1-Mavzu: Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti


Mustahkamlash uchun savollar


Download 331.92 Kb.
bet12/20
Sana22.11.2023
Hajmi331.92 Kb.
#1794007
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
1-Mavzu Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti

Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Kasb tanlashga yo’naltirish omillari.

  2. Kasbga yo’naltirishning ahamiyati nimadan iborat?

  3. Kasbga yo’naltirishning muammolari ayting.

  4. Kasbga yo’naltirishda maktab, ota-ona va mehnat jamoalarining o’rni.



7-mavzu. Kasbga ko’nikish va uning psixologik masalalari.
Reja:

  1. Kasbga ko’nikish haqida tushuncha

  2. Organizmning ishlab chiqarish muddati va mehnat rejimiga moslashish tarzidagi biologik ko’nikish turlari: sosial ko’nikish, psixologik ko’nikish.

  3. Kasbga ko’nikish bosqichlari: tanishtirish bosqichi, kasbga tayyorlov bosqichi, shaxsning korxona ishchilari muhitiga singdirish bosqichi.

  4. Kasbga ko’nikish shartlari. Kasbga ko’nikishning psixologik masalalari.



Tayanch tushunchalar: kasbga ko’nikish, hunar-texnika ta’limi, kishilar ehtiyoji, mehnat tarbiyasi, mehnat muhiti, tarbiyalovchi ta’lim, mehnatga tayyorlash, samarali mehnat.
O’quv maqsadi - o’quvchilar shaxsi tarkib topishining asosiy qonuniyatlari va yo’llarini hamda, ularning shunday kasbiy sifatlari, masalan, mehnatda bo’lgan faolliklarni texnik fikr yuritishni va ishdagi mustaqilliklarini o’zlashtirishdan iborat.
Agar hunar-texnika ta’limi bir butun jarayonida o’qitishning oxirgi natijasi kasbiy mahoratni tarkib toptirish bo’lsa, tarbiyaning oxirgi natijasi - kuruvchi sifatidagi ishchi shaxsini tarkib toptirishdan iborat. Ishchi shaxsiy xislatlarning o’ziga xosligi xalq kishilarining yangi tarixiy birlikdagi boshqa guruhlar namoyondalaridan shu bilan farqlanadiki, u ishchidir. Ishlab chiqarish ishchisidan u o’zining ishchiligi bilan farqlanadi, ammo ishchining shaxsi bo’linmas yagonadir. Aytganlaridek, bu yagonalikda ishchi, ishchanlik va siyosiy sifatlari nimoyon bo’ladi. Bu sifatlar ham bir butunlikda tarbiyalanadi.
Bugungi ilg’or ishchi - chuqur bilimlarga keng ko’lamdagi madaniyatga ega. Mehnatga nisbatan ongli va ijodiy munosabatda bo’lgan odamdir. U sanoatda o’zini xo’jayindek va jamiyatingizda bo’layotgan hamma hodisalarga o’zini xo’jayindek his etadi. Bunday ishchi siyosiy faol, u intizomsizlik va javobgarsizlik ishlab chiqarishni tashqil qilishdagi har qanday kamchiliklar bilan kelisha olmaydi. U har qanday ishchanlik kishilar ongidagi va xulq -atvoridagi istalgan o’tmish sarxitlariga nisbatan murosassiz dushmandir. Hozirgi zamon ishchisining siyosiy sifatlari mana shunday ifodalab berilgan. Sosialistik ishlab chiqarishning malakali ishchisi shaxsiga xos bo’lgan ishchan psixologik xislatlar quyidagilardan iboratdir:
1) kishilar ehtiyojlarini va shu jumladan, o’zining ham shaxsiy extiyojlarini qondiruvchi, shuning bilan birga ishlab chiqarish unumdorligini va uning sifat natijalarini orttirishga qaratilgan moddiy boyliklarni hosil qilishga intilish.
2) o’zi ishlayotgan muassasa va xalq xo’jaligi sohasidagi jamoa ishning muvaffaqiyatidan manfaatdorlik.
3) texnologik vazifalarni tez va to’g’ri hal qilishga nisbatan qobiliyat aqliy va jismoniy ishlab chiqarish vazifalarini yengillik bilan ortiqcha zo’r bermasdan va buzilishlarga yo’l qo’ymay bajarishga chidash.
4) jamiyat uchun foydali moddiy boyliklarni hosil qilishda tobora katta yutuqlarga erishish maqsadida o’zining kasbga oid bilimlarini malakalarini o’quvlarini va ishlab chiqarishga oid mahoratini doim takomillashtirishga intilish.
Bularning xammasi malakali ishchilarning faqat eng umumiy xislatlaridir. Bulardan tashqari har bir kasb bo’yicha maxsus faqat shu kasbga xos bo’lgan shaxsiy sifatlar tarkib topadi. Masalan: harakatlarning aniqligi va tezligi epchillik, chaqqonlik, hozirjavoblik va o’zini tuta bilish. Bular mana shu sifatlarning albatta, namoyon bo’lishini talab qiladigan faoliyat turlarida tarkib topadi. Biroq, shaxs xislatlarining tarkib topishi avtomatik ravishda yuzaga keladi. Ishchi xalq xo’jaligining qandaydir biron-bir sohasida butun hayoti davomida ishlashi mumkin . Lekin bajarayotgan ishi uchun zarur bo’lgan u yoki bu psixik xususiyatini rivojlantirmasligi ham mumkin.
Hamma narsa asosan u ishlayotgan muhitga uning mehnatga bo’lgan munosabatiga uning ishlab chiqarish faoliyatini tashqil qilgan va yo’naltirgan kishilarga va albatta, mehnatning o’ziga bog’liqdir. Ma’lumki har qanday mehnat ham shaxsni tarkib toptiravermaydi. Balki, mehnat ijtimoiy foydasi shaxsga ko’rinib turgandagina va asoan mehnatning shunday turi ilojini tarkib toptiradiki, bunday mehnat jarayonida odam boshqa kishilar bilan bevosita yoki bilvosita munosabatga kirishadi hamda o’zini jamoaning a’zosi sifatida anglaydi. Qisqaroq qilib aytadigan bo’lsak, shaxs mehnat va munosabat jarayonida tarkib topadi.
Mehnat tarbiyasi bolalalikdan boshlanadi. Dastavval o’z-o’ziga xizmat qilish, undan so’ng, yasama o’yinchoqlarning ko’rishi. Keyin ota onalarga xo’jalik ishlarida yordam berish. Mehnat tarbiyasi maktabda mashg’ulotlarning ma’lum qoidalariga rioya qilishi, o’quv topshiriqlarni bajarishi. Mehnat darslarida undan sung, hunar texnika bilim yurtlarida va bevosita sanoatda elementlar ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirish talab qilinadi. Yosh yigit qizlar shaxs sifatida sanoatga qanday tarzda kelishlari, savdo xodimi sifatida do’kon peshtaxtasiga, mexanizator sifatida dalaga kelishlari, mehnatga nisbatan o’zi bilan birga ishlaydigan kishilarga nisbatan o’z-o’ziga nisbatan qanday munosabatda bo’lishlari, o’zining professional va fuqarolik sifatlarini qaysi tomonga va qanchalik muvaffaqiyat bilan rivojlantirishlari bilim yurtining pedagoglariga bog’liqdir. Shuning uchun pedagoglar o’zlariga tegishli bilim yurtini bitiruchilarning fakat maxsus bilimlari va o’quvlari - mehnatkashi sifatida tarbiyalanganliklariga xam javobgardirlar.
Mehnat tarbiyasining hamma davrlarida (oilada, maktabda, o’quv yurtida, sanoatda) mehnatkash shaxsi xislatlarining va uning mehnatga bo’lgan qobiliyatini muvaffaqiyatli tarkib toptirishning asosiy psixologik shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarish faoliyatiga undovchi mehnat muhiti;
mehnat harakatlariga tarbiyalovchi ta’lim;
mehnatga psixologik jihatdan tayyorlash;
o’qish va mehnat vazifalarini xal qilish uchun shaxs sifatlarini psixologik jihatdan safarbar qilish;
samarali mehnat.
Mehnat muhiti muvaffaqiyatli mehnat tarbiyasining zaruriy shartidir.
Mehnat muhitiga quyidagilar kiradi:
tarbiyalanuvchini (bolani, o’smirni yoki katta yoshli odamni) birgalikda ishlaydigan kishilar guruhiga yoki jamoa bo’lishi konkret mehnat majburiyatlarini aniqlash ishini zaruriy moddiy vositalar bilan ta’minlash;
mehnatga jalb qiladigan tashqi sharoitni hosil qilish;
tarbiyalanuvchini mehnat guruhigi qo’shishni, hatto oilada ham hamma vaqt amalga oshirib bo’lmaydi. Ba’zan bola o’zining tug’ilgan yurtida "begonadek" yashaydi, faqat majbur qilgandagina o’z-o’ziga xizmat qilish bilan shug’ullanadi. Bunda u qandaydir xo’jalik ishlaridan bosh tortib biron mehnatga o’rganmay batartiblik va ozodalik odatlarini orttirmaydi. Maktabdagi sinflarda kasb-hunar kollejlaridagi o’quv guruhlarida ishlab chiqarish zvenolari va brigadalarida ayrim "begonalar" uchrab turadi. Ular faqat tashqi tomondan kimningdir, majbur qilishi orqali o’z majburiyatlarini bajaradilar. Bunda hyech qanday mehnat tarbiyasi haqida so’z bo’lishi mumkin emas, "begonalarda" faqat xudbinlik va tekinxo’rlik tarkib topadi.
Bunday hodisa oilada bola o’z holiga tashlab qo’yilganda g’amxo’rlik qilinganda, bola oilada mehnat guruhining teng huquqli a’zosi sifatida kattalar bilan birgalikda qilinadigan bironta ishga jalb qilinmaganda, oilada doimiy mehnat majburiyatlariga ega bo’lmaganda va mehnat majburiyatlarini bajarish yuzasidan hyech qanday javobgarlikni xis etmaganda yo bo’lmasa, mehnat majburiyatlariga ega bo’la turib, ularni bajarganda hyech qanday qanoatlanish hissini sezmaganda va bunday faqat yolg’iz yoqimsizlik sezganda yuzaga keladi. O’quv va ishlab chiqarish guruhlaridagi ayrim shaxslarning mehnatdan mana shunday begonalanishi xuddi oila sharoitidagidek, asosan bir xil sabablar asosida yuzaga keladi.
O’quvchi yoki ishchi ta’lim yoki ishlab chiqarish guruhiga formal tarzda kiritib qo’yiladi. Ammo u guruhda organik qism sifatida kiritilmaydi va o’quvchi o’zini guruhning teng huquqli a’zosi sifatida his qilmaydi. Guruhga yangi qo’shilgan o’quvchilarning umumiy ish uchun hyech qanday qadr-qimmatini va foydasini ko’rmaydi. Ana shunday holatlarda mehnatdan begonalanish hodisasi yuz beradi. Shuning uchun guruh bunday o’quvchi yoki yosh ishchiga garaz bilan foydasiz odam sifatida karaydi. Bu psixologik jihatdan ishlamaslikning yuzaga kelishidagi asosiy sababidir. Mana shunday sharoitda "begonalashgan" odamlarda birgalikda ishlashdan qanoatlanishning bo’lishi mumkin emas. Bunday xolat "begonalashgan" o’quvchi yoki yosh ishchiga xursandchilikka qaraganda ko’proq dilsiyohlik keltiradi, yoqimsizlik esa mehnatga nisbatan nafrat uyg’otadi va u mehnat me’dasiga tekkan manfur odamga aylanadi. Guruh bilan munosabatda bo’lishda uning bilan birgalikda mehnat qilishda unga begonalarcha va g’araz bilan qarash "baxtsiz" shaxsning salbiy xislatlarini va metodlikni (ya’ni mehnatdan kochishni) rivojlantirish mumkin.
Mehnatkash shaxsning fakat ijobiy hislari muvaffaqiyatli ravishda tarkib topishi mumkin bo’lgan mehnat muhitiga o’quvchi deganda guruh bilan ushbu o’quvchi uchun umumiy manfaatlarni topishdek, ma’no tushuniladi. Agarda bunday umumiy manfaatlar yo’q bo’lsa, guruh a’zolari tomonidan ko’tarinki ruh bilan qabul qilinadigan vazifalar qo’yish orqali guruhdan bunday umumiy manfaatdorlikni yuzaga keltirish kerak, hyech bir istisnosiz guruh har bir a’zolarining qadr-qimmatini ijobiy sifatlarini va yutuqlarini ta’kidlab kursatish orqali guruhning umumiy ishi uchun har bir a’zosining ham foydali ekanini guruhga ko’rsatish lozim.
O’quv va ishlab chiqarish ishlari bo’yicha guruhda o’zaro yordamlashishni tashqil qilish va guruhning umumiy vazifalarini bajarishda yutuqlarni ta’minlash lozim. Yutuqlar guruhda namoyon bo’ladigan ozgina g’arazgo’ylikning oldini olib, bir-biriga nisbatan xayrixoxlik munosabatlarini hosil qilishi kerak. Mana shularning yordamida mehnat munosabatining muvaffaqiyatli bo’lishiga yaxshi ta’sir qiluvchi, guruhda psixologik iqlim hosil qiladi. Mehnat tarbiyasining muvaffaqiyati, shuningdek, mehnatning tashqi muhitni tashqil kiluvchi tevarak-atrofdagi sharoit hamda, moddiy jihatdan ta’minlangan bo’lishiga bog’liq bo’ladi.
Chiroyli kilib bezatilgan va toza kerakli texnika vositalari bilan jixozlangan, okilona tartibga keltirilgan xonaga ishlash yokimlidir. Bunday sharoitda tartib saqlash, tozalik va betartiblik, shuningdek tirishqoqlik hamda mehnat madaniyati haqida o’quvchilarni ogohlantirmasa ham bo’ladi. Bunday tashqi sharoit va mehnatning moddiy ta’minoti o’quvchilarning o’zlari tomonidan tashqil kilingan bo’lsa, bunday intilish iroda kuchliroq bo’ladi. Mana shu sababdan madaniy sharoit tashqil qilish va ish joylarini kerakli texnika vositalari bilan okilona jihozlash pedagoglarning birinchi navbatdagi vazifalaridan biri bo’lishi kerak.
Mehnatning tashqi muhiti tarbiyalovchi mehnat ta’limi uchun zarur bo’lgan sharoitni yaratib beradi. Tarbiyalovchi ta’lim o’zlashtirilgan bilimlarning shaxs xususiyatlariga aylanishi jarayonidan iboratdir. Bunda bilimlar ishonch e’tikodga aylanadi. Bilimlarning ko’lami bilimdonlikka ko’tariladi. Mehnatga o’rgatmasdan turib, jamiyat uchun qimmatli shaxsni tarbiyalash mumkin emas. Ammo istalgan ta’lim ham tarbiya bera olmaydi
Hamma davrlarda juda ko’p kishilarni yoshlik chog’laridan boshlab mehnatga o’rgatganlar, ammo hamma vaqt xam jamiyat uchun foydali shaxslarni ta’lim bilan tarbiyalab voyaga yetkazgan emaslar. Ta’lim qanday sharoitlarda, kim? nimaga? va qanday o’qitiganligi nuqtai nazaridan tarbiyalash ma’nosidan foydasiz va xatto zararli bo’lishi mumkin. Hattoki ijtimoiy foydali ishga o’rgatish ixtiyorsiz holda foydasiz,ba’zan esa jamiyat uchun zararli shaxsni voyaga yetkazishi mumkin. Bunday shaxsda maxsus bilimlar kasbiy malaka va hammasi bo’lishi bilan birga boshqa odamlar uchun mehnat qilishga intilishi birga ishlayotgan odamlarga yordamlashish xoxishi, jamoa bilan birga bo’lishi, mehnat unumdorligini oshirishda yuksak darajalarga erishish istagi bo’lmasligi mumkin. Psixologiyaning maqsadini mensimaydigan ta’limda, ya’ni shaxsning tarkib topishi haqida g’amxurlik qilinmay ta’lim berilganda, o’quvchilarla ijobiy shaxsiy sifatlar o’rniga, masalan: shaxsiyatparastlik, ta’magirlik, poraxo’rlik, insoniyatga dushmanli yoki bo’lmasa intizomsizlik, yalqovlik va ishga nisbatan e’tiborsizlik kabi xislatlar rivojlanishi mumkin.
Tarbiyalanuvchilarga nisbatan beparvolik, beg’amlik, sovuqqonlik yoki pedagogik jihatdan tajribasizlik natijasida qilingan barcha salbiy ishlar o’quvchilarning kundalik ta’lim yoki ishlab chiqarish ishlarida ko’p martalab ularning ko’z o’ngida namoyon bo’ladi. Pedagoglar tomonidan psixologik bilimlar asosida va uning pedagogikasiga tayangan holda o’quv guruhida amalga oshiriladigan tashqiliy, o’quv va tarbiyaviy ishlar mana shulardan iboratdir. O’quvchilarning mehnatlari ularning xar biri uchun xamma jihatdan unumdor bo’lishini ta’minlash borasida pedagoglar barcha zarur choralarni ko’rishlari kerak. Fakat ana shunday muhim sharoit bo’lgandagina pedagoglar kerakli kasbiy sifatlarga ega bo’lgan xalol mehnatkashlarni, munosib fuqarolarni tarbiyalashlari mumkin. Ishlab chiqarish ishchisi shaxsning tarkib topishi asosiy qonuniyatlari va yo’llarining o’zlashtirilishini tekshirish:
1) kasb-hunar bilim yurtida o’quvchilarga tarbiya berishning oxirgi natijasi nimadan iborat.
2) nima uchun pedagoglar faqat ta’lim uchun emas, balki o’quvchilarning tarbiyasi uchun javobgardirlar.
3) o’quvchini mehnat muhitiga qo’shish deganda nima tushuniladi.
4) qanday sharoitlarda ta’lim o’quvchilarni tarbiyalaydi.
5) psixologk jihatdan tayyorlash va safarbar qilishning mohiyati nimadan iborat.
6) ishchi shaxsining tarkib topishida unumdor mehnatning qanday axamiyati bor.

8-mavzu. Muhandislik psixologiyasi mehnat psixologiyasi sohasi sifatida.


Reja:

  1. Muhandislik psixologiyasi fani haqida tushuncha.

  2. Texnikani insoniylashtirish tushunchasi. Texnikani insonning psixologik hususiyatlariga moslashtirish metodlari.

  3. Muhandislik psixologiyasi va texnika estetikasi tushunchalari.

  4. Insonning ishlab chiqarish texnikalarini bilan hamkorligi.

  5. Inson-mashina sistemasi. Muhandislik psixologiyasi fanining muammolari




Download 331.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling