1-Mavzu: Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti
-mavzu. Mehnat faoliyatida sensomotorik talablar
Download 331.92 Kb.
|
1-Mavzu Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
14-mavzu. Mehnat faoliyatida sensomotorik talablar.
Reja: Mehnat faoliyatining sensor komponentlari. Psixomotorikaning hususiyatlari. Mehnat faoliyati asbob uskunalarini idrok etish. Asbob-uskunalarning shakllari va ularni joylashtirishda qo’yiladigan psixologik talablar. Tayanch tushunchalar: psixomotorika, asbob-uskunalarni idrok etish, psixologik talablar, mehnat faoliyati, asbob-uskunalarni joylashtirish. Ta’lim beruvchining faoliyatini o’qitish, ta’lim oluvchining faoliyatini esa, ba’zan tinglovchi deb ataladi. Haqiqatda esa, bilimlar, malakalar va o’quvlarni bir odamdan ikkinchi odamga berish mumkin emas. "Bilimlar, o’quvlar va malakalar odam psixikasidagi aks ettirish va boshqarish jarayonlarining forma hamda natijalaridir". Demak, ular odamning miyasida faqat uning xususiy faoliyati natijasida paydo bo’lishlari mumkin. Ularni olib bo’lmaydi, ammo ular o’quvchilarning uz psixologik faolligini ma’lum formasidan boshqa narsa emas. Agarda o’quvchining u muqobil faolligi bo’lmasa, unda xech qanday bilimlar, o’quvlar va malakalar paydo bo’lmaydi". Faollik faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan shaxsning g’ayratidir. Faol hatti-harakat deganda shu narsa tushuniladiki, bunda obyekt mazkur maxsus reaksiya foydalanadigan quvvat chiqaruvchi manba bo’lib xizmat qiladi. Faollik faoliyat motivasiyasi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Lekin biologik jihatdan shartlangan bo’ladi. Faollik irodaviy zo’r berish tarzida namoyon bo’lishi mumkin. Lekin u ixtiyorsiz bo’lishi ham mumkin. Ammo u albatta, stenik tuyg’ular bilan bog’liq bo’ladi. Ta’limdagi faollik - bu motivlashgan ixtiyoriy faollikdir. Bu faollik diqqat bilan eshitishda, o’qishda kuzatiladi. Idrok qilayotgan informasiyalarni anglashda va harakatlarni o’ylashda natijalarni bajarish va nazorat qilishda ifodalanadi. Ishlab chiqarish faoliyatidagi faollik, ishlab chiqarish faoliyatining maqsadlarini diqqat bilan aniqlashda operasiyalar, usullar va harakatlar izchilligida mehnat faoliyatining borishi va natijalarini nazorat qilishda namoyon bo’ladi. Mana shu taqqoslashdan ko’rinib turibdiki, ta’lim va mehnatning faolligining mohiyati bir xildir. Faqat faoliyat maqsadlari turlichadir. Faollikdan quvvat va uning yo’nalishi bir xildir. Binobarin, o’quvchilarning ta’lim faoliyatidagi faolligini rivojlantirar ekan, buning bilan o’qituvchi ularning ishlab chiqarishdagi faolliklarini xam rivojlantiradi. O’quvchilarning kasb-hunar ta’limiga bo’lgan talablarni anglashlari ularning bilim bilan bog’liq bo’lgan extiyojlariga, jamiyatning talablariga va orzulariga, kasbga ega bo’lish zarurati yuzasidan o’zlarining ishonchlariga bog’liqdir. Bilimga bo’lgan extiyojlar odamga bolalikdan boshlab xos bo’ladi. Birok bunday extiyojlar muvaffaqiyatsiz ta’lim va ular bilan bog’liq bo’lgan ko’ngilsizliklar bilan ezib tashlangan bo’lishi mumkin. Bilimga bo’lgan extiyojlarni narsalarga va hodisalarga karatilgan qiziqishlarni uyg’otish. Shuningdek, bilish jarayonlarining muvaffaqiyatli hamda qandaydir boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun ulardan umumiy amaliy foydalanishlari orkqli qayta tiklash mumkin. Nazariy ta’lim berish jarayonida o’qituvchi o’quvchilarning o’rganayotgan predmetga bo’lgan qiziqishlarini ular uchun muhim bo’lgan mashg’ulotlarning o’quv maqsadlarini qo’yish. O’quv vazifalarining faolligini tushuntirish. O’quvchilar uchun qiziqarli bo’lgan muammolarni yoki o’quvchilarni hayratga solib ularni o’ylatib qo’yadigan qiziqarli masalalarni qo’yish orqali qiziqishlarni rag’batlantirish mumkin. Shundagina, qiziqish paydo bo’ladi, faollik ham yuzaga keladi, faollik esa o’z navbatida muvaffaqiyatlarga olib keladi. Jamiyat - shaxsni ma’lum faoliyat turlari va xulq atvor formalariga majbur kiluvchi talablari ota-onalardan va o’qituvchilardan, matbuot, radio, kino hamda televideniyedan bevosita nasihatlar va talablar tarzida o’tadi. Jamiyatning bu talablari o’quvchilarning ongiga asosan ular tomonidan gumanitar predmetlarni o’rganish orkali yetkaziladi. Birok texnika fanlari o’qituvchilari xam mashg’ulotlarda ma’lum tartibni saqlash, o’quv intizomiga rioya qilishni va o’quv topshiriqlarini o’z vaqtida bajarishni talab qilish orkali bu ishda o’quvchilarga katta ta’sir kursatadi. Jamiyatning orzusi ular o’quvchi shaxsiga bo’lgan munosabtlarida, o’quvchi shaxsidan qanday xislatlarni kutayotgan, qanday xislatlardan paydo bo’lishini xoxlayotgani, aloxida shaxslar faoliyati va xulq-atvorlarida nimalarni rag’batlantirib, nimalarni qoralashda namoyon bo’ladi. Jamiyatning orzulari shaxs bilan uning atrofini o’rab olgan adabiy va dramatik asarlardan badiiy obraz bilan bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladi. Jamiyatning orzulari o’quvchilarga uning talablariga karaganda, kuchlirok ta’sir qiladi. Jamiyatning orzulari o’quvchilarga uning talablariga karaganda kuchlirok ta’sir qiladi. Jamiyatning orzulari shaxsning mayllarini uning faoliyati va xulq-atvorini belgilaydigan umumiy sharoitni vujudga keltiradi. Mana shuning uchun o’qituvchi o’quvchilar bilan munosabatda bo’lar ekan, ularni kelajakda qanday ko’rmokchi bo’lsa, xuddi shunday shaxs sifatida ya’ni tegishli qadr qimmatiga ega bo’lgan malakali ishchi sifatida munosabatda bo’lmog’i kerak. O’zlashtirayotgan kasbni egallash zarurati haqidagi o’quvchilarning ishonchini tushuntirish, maslaxat va pand-nasixatlar orkali hosil qilish kiyin. So’zlar har doim ham ishonch hosil, tajriba, misollarni shaxsan kuzatish va ularni mustaqil tarzda anglab olish, hosil qiladi. Ishonch hamma vaqt xususiy muloxazalarning faol natijasidir. O’quvchilar psixikasiga ta’sir kiluvchi faoliyat turiga bo’lgan qiziqishni uyg’otish va mustaxkamlash usullari quyidagilardan iborat o’quv guruhida optimal psixik holat va umumiy kayfiyat hosil qilish: guruhning o’zlashtirishi va undan keladigan afzalliklarning mohiyatda zarurligini tushuntirish ijobiy misollarni yorqin namoyon qilish, mehnatning kiyinligini tushuntirish va ularni yengishga karatilgan ishonch hosil qilish o’quvchilarning dastlabki muvaffaqiyatlarini xech bo’lmaganda fakat ommaviy ma’qullash, ularning ijobiy xususiyatlari hatti-harakatlari va ishlarini ta’kid hamda o’quvchilarning individual psixologik xususiyatlarini xisobga olgan holda uning faoliyatini faollashtirish maqsadida qo’llanadigan juda ko’p boshqa usullari. Bilimlar, malakalar va o’quvlar faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlaydilar. Muvaffaqiyat esa yuqorida qayd kilib o’tilganidek, o’quv ishlari va ishlab chiqarish mehnatiga faollikni orttiradi. O’quvchilarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ularni zo’r berib, o’ylashga o’rgatishga, izlanishga, ijod qilishga majbur qilish kerak. O’quvchilar o’quv va ishlab chiqarish faolligini rivojlantirish qonuniyatlari va yo’llaridan o’zlashtirilishini tekshirish: 1) Mehnat faoliyati nima? 2) Psixomotorika nima? 3) mashg’ulotlarda va ishda faol bo’lish uchun o’quvchiga nima kerak? 4) Asbob-uskunalarni joylashtirishda qanday talablar qo’yiladi? Download 331.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling