1-Mavzu: Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti


-mavzu. Kasb tanlashga yo’naltirish va kasb tanlash


Download 331.92 Kb.
bet11/20
Sana22.11.2023
Hajmi331.92 Kb.
#1794007
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
1-Mavzu Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti

6-mavzu. Kasb tanlashga yo’naltirish va kasb tanlash.
Reja:

  1. Kasb tanlashga yo’naltirish va kasb tanlash.

  2. Kasb tanlashga yo’naltirish va kasb tanlash tushunchalarining mazmuni. Kasbga yo’naltirishning ahamiyati.

  3. Kasbga yo’naltirishning muammolari.

  4. Kasbga yo’naltirishda maktab, ota-ona va mehnat jamoalarining o’rni. Kasbiy targ’ibot.



Tayanch tushunchalar: kasbga yo’naltirish, kasb tanlash, odam mashina tizimi, kasb ta’limi o’qituvchisi, kasb ta’limi ustasi, mehnatdan begonalashish.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq qilish ko’p jixatdan o’quv-tarbiya ishlarini isloh qilish, o’quvchilar yosh xususiyatlarini bilish, har qaysi yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan pedagogik, psixologik jarayonlar xususiyatlarini qanchalik yaxshi bilgan mutaxassislarga bog’liq. Yuqorida sanalgan muammolarni xal qilishda kator gumanitar va maxsus fanlar yordam beradi. Pedagogik psixologiya, yosh psixologiyasi, muhandislik (injenerlik) psixologiyasi, maxsus fanlarni o’qitish metodikasi singari fanlar shular jumlasidandir. Kasb faoliyati bilan bog’liq bo’lgan har kanday masala uning kasb maxorati, texnikani kanchalik egallaganligi darajasi, kasbini sevishi darajasi bilan bog’liq.
Uning uchun bugungi muhandis ham o’z kasb sirlarini, ham shu kasb maxoratini yoshlarga bera olishi lozim. U umumiy psixologiyani, yosh psixologiyasini, pedagogik psixologiyani, kasb-ta’limi va uning psixologiyasini bilishi talab kilinadi.
Kasb-hunar ta’limi kollejlari o’quvchilariga texnikaning konstruktiv xususiyatlarini, muhandislik psixologik talablarini xisobga olishni, eng muximi kullanadigan texnika inson imkoniyatlarini kay darajada xisobga olganligini, ya’ni, texnikaning gumanizasiyalashuvini xisobga olishini bilib ishga yondoshuvi masalalarini aniq tasavvur qilishi bilan bog’liq. Bu muammo muhandislik psixologiyasida o’rganiladigan markaziy bosh mavzu odam – mashina tizimi (OMT) hisoblanadi. Odam-mashina tizimi va uning asosiy muammolari kasb ta’limi o’qituvchisi va kasb ta’limi ustasi maxoratining nazariy, pedagogik-psixologik tayyorligining asosini tashkil kiladi.
Mehnat tarbiyasi bolalalikdan boshlanadi. Dastavval o’z-o’ziga xizmat qilish, undan so’ng, yasama o’yinchoqlarning ko’rishi. Keyin ota onalarga xo’jalik ishlarida yordam berish. Mehnat tarbiyasi maktabda mashg’ulotlarning ma’lum qoidalariga rioya qilishi, o’quv topshiriqlarni bajarishi. Mehnat darslarida undan sung, hunar texnika bilim yurtlarida va bevosita sanoatda elementlar ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirish talab qilinadi. Yosh yigit qizlar shaxs sifatida sanoatga qanday tarzda kelishlari, savdo xodimi sifatida do’kon peshtaxtasiga, mexanizator sifatida dalaga kelishlari, mehnatga nisbatan o’zi bilan birga ishlaydigan kishilarga nisbatan o’z-o’ziga nisbatan qanday munosabatda bo’lishlari, o’zining professional va fuqarolik sifatlarini qaysi tomonga va qanchalik muvaffaqiyat bilan rivojlantirishlari bilim yurtining pedagoglariga bog’liqdir. Shuning uchun pedagoglar o’zlariga tegishli bilim yurtini bitiruchilarning fakat maxsus bilimlari va o’quvlari - mehnatkashi sifatida tarbiyalanganliklariga xam javobgardirlar.
O’quvchi yoki ishchi ta’lim yoki ishlab chiqarish guruhiga formal tarzda kiritib qo’yiladi. Ammo u guruhda organik qism sifatida kiritilmaydi va o’quvchi o’zini guruhning teng huquqli a’zosi sifatida his qilmaydi. Guruhga yangi qo’shilgan o’quvchilarning umumiy ish uchun hyech qanday qadr-qimmatini va foydasini ko’rmaydi. Ana shunday holatlarda mehnatdan begonalanish hodisasi yuz beradi. Shuning uchun guruh bunday o’quvchi yoki yosh ishchiga garaz bilan foydasiz odam sifatida karaydi. Bu psixologik jihatdan ishlamaslikning yuzaga kelishidagi asosiy sababidir. Mana shunday sharoitda "begonalashgan" odamlarda birgalikda ishlashdan qanoatlanishning bo’lishi mumkin emas. Bunday xolat "begonalashgan" o’quvchi yoki yosh ishchiga xursandchilikka qaraganda ko’proq dilsiyohlik keltiradi, yoqimsizlik esa mehnatga nisbatan nafrat uyg’otadi va u mehnat me’dasiga tekkan manfur odamga aylanadi. Guruh bilan munosabatda bo’lishda uning bilan birgalikda mehnat qilishda unga begonalarcha va g’araz bilan qarash "baxtsiz" shaxsning salbiy xislatlarini (ya’ni mehnatdan kochishni) rivojlantirish mumkin.
Mehnatkash shaxsning fakat ijobiy hislari muvaffaqiyatli ravishda tarkib topishi mumkin bo’lgan mehnat muhitiga o’quvchi deganda guruh bilan ushbu o’quvchi uchun umumiy manfaatlarni topishdek, ma’no tushuniladi. Agarda bunday umumiy manfaatlar yo’q bo’lsa, guruh a’zolari tomonidan ko’tarinki ruh bilan qabul qilinadigan vazifalar qo’yish orqali guruhdan bunday umumiy manfaatdorlikni yuzaga keltirish kerak, hyech bir istisnosiz guruh har bir a’zolarining qadr-qimmatini ijobiy sifatlarini va yutuqlarini ta’kidlab kursatish orqali guruhning umumiy ishi uchun har bir a’zosining ham foydali ekanini guruhga ko’rsatish lozim.
Kasb-hunarga yo’naltirish bola tarbiyasining dastlabki bosqichlaridan, ular dunyoni tushuna boshlashining ilk qadamlaridan boshlash lozim. Bola bog’chaga borar ekan, undagi xususiyatlar, undagi o’ziga xosliklar tengqurlari bilan o’ynash jrayonida, tarbiyachi tashkil etadigan har xil guruhiy o’yinlar jarayonida va h.k. larda ko’rina boshlaydi. Qobiliyatsiz inson bo’lmaydi, boladagi ushbu yashirin qobiliyatni ro’yobga chiqarish lozim. Bu esa avvalambor, oiladagi a’zolar, tarbiya maskanidagi tarbiyachilar yordamida amalga oshiriladi. Ma’lum bir sohaga bo’lgan qiziqishlarning uchquni ko’ringanda, ushbu uchqunni alanga oldirish lozim; ushbu sohaga chuqurroq qiziqtirish, sohaga aloqador bo’lgan kitoblar, qo’llanmalar, asbob-uskunalar olib berish, ushbu kasb to’g’risida, uning ahamiyati, jamiyatdagi o’rni, soha namoyondalari to’g’risida ham chuqurroq ma’lumotlar berib turish foydadan xoli bo’lmaydi.
Ayni damda jamiyatimizda o’quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish borasida ko’zga ko’rinarli ishlar amalga oshirilmoqda. Maktab o’quvchilarining kelgusida to’g’ri yo’lni tanlashlari, o’zlari xoxlagan kasb-hunar kollejlariga hujjat topshirishlari maqsadga muvofiq. Ularni kasb-hunarga yo’naltirish, qaysi sohaga qiziqishlarini aniqlash maqsadida umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan maktab amaliyotchi-psixologlari turli metodikalar o’tkazib, ularning qiziqishlarini aniqlab, ushbu soha bo’yicha yo’naltiradilar. Bu ishda, albatta, maktab amaliyotchi-psixologi o’z vazifasini astoydil bajarmog’i lozim.

Download 331.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling