1-Mavzu: Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti
Download 331.92 Kb.
|
1-Mavzu Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti
Tayanch tushunchalar: muhandislik, texnikani insoniylashtirish, texnika estetikasi, «jamoa–odam–mashina», mashq qilish, tizimli texnik yo’nalish, pedagogik yo’nalish.
Muhandislik psixologiyasi (inglizcha so’zdan olingan bo’lib, engineering psychology – injenerlik, muhandislik psixologiyasi degan ma’noni anglatadi) psixologiya sohalaridan biri bo’lib, inson va mashina o’rtasidagi axborot almashinishi vositalari va jarayonlarini o’rganadi. Ushbu fan ishlab chiqarishning psixologik tuzilishini o’zgartirib yuborgan ilmiy-texnik revolyusiya sharoitida paydo bo’ldi va taraqqiy etdi. Uning asosiy tuzilishi idrok jarayonlari va axborotni qayta ishlash, qisqa vaqt mobaynida qat’iy qaror qilish, yanglish faoliyat narxining o’sishi, barcha ishlab chiqarish va boshqaruv zvenolarining kompyuterlashtirilishi, mobil aloqalar va barcha turdagi resurslar xarajatlarining minimal darajada sarflanishi, “Djit-nadejnost (ishonchlilik)” prinsipi bazasida (gibkiy) tez moslashuvchi yoki elastik texnologiya boshqaruvining keng doirada ishlatilishidan iborat. Muhandislik psixologiyasining asosiy vazifalari kuyidagilardir: 1. Odam funksiyasini «odam-mashina» tizimida taxlil qilish, operator faoliyati strukturasi klassifikasiyasini urganish; 2. Odam-operator axborotlar almashinish jarayonlarini o’rganish (odamning axborotlarni kayta ishlash jarayonining asosiy 4 bosqichini o’z ichiga oladi: axborotni qabul qilish, qayta ishlash, qaror qabul qilish, boshqarish ta’sirini amalga oshirish); 3. Operator ish o’rinlarini tashkil qilish prinsiplarini ishlab chikish; 4. «Odam-mashina» tizimi samaradorligiga psixologik omillarning ta’sirini o’rganish; 5. «Jamoa-mashina» tizimida operatorlarni tanlash va tayyorlash prinsip va metodlarini ishlab chiqish. (Kasb tayyorligi quyidagilarni o’z ichiga oladi: kasb ta’limi, jamoani shakllantirish, trenirovka –mashq qilish); 6. «Jamoa–odam–mashina» tizimini muhandislik – psixologik loyixalash va baxolash; 7. Muhandislik – psixologik ishlamalarining iktisodiy samarasini aniqlash. Muhandislik psixologiyasining asosiy muammolari Boshqaruv sistemasida inson vazifalarini analiz qilish, inson va avtomatik sistemalar, shuningdek, sun’iy intellekt o’rtasidagi funksiyalarni to’g’ri taqsimlash. Birgalikdagi operatorlar faoliyati, ular o’rtasidagi axborot almashinish va muloqot jarayonini tadqiq qilish. Operatorlar faoliyatining psixologik tuzilishini analiz qilish. Operatorlar faoliyatining samaradorligi, sifati, aniqligi, tezligi, mustahkamligiga ta’sir etuvchi holatlar va omillarni o’rganish. Insonning axborot qabul qilish jarayonini tadqiq etish. Insonning axborotni qayta ishlash, uni saqlash va qaror qabul qilish, operator faoliyatini boshqaradigan psixologik mexanizmlar jarayonini analiz qilish. Psixodiagnostika metodlarini qayta ishlash, kasbga yo’naltirish va operatorlik ixtisosligiga mutaxassislarni tanlash. Operatorlarni hissiy hayajonlardan saqlash metodlarini ishlab chiqish. Operatorlarni o’qitish jarayonini analiz qilish va qulay sharoit yaratish. Tadqiqotlar natijalarini inson-mashina sistemasini ishga solish va loyihalashtirish uchun foydalanish. Muhandislik psixologiyasining rivojlanishi jarayonida faoliyatning alohida elementlarini o’rganishdan mehnat faoliyatini butunligicha o’rganishga; operatorga boshqaruv tizimining oddiy bo’g’ini sifatida qarashdan, operatorga murakkab, yuqori darajada tashkillashgan tizimga o’tish yuz berdi. Nanotexnologiya erasining yaqinlashib kelishi psixologiyada yangi yo’nalish – nanopsixologiyaning vujudga kelishi bilan bog’lanadi, shuning uchun muhandislik psixologiyasi fanining oldiga yangi vazifalar qo’yiladi. Informatikaning rivojlanishining ta’siri bilan “inson-virtuallik” sistemasini muhokama etadigan virtual psixologiya vujudga keldi. Rossiya psixologiyasida ushbu yo’nalishning asoschisi N.A.Nosov hisoblanadi. Tarixi Ushbu yo’nalishning tashabbuskorlari sifatida amerikalik va angliyalik psixologlar A.Chapanis, Mak-Ferdan, U.Garner, D.Bronbet va boshqalar chiqishdi. Rossiyada muhandislik-psixologik tipidagi birinchi tadqiqot XX asrning yigirmanchi yillarida mehnat psixologiyasi va psixotexnika doirasida o’tkazilgan. Muhandislik psixologiyasi ikkinchi jahon urushi davrida, harbiy texnika ekspluatasiyasining tajribalari uning samaradorligi va ishonchliligi “inson omili” ga bog’liqligini ko’rsatgan davrda rivojlana boshladi. 1957 yil mart oyida umumsoyuz konferensiyasida Moskvada mehnat psixologiyasi muammolari bo’yicha injenerlik psixologiyasi tadqiqotning mustaqil bo’linmasi sifatida ajratildi. Xuddi shu yilda institutda D.A.Oshanin rahbarligida industrial psixologiya laboratoriyasiga asos solindi. Leningrad davlat universiteti (LGU) da birinchi bo’lib tashkil etilgan industrial (injenerlik) psixologiya laboratoriyasida asosiy o’rinni B.F.Lomov egallardi va injenerlik psixologiyasi bo’yicha ishlarning birlashtirilishi va ularni to’plashni ham boshqarardi. 1960-1963 yillar mobaynida xuddi shunga o’xshash laboratoriyalar MGU (V.P.Zinchenko rahbarligida) da, texnika estetikasi NII (V.F.Venda) da tashkil etildi. RAN psixologiya institutida injenerlik psixologiyasi laboratoriyasi 1973 yilda B.F.Lomov va V.F.Rubaxin tashabbuslari bilan ochildi. RAN psixologiya institutida B.F.Lomov, V.D.Nebыlisin, V.F.Rubaxin, Yu.M.Zabrodin, K.K.Platonov, V.F.Venda, A.I.Galaktionov, shuningdek, oxirgi yillarda — V.A.Vavilov, V.A.Bodrovlarning tadqiqot ishlari bilan faol ishtirok etishlari va g’oyalari ta’sirida injenerlik psixologiyasi akademik maktabi tashkil etildi. Muhandislik psixologiyasining asosiy yo’nalishlari Metodologik muammolar: insonning ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishdagi o’rni va rolini aniqlash. Mashina tuzilishini takomillashtirish, ularni insonga muvofiqlashtirish, insonning ayrim funksiyalari mashinaga ishlab chiqarishni yaxshilashga, insonning mehnat qilishga bo’lgan qobiliyatining oshishiga sharoit yaratib berishga, uning ijodiy imkoniyatlarining takomillashishiga imkoniyat yaratadi. Inson-operator, operatorlik faoliyatining tuzilishini psixofiziologik va psixologik (umumiy va differensial) xarakteristikasini o’rganish. Tizimli texnik yo’nalish. Muhandislik psixologik loyihalashtirish muammolarining nazariy va amaliy yechimini topish, shuningdek, metodlarni takomillashtirish va “inson-mashina” sistemasining samaradorligi va ishonchliligi mezonlari bo’yicha baholash. Foydalanishga oid yo’nalish. Ilmiy mehnat tashkilotlari, uning xavfsizligi va inson uchun qulayliklarini psixologik ta’minlash; metodlarni, mezonlar va mehnat unumdorligini nazorat qilish tadbirlarini qayta ishlab chiqish hamda mehnat jarayonida operatorning ahvolini yaxshilash; guruhiy psixologiya masalalari; boshqaruv psixologiyasi va boshqalar. Pedagogik yo’nalish. Kadrlarni tanlash, saralash va texnik mutaxassislarni joy-joyiga qo’yish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlovdan o’tkazishni nazoratga olish. Muhandislik psixologiyasi psixologiyaning boshqa sohalari bilan ham uzviy bog’langan. Birinchi navbatda, umumiy psixologiya bilan, eksperimental psixologiya, ijtimoiy psixologiya, differensial psixologiya, harbiy psixologiya, pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi, psixofiziologiya sohalari bilan bog’liq. Muhandislik psixologiyasi eksperimental metodlardan keng miqyosda foydalanadi. Mustahkamlash uchun savollar Muhandislik psixologiyasi fani haqida tushuncha. Texnikani insonning psixologik hususiyatlariga moslashtirish metodlari. Muhandislik psixologiyasi va texnika estetikasi tushunchalari. Insonning ishlab chiqarish texnikalarini bilan hamkorligi. Muhandislik psixologiyasi faninig muammolari Download 331.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling