1-Mavzu: Mehnat xavfsizligi bо‘yicha yо‘riqnoma turlar va uni о‘tkazish tartibi. Reja


Download 28.47 Kb.
bet6/6
Sana13.01.2023
Hajmi28.47 Kb.
#1091825
1   2   3   4   5   6
Nazorat savollari :

  1. Yo`riqnomalar o`tkazish va bilimlarni tekshirish 

  2. Kirish yo`riqnomasining dasturi

Yo‘riqnomalar o ‘tKazish va ishcbilarni xavfsiz ishlash usullariga o‘rgatish Y uqori malakali mutaxassislar tayyorlash va sanoat korxonalarida kasb kasalliklari va jarohatlanishga olib keladigan


omillarni butunlay yo'qotish sanoat korxonalari rahbarlari oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa hisoblanadi. Hozirgi zamon fan va texnikasining o ‘sishi, yangidan-yangi texnologiya va mashina-mexanizmlarning joroy etilishi, ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodim ning yuqori malakali, texnika qonunlarini tushunadigan va unga am al qiladigan b o iishlarini taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda ishchilar xavfsizligini ta ’m inlash borasida qanchadan-qancha tavsiyanom alar, qoida va m eyorlar ishlab chiqilgan bo'lishiga qaram asdan, sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalaming butunlay yo‘qolib ketishini ta’minlovchi sharoit mavjud emas. Bundan tashqari sanoat korxonalarining xilma-xilligi, hattoki m a’lum bir korxonada ish sharoiti bir-biriga o'xshash ikkita sexni topish amri mahol ekanligi, um um iy sanoat korxonalari xavfsizligini ta ’minlovchi, tartibga solingan qoida ishlab chiqarish mumkin emas. Shuning uchun ham har bir sanoat korxonasi o ‘zi uchun m ehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini ta ’minlashga qaratilgan yo‘riqnom alar tizim ini tashkil qilingan va bu tizimlar ishchilarning xavfsizligini ta ’minlovchi ish usullarini o'rgatish bilan ishchining m ehnat xavfsizligini saqlash choratadbirlarini ham o ‘z ichiga oladi. Y o'riqnom alar asosan, to‘rt guruhga bo‘linadi: 1) kirish yo‘riqnomasi; 2) ish joyidagi yo‘riqnom a; 3) vaqti-vaqti bilan o'tkaziladigan yo‘riqnoma va 4) rejadan tashqari yo‘riqnoma. Sanoat korxonalarining ham m asida ish toifasi va xavflilik darajasi qanday bo'lishiga qaramay, barcha ishchi va xizmatchilar ishlash davri, mutaxassisligi va malakasidan qat’i nazar, yo'riqnom adan o'tishlari shart. Kirish yo‘riqnomasi. Ishga yangi kirayotganlar uchun o ‘tkaziladi. Bu yo'riqnomaning asosiy maqsadi ishga kirayotgan kishiga m ehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi to ‘g‘risida m a’lumot berish, uni sanoat korxonasi m aydonlari va sexlaridagi tartib-qoidalardan xabardor qilishdir. Kirish yo‘riqnomasi yaxshi jihozlangan va ko‘rgazmali qurollar o ‘rnatilgan mehnatni m uhofaza qilish kabinetida, xavfsizlik texnikasi m uhandisi tom onidan o'tkaziladi. Kirish yo‘riqnomasi vaqtida ishga kirayotgan ishchi quyidagi holatlar bilan tanishtirilishi shart: O 'zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilish qonuniyatlari asoslari, sanoat korxonasida yo‘lga qo‘yilgan ichki tartib qoidalari, sanoat korxonaii m aydonida va sexlarida o ‘zini tutish qoidalari, sanoat korxonasidagi xavfsizlik texnikasining um um iy talablari, ish joyini tashkil qilish, ishchiga topshirilgan m ashina va mexanizmlarni saranjom va ozoda saqlash qoidalari, maxsus ish sharoiti tashkil etilgan ayrim sex va bo‘limlar bilan tanishtirish, baxtsiz hodisalarni oldini olish qoidalarini tushuntirish, bunda asosiy diqqat-e’tiborni har xil erituvchilar, kislotalar, yengil alangalanuvchi suyuqliklar, siqilgan havo, elektr toki xavfi mavjud bo'lgan sexlarga qaratish kerak. M ehnatni muxhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi qoida, m eyor va yo'riqnomalarining buzilishi natijasida vujudga kelgan baxtsiz hodisalar haqida m a’lum otlar berilishi kerak. Baxtsiz hodisa ro‘y beiganda o ‘zini qanday tutish haqida tushuncha beriladi, alkogolli ichimliklar baxtsiz hodisaga olib kelishi haqida aytib o'tilishi shart. Maxsus kiyim bosh, maxsus oyoq kiyimi va shaxsiy muhofaza vositalaridan foydalanish qoidalari, sanitar-gigiena'sharoitlariga e ’tibor berish, sanitariya maishiy xonalardan foydalanish tartibi, baxtsiz hodisaga uchragan kishiga tibbiyot xodimi kelgunda qadar yordam ko'rsatish usullari haqida m a’lumot beriladi. Ish joyidagi yo'riqnoma. Ishga yangi kirgan, bir ishdan ikkinchi ishga o ‘tkazilgan, bir mashinadan ikkinchi mashinaga, bir uchastkadan ikkinchi uchastkaga o‘tkazilgan, garchi vaqtincha bo‘lsa-da, ish joyidagi yo'riqnom adan o‘tkazilishi shart. Ish joyidagi yo'riqnom ada quyidagilar tushuntirilishi kerak: ishchining doim iy ishlash joyi, sexdagi texnologik jarayon va xavfli uchastkalar, ishchining doim iy ishlashi zarur bo'lgan mashinaning yoki stanokning tuzilishi, mashinaning xavfli joylari, muhofaza qurilmalari va boshqa saqlovchi vositalar, ularning vazifasi hamda ulardan foydalanish qoidalari. Ishga tayyorlanish qoidalari, stanokning sozlanganligini tekshirish, yurgizish-o‘chirish asboblarining ishlashi, stanokning yerga ulanganligi, yordamchi va asosiy qurollarning mavjudligi. Shaxsiy m uhofaza aslahalarining vazifalari va ulardan foydalanish qoidalari, ish kiyimlari, maxsus kiyimlar, oyoq kiyimlari va bosh kiyimlarga qo‘yiladigan talablar. Ish joyini tashkil qilish, bunda material va tayyor mahsulotlarni joylashtirish, ish joylarining iflos va keraksiz narsalar bilan to'lib ketishiga yo‘l qo'ym aslik, yo'llar, o‘tish joylari va ish joylarini to'sib qo‘ymaslik. Transport vositalari, ko'tarish kranlari va mexanizmlarni ishlatish qoidalari va boshqa yordamchi vositalardan foydalanish tartiblari. Baxtsiz hodisalar kelib chiqishi mumkin bo'lgan ish usullarini qo'llashni taqiqlash va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.
bo'lgan sanoat zararli moddalari haqida tushuncha berish va ulardan saqlanish usullarini ko'rsatish. Yo‘riqnoma o‘tkazayotganda aw alo, odatdagi ish sharoitida ishchi o‘zini qanday tutishi kerakligi haqida m a’lum ot beriladi. Lekin sanoat korxonalarida b a’zi bir favqulodda holatlar ham yuz berib qolishi mumkin. M asalan, avariya, yong'in va boshqa hollarda ishchi o‘zini qanday tutishi, tez harakat qilishi m uhim ahamiyatga ega. Shuning uchun m ana shunday holatlarda qanday harakat qilish kerakligi haqida ham m a’lumot berilishi kerak. Ish joyidagi yo'riqnom ani master yoki brigadir o'tkazadi. Vaqti-vaqti bilan o‘tkaziIadigan yo‘riqnoma. Bu yo'riqnom ani o'tkazish vaqtini fabrika, zavod kasaba uyushmasi qo‘m italari bilan kelishgan holda, sanoat korxonasining rahbari belgilaydi. Bu yo‘riqnomaning mazmuni ish joyidagi yo‘riqnom a m azm uni bilan bir xil. Yo‘riqnomaning kirish yo'riqnomasi singari ish staji, malakasi, razryadidan qat’i nazar, hamma ishchilar o ‘tkazilishi shart. Rejadan tashqari yo‘riqnom a. Bu yo'riqnom a texnologik jarayonning o ‘zgarishi, yangi m ashina va stanoklar kiritilishi va yangi materiallardan foydalanish natijasida ish sharoitining o'zgarishi munosabati bilan ishchilarning m ehnat xavfsizligini saqlash borasida bilimlari yetishmagan hollarda o ‘tkazilishi m um ­ kin. Bundan tashqari, bu yo‘riqnom a ba’zi bir ishchilar tom onidan xavfli ish usullaridan foydalanilsa, m ehnat intizomi yoki xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilsa yoki ishchi ishlayotgan joyidan biror bir sabab bilan (masalan, kasallik, ta ’til) uzilish ro‘y bersa, shuningdek, ish joylarida kasb kasalliklari va baxtsiz hodisalar yuz bersa shunday yo'riqnom a o'tkazilishi mumkin. O'xshash korxonada avariya sababli baxtsiz hodisa ro‘y berganligi haqida xabar eshitilgandan keyin ham rejadan tashqari yo‘riqnom a o ‘tkaziladi. Kundalik yo‘riqnoma. Kundalik ruxsatnoma bilan bajarilgdigan xavfli ishlar uchun ish boshlashdan oldin o ‘tkaziladi. Bu yo’riqnoma o ‘tkazilganligi haqidagi m a’lumot kundalik ruxsatnomaga yozib qo'yiladi.
Download 28.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling