1-Mavzu: mehnat muhofazasi fanining maqsadi va talablari. Mehnat muhofaza qilishining huquqi asoslari va nizomlari
Download 137.78 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu 9628361563253702c17f4e4e9cd4e499
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Mehnat muhofazasi fanining maqsad va vazifalari.
- 1.2. Mehnat muhofazasi ishlarini tashkil yetish.
- Mehnat sharoitini yaxshilashga olib keladigan tadbirlar: Baxtsiz xodisalarning oldini olish chora-tadbirlari
- Ishlab chiqarishda kasb kasalliklarini oldini olish chora- tadbirlari
- Mehnat sharoitini umumiy yaxshilash chora- tadbirlari.
- 1.3. Mehnat kodeksida mehnat muhofazasi haqida.
- 211-modda. Mehnatni muhofaza qilish tadbirlari.
- 212-modda. Xodimning mehnat muhofaza qilish normalari, hamda qoida va yo’riqnomalariga rioya etish majburiyati.
- 213-modda Xodimning mehnatni muhofaza qilish
- 215-modda. Mehnatni muhofaza qilish yo’l-yo’riqlar berish va o’qitish.
1-Mavzu: MEHNAT MUHOFAZASI FANINING MAQSADI VA TALABLARI. MEHNAT MUHOFAZA QILISHINING HUQUQI ASOSLARI VA NIZOMLARI. Reja: 1. Mehnat muhofazasi fanining maqsad va vazifalari. 2. Mehnat muhofazasi ishlarini tashkil yetish. 3. Mehnat kodeksida mehnat muhofazasi haqida. 1.1. Mehnat muhofazasi fanining maqsad va vazifalari. Jamiyatni asosiy rivojlantiruvchi va ishlab chiqarish tizimini boshqaruvchi kuch inson ekanligini e’tiborga olib, uning ishlab chiqarish faoliyatini va sog’lig’ini saqlash ijtimoiy sotsial taraqqiyot yo’lidagi muhim omil bo’lib hisoblanadi. SHuning uchun ham sanoat korxonalarining muhim talabi, faqat sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’lib qolmasdan, balki ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo’lgan manbalarni yo’qotish, ish inson faoliyati uchun charchash, toliqish va kasalliklar manbai bo’lmasdan, quvonch va baxt keltiruvchi faoliyat bo’lishini ta’minlashga harakat qilish zarur. Sanoat korxonalarida normal sanitariya-gigiena sharoitlarini yaratish, og’ir qo’l kuchi bilan bajariladigan mehnatni tugatish va aqliy mehnat rolini oshirish, sanoatda jarohatlanish va kasb kasalliklarini butunlay tugatish chora- tadbirlarini amalga oshirish natijasida mehnat qilish yashash vositasigina bo’lib qolmasdan, hayot talabi bo’lishiga erishiladi. Inson mehnatini muhofaza qilishni yaxshilash — davlatimiz amalga oshirayotgan asosiy va muhim ijtimoiy vazifalardan biridir. Mehnat muhofazasi-satsial-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik, profilaktik tadbirlarni o’z ichiga qamrab olgan, insonning ish jarayonidagi mehnat qobilyatini, sog’ligi va havfsizligini ta’minlash uchun yunaltirilgan qonunlar majmuasidir. Fan asosan to’rt qismdan iborat: 1. Mehnatni muxofaza qilish qonuniyatlari. 2.
Sanoat korxonalarida mehnat gigenasi va ishlab chiqarish sanitariyasi. 3. Xavfsizlik texnikasi. 4. Yong’inga qarshi kurash asoslari. Bu fanning metodologik asosi -mehnat sharoitini texnologik jarayoni, ajralib chiqadigan zaharli moddalarni va foydalanish vaqtida paydo bo’ladigan havfli vaziyatlarni ilmiy tahlil qilishdir.
Talablari: (har bir xodim bilishi va uddalashi kerak). - Ishlab chiqarish jarayonlarini xaflilik darajasini baxolay olish. - Zarur o’lchash ishlarini bajara olish. - Xavfsizlikni ta’minlashda mustaqil qaror qabul qila olish. - Mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnomalar ishlay olish. - Baxtsiz xodisalar sababini aniqlash, o’rganish. - Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsata olish. 1.2. Mehnat muhofazasi ishlarini tashkil yetish. Mehnatni muxofaza qilish fanining vazifasi bo’lajak har bir muxandisga mehnat muhofazasi qonuniyatlari, ishlab chiqarish xavfsizligi masalalarini yechish usullarini o’rgatish, ularni sanoatda shikastlanish va kasb kasalliklariga qarshi kurashish, kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarida bo’ladigan yong’in va portlash xodisalarini oldini olish choralari bilan tanishtirishdan iborat.
Bularga: zaharli va yengil alangalanuvchi suyukliklarni saqlash jarayonini mexanizatsiyalashtirish, ximoya moslamalari, to’siqlar, avtomatik ximoya vositalari, signal moslamalari, masofadan boshqarish moslamalari, va boshqalar kiradi.
Unga ishchilarni har xil kasbiy zararlar ta’sirida ximoyalovchi moslama, jixozlarni tayyorlash, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, xonalarni shamollatib turish, moslamalarini o’rnatish hamda ishlab turgan moslamalarni o’z vaqtida taomirlab turish, havo tarkibini tekshirish hamda nazorat o’rnatish uchun asbob uskunalar olish, o’rnatish va boshqalar kiradi. Mehnat sharoitini umumiy yaxshilash chora- tadbirlari. Bunga mehnatni muhofaza qilish masalalarini yorituvchi ko’rgazmali xonalar, burchaklar tashkil qilish, ishjoylarini unumli yoritish, shovqin va tebranishlarga qarshi umumiy chora-tadbirlar maxsus yechinish, yuvinish, kir yuvish, kimyoviy tozalash, kiyimlarni maxsus tikish xonalari tashkil etish kiradi.
Ishlab chiqarishda yangi texnologiya jarayonlarini tadbiq etish va umumiy rekonstruktsiya qilish ham umumiy mehnat sharoitini yaxshilash chora-tadbirlariga kiradi. Bundan tashqari, korxona jamoasi, rahbarlari, tarmoq, vazirliklari hamkorligida mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va sanitariya gigiena chora- tadbirlarini ishlab chiqib tarmoq markaziy kasaba qo’mitalari bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Mehnatni muhofaza qilish qonuniyatlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunlari kodeksi asosida olib boriladi. Mehnatni muhofaza qilishning qator masalalari Konstitutsiyada aks ettirilgan. Mehnatkashlarni xavfsiz va sog’lom mehnat sharoiti bilan ta’minlashni davlat o’zining asosiy vazifasi deb hisoblaydi, buning uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni qonun asosida amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 8 dekabrida 12- chaqiriq II sessiyasida tasdiqlangan Konstitutsiyaning 18-20, 27, 29, 36-42- moddalarida mehnatni muhofaza qilish masalalari bayon etilgan.
Konstitutsiya barcha fuqarolarni mehnat qilish huquqini ta’minlaydi, yaoni mehnatkashlar ma’lum mikdorda haq olish hisobiga ish bilan ta’minlanadilar. Bu huquq haftasiga 41 soatdan oshmagan ish soati belgilash asosida va yiliga bir marta haq to’lanadigan (dam olish) ta’til berish yo’li bilan amalga oshiriladi. Konstitutsiya bepul davolanish, qariganda yoki mehnat qilish qobiliyatini qisman yoki batamom yo’qotganda sotsial ta’minlanish huquqlarini ham beradi. O’zbekiston Respublikasi mehnat qilish
qonuniyatlari mehnatkashlarga yaratib berayotgan sharoitlar va huquqlar hamda ularni nazorat qilish jihatidan dunyoda eng ilg’or hisoblanadi. Mehnatni muhofaza qilish qonunlarini yaratish va amalga oshirishda kasaba uyushmalari faol qatnashadi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunlari kodeksida sog’liqni saqlash, xavfsiz va sog’lom sharoit yaratish, xalq uchun madaniy va maishiy farovonlikni ta’minlashga oid ko’pgina masalalar ko’rib chiqilgan.
Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo’lishi kerak. Bunday sharitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi. Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgar bo’ladi. 212-modda. Xodimning mehnat muhofaza qilish normalari,
Xodim mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yo’riqlariga, shuningdek maomuriyatning ishni bexatar olib berish haqidagi farmonlariga rioya qilishi, olingan shaxsiy ximoya vositalaridan foydalanishi insonlar xayoti va sog’ligiga bevosita xavf soluvchi har qanday holat haqida raxbariyatga darxol xabar berishi shart. 213-modda Xodimning mehnatni muhofaza qilish haqida ma’lumot olish huquqi. Ish beruvchi mehnat shartnomasi to’zishda va boshqa ishga o’tkazishga xodimni mehnat sharoitlari to’g’risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish extimolli, shu bilan bog’liq holda unga beriladigan imtiyozlar, shuningdek shaxsiy ximoya vositalari haqida xabardor qilishi kerak. 215-modda. Mehnatni muhofaza qilish yo’l-yo’riqlar berish va o’qitish. Xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong’in chiqishidan saqlashini va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari haqida yo’l-yo’riqlar berish hamda xodimlarning mehnatini muhofaza qilishning hamma talablariga rioya eotishlarini doimiy ravishda tekshirib borish vazifasi ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi. Download 137.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling