1-Mavzu: Mеhnаtgа хаq to’lаsh bo’yicha ijtimоiy sug’urtа vа hisоbdоr shахslаr bilаn hisоb kitоblаr. Reja


Debitorlik qarzlarning boshlang‘ich (dastlabki) qiymati


Download 158.1 Kb.
bet14/57
Sana26.02.2023
Hajmi158.1 Kb.
#1232289
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57
Bog'liq
1 Mavzu Mеhnаtgа хаq to’lаsh bo’yicha ijtimоiy sug’urtа vа hisо

Debitorlik qarzlarning boshlang‘ich (dastlabki) qiymati deganda ularning vujudga kelgan sanasidagi qiymati tushuniladi. Ushbu qiymat bo‘lib, odatda, schyot-faktura va dalolatnomalarda ko‘rsatilgan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning sotish bahosidagi qiymati hisoblanadi.
Debitorlik qarzlarning sof qiymati deganda haridor va buyurtmachilarga berilgan pulli chegirmalar, savdo chegirmalari, ulardan qaytib kelgan tovar-moddiy boyliklar, shubhali qarzlar summalari ayirilib tashlangandan keyin, shuningdek chet el valyutalari kurslari va milliy valyuta kursi o‘rtasidagi farqlar hisobga olib topilgan qiymat tushuniladi.
Pulli chegirmalar – bu jami olinadigan schyotlar summasining ma’lum bir qismini rag‘batlantirish vositasi sifatida haridor va buyurtmachilar ixtiyorida qoldiriladigan qismi. Bunday chegirmalar, odatda, sotuvchi tomonidan debitorlik qarzlarni tezroq o‘ndirib olish, shubhali qarzlarni vujudga kelishining oldini olish maqsadlarida beriladi. Pulli chegirmalar olinadigan schyotlar summasiga nisbatan foizlar ko‘rinishida yoki qat’iy summada belgilanishi mumkin.
Savdo chegirmalari – bu tovarlarni tezroq katta miqdorda sotish maqsadida, shuningdek ularni reklama qilish maqsadida haridorlar foydasiga sotib olishda tovarning sotish bahosidan kamaytiriladigan qismi.
Qaytarilgan tovar-moddiy boyliklar qiymati– bu haridor va buyurtmachilarga jo‘natilgan, lekinda ma’lum sabablarga ko‘ra ular tomonidan qaytarib berilgan, shuning uchun kelib tushadigan debitorlik qarzlar summasidan ayirib tashlanadigan qiymat.
Olinadigan schyotlar bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • Olinadigan schyotlarni vujudga kelishi va qoplanishini o‘z vaqtida tegishli hujjatlar bilan to‘g‘ri rasmiylashtirish;

  • Olinadigan schyotlarni mazmuni, harakteri va boshqa belgilari bo‘yicha ular uchun ko‘zda tutilgan schyotlarda aks ettirish;

  • Kelib tushushi shubhali hisoblangan debitorlik qarzlarni sud organlari orqali o‘ndirib olinishini yoki korxona hisobidan to‘g‘ri chiqarilishini nazorat qilish;

  • Olinadigan schyotlar bo‘yicha hisobotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tegishli organlarga yetqazish va boshqalar.


Download 158.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling