1-Mavzu: Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti


Download 331.92 Kb.
bet8/20
Sana22.11.2023
Hajmi331.92 Kb.
#1794007
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
1-Mavzu Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti

Test metodi.
Test bu qisqa topshiriq bo’lib, bajarilgan topshiriqqa sonlar va sifat jihatidan berilgan baho ularning strukturasidagi asosiy psixik faoliyatlarning kamolot darajasidan kursatkichi bo’ladi. Testlar muayyan qobiliyat bilim, malaka, ko’nikmalar bor yoki yo’qligini aniqlash, shaxslar ba’zi sifatlarini tavsiflash hamda u yoki bu kasbga layoqatni bilish imkonini beradi. Test psixodiagnostik va ayniqsa psixoprognostik qiymati ma’lum darajada ilmiy tajribaga hamda test asosida qo’yilgan psixologik faktlar ishonchliligiga bog’liq. Yetarli darajada ilmiy asoslanmagan, to’g’ri nazariyaga tayanmagan, ba’zan bu nazariyani "moslashtirishga" urinish (soddalashtirish) g’oyat jiddiy xatolarga olib kelishi mumkin. Testlarga ancha asosli "qo’llanilishi" va doimo asoslanmagan "testlashni" farqlash kerak. Keyingisida doimo testlar yordamida olinadigan natijalardan psixologik tahlili asossiz ravishda to’g’ri yechimlar soni matematik manipulasi bilan almashtiriladi.
Boshqa metodlar bilan olingan psixologik materiallar ishlashdan matematik metodi o’zidan prinsipial yondashuviga ega bo’la turib, ko’pincha, modellash metodi bilan uyg’unlashib ketadi va psixik hodisalarning miqdoriy ifodasi bilan matematik model yaratish imkonini beradi. Bu metodda u yoki bu psixologik hodisani o’rganish natijalari tekshirilayotgan mehnat jarayonlari hamda shaxs xususiyatlari tahlilini osonlashtiradigan diagramma, grafiklar, sxemalar tarzida kursatmali ifodalanadi.
Mehnat psixologiyasiga oid konkret tadqiqotlar metodlaridan o’zlashtirilishini tekshirish.
1) Hunar texnika bilim yurtlari pedagoglari uchun tushunarli bo’lgan psixologiya metodlarini sanab bering.
2) Mehnat metodi va ishtirok etuvchi kuzatish metodi qanday hollarda va nima maqsadda qo’llaniladi?
3) Mehnat operasiyalarini o’rganish va qayd qilishning farqi nimada?
4) Xato harakatlar tahlili metodini kim va nima uchun qo’llashi mumkin?
5) Mehnat jarayonini modellash nimadan iborat?
6) Psixologiyadagi matematik metodning mohiyati nimadan iborat?

Download 331.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling