish, aholining turli xizmat sohalarida bandligi, turli investitsiyalar jalb etilishi va natijada davlat daromadi ko‘payib, milliy boyligi ortishi ko‘zda tutiladi. Mehmonxonalar xo‘jaligini, unda ovqatlanishni tashkil etish sohasida turistik marshurutlararo zamonaviy servis xizmat ko‘rsatish, ovqatlanish korxonalarini barpo etilishi, nonushta va tushlikni buyurtma asosida turistlarning xoxlagan taomlarini tashkil etish mehmonxonaning rivojlanishiga xizmat qiladi. Umuman olganda, chora-tadbirlarda ko‘zda tutilgan xizmat soxalaridan: mehmonxonadagi savdo va umumiy ovqatlanish bo‘limi, transport, aloqa va axborotlashtirish, moliya va bank, maishiy va kommunal xizmatlar, texnika va aftomobillarni taʼmirlash va boshqa xizmat sohalarini taʼminotini amalga oshirish, bu sohani rivojlantirishdagi muhim ishlardan hisoblanadi. Download 19.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling