1-Mavzu: Mehnat xavfsizligi bо‘yicha yо‘riqnoma turlar va uni о‘tkazish tartibi. Reja
Ish joyida o`tkaziladigan yo`riqnoma
Download 28.47 Kb.
|
Ish joyida o`tkaziladigan yo`riqnoma. Barcha ishchilar kirish yo`riqnomasidan
tashqari ish joyida o`tkaziladigan yo`riqnomalarni ham bilishlari lozim. Ish joyida o`tkaziladigan yo`riqnomadan maqsad - har bir ishchini to`g’ri va xavfsiz ish usullariga o`rgatish hisoblanadi. Yo`riqnomani o`tkazish jarayonida ishchiga u ishlaydigan uskunada bajariladigan texnologik jarayon, uning harakat uzatish mexanizmlari, xavfli joylari, konstruktiv xususiyatlari, paydo bo`lishi mumkin bo`lgan xavflar, ishni xavfsiz bajarish usullari, ish joyini to`g’ri tashkil qilish va shu kabi masalalar tushuniladi. Yo`riqnoma o`tkazish ishchining bevosita rahbari bo`lgan ustaga yuklatiladi. Ayrim zarur hollarda bu yo`riqnoma tegishli mutaxassislar (mexaniq, energetik, texnolog) ishtirokida o`tkaziladi. Xodimlarga elektr xavfsizligi bo`yicha yo`riqnoma o`tkazish va malaka guruhi berish korxona bosh energetigi zimmasiga yuklatiladi. Ish joyida o`tkaziladigan yo`riqnoma ishni xavfsiz olib borish qoidalari asosida tsex boshliqlari tomonidan tuzilgan va korxona bosh muhandisi tasdiqlagan dastur bo`yicha olib boriladi. Bu yo`riqnomalar ruyxatini korxona bosh muhandisi kasaba uyushmasi raisi bilan birgalikda tasdiqlaydi. Ish joyida o`tkaziladigan dastlabki yo`riqnoma ishchini mustaqil ishlashga qo`yishdan oldin yoki ish xarakteri o`zgargan hollarda o`tkaziladi. Korxonaga ishga kirayotgan shaxs kasbiy malakasini malakali va tajribali ishchiga biriktirib qo`yish orqali oshiradi. Bunday biriktirib qo`yish tsex boshlig’ining vazifasi hisoblanadi. Dastlabki yo`riqnoma o`tkazish yo`riqnomalarni rasmiylashtirish jurnaliga yozib qo`yish orqali mustahkamlanadi. Barcha ishchilar o`ta xavfli ishlarni bajarishga vazifa olishlaridan avval javobgar rahbar tomonidan yo`riqnoma olishlari va bu haqda jurnalga xavfsizlik choralari ko`rsatilgan holda rasmiylashtirilishi kerak. Download 28.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling