1-Mavzu: mehnat muhofazasi fanining maqsadi va talablari. Mehnat muhofaza qilishining huquqi asoslari va nizomlari


Mehnat kodeksida mehnat muhofazasi haqida


Download 21.93 Kb.
bet3/4
Sana08.04.2023
Hajmi21.93 Kb.
#1341911
1   2   3   4
Bog'liq
1 Мавзу

1.3. Mehnat kodeksida mehnat muhofazasi haqida.


Mehnatni muhofaza qilish qonuniyatlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunlari kodeksi asosida olib boriladi. Mehnatni muhofaza qilishning qator masalalari Konstitutsiyada aks ettirilgan. Mehnatkashlarni xavfsiz va sog’lom mehnat sharoiti bilan ta’minlashni davlat o’zining asosiy vazifasi deb hisoblaydi, buning uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni qonun asosida amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 8 dekabrida 12-chaqiriq II sessiyasida tasdiqlangan Konstitutsiyaning 18-20, 27, 29, 36-42-moddalarida mehnatni muhofaza qilish masalalari bayon etilgan.
Konstitutsiya barcha fuqarolarni mehnat qilish huquqini ta’minlaydi, yaoni mehnatkashlar ma’lum mikdorda haq olish hisobiga ish bilan ta’minlanadilar. Bu huquq haftasiga 41 soatdan oshmagan ish soati belgilash asosida va yiliga bir marta haq to’lanadigan (dam olish) ta’til berish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Konstitutsiya bepul davolanish, qariganda yoki mehnat qilish qobiliyatini qisman yoki batamom yo’qotganda sotsial ta’minlanish huquqlarini ham beradi.
O’zbekiston Respublikasi mehnat qilish qonuniyatlari mehnatkashlarga yaratib berayotgan sharoitlar va huquqlar hamda ularni nazorat qilish jihatidan dunyoda eng ilg’or hisoblanadi.
Mehnatni muhofaza qilish qonunlarini yaratish va amalga oshirishda kasaba uyushmalari faol qatnashadi.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunlari kodeksida sog’liqni saqlash, xavfsiz va sog’lom sharoit yaratish, xalq uchun madaniy va maishiy farovonlikni ta’minlashga oid ko’pgina masalalar ko’rib chiqilgan.
211-modda. Mehnatni muhofaza qilish tadbirlari.
Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo’lishi kerak. Bunday sharitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi.
Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgar bo’ladi.
212-modda. Xodimning mehnat muhofaza qilish normalari, hamda qoida va yo’riqnomalariga rioya etish majburiyati.
Xodim mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yo’riqlariga, shuningdek maomuriyatning ishni bexatar olib berish haqidagi farmonlariga rioya qilishi, olingan shaxsiy ximoya vositalaridan foydalanishi insonlar xayoti va sog’ligiga bevosita xavf soluvchi har qanday holat haqida raxbariyatga darxol xabar berishi shart.

Download 21.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling