1-Mavzu: Mеhnаtgа хаq to’lаsh bo’yicha ijtimоiy sug’urtа vа hisоbdоr shахslаr bilаn hisоb kitоblаr. Reja


Download 158.1 Kb.
bet33/57
Sana26.02.2023
Hajmi158.1 Kb.
#1232289
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57
Bog'liq
1 Mavzu Mеhnаtgа хаq to’lаsh bo’yicha ijtimоiy sug’urtа vа hisо

4. Qo’shilgan kapital hisobi. Korxonada qo’shilgan kapital hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi:
8410-«Emission daromad»
8420-«Ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha kursdagi farq».
Ushbu hisobvaraqlar passiv bo’lib, ular oddiy va imtig’zli aksiyalar bo’yicha nominal qiymatdan yuqori bahoda olingan summalarni va ularning harakatini umumlashtirish uchun mo’ljallangan.
Korxonada qo’shilgan kapital quyidagi operatsiyalar natijasida vujudga kelishi mumkin:

  • emission daromadni yuzaga keltiruvchi nominal qiymatdan yuqori bahoda aksiyalar birlamchi sotilishida;

  • kursdagi farqni keltirib chiqaruvchi xorijiy investitsiyali korxonalar ustav kapitalini shakllantirish paytida.

Misol. Nominal qiymati 600 so’m bo’lgan aksiyalar 850 so’mga sotildi.
D-t 5110-«Hisob-kitob schЄti»-850 so’m
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha muassislar qarzlari»-600 so’m
K-t 8410-«Emission daromad»-250 so’m.
Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, 8410-«Emission daromad» hisobvaraG’i krediti bo’yicha faqatgina aksiyalarning birlamchi emissiyasi paytidagi nominal qiymatidan ortiqcha summa hisobga olinadi. Mazkur summa foyda soliG’iga tortish ob’ekti bo’lib hisoblanmaydi.
Sotish bahosidan past narxlarda sotib olingan aksiyalarni sotishda va summalar kamomadida 8410-«Emission daromad» hisobvaraG’ida zarar aks ettiriladi.
Misol. 200 so’mlik nominal qiymatli, dastlab 240 so’mdan sotilgan aksiyalar 260 so’mdan sotib olindi, keyin esa ikkinchi marta 200 so’mdan sotildi:
D-t 5110-«Hisob-kitob schЄti»-200 so’m
D-t 8410-«Emission daromad»-40 so’m
D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar»-20 so’m
K-t 8610-«Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar»-260 so’m.
Qo’shma korxonaning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish paytidagi va ustav kapitaliga amalda valyuta va valyuta boyliklariga oid badallarni kiritish paytidagi valyuta kurslarining farqlanishi natijasida kursdagi tafovut yuzaga keladi.
Misol. Тa’sis shartnomasiga muvofiq qo’shma korxonaning ustav kapitalida chet ellik muassisning ulushi 200 ming dollardan iborat. Hujjatlarni ro’yxatda olish paytida 1$ 300 so’mga teng bo’lganligini hisobga olgan holda, uning ulushi 60000 ming so’m, deb baholandi. Biroq pul mablaG’lari bilan badallar to’lash paytida 1$ 310 so’mga teng bo’lgan. Bu esa korxona so’m hisobida 200 ming dollarni olib, 60000 ming so’m emas, balki 62000 so’mga ega bo’ladi, degan ma’noni anglatadi. Bu tafovut 2000 (62000-60000)ming so’m qo’shimcha sarmoyaga kiritiladi:
D-t 5210-«Mamlakat ichkarisidagi valyuta mablaG’lari»-62000 ming so’m
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha muassislar qarzlari»-60000 ming so’m
K-t 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farq»-2000 ming so’m.
Biroq keyinchalik xorijiy valyutadagi pulga oid moddalar har bir hisobot davri yakunlanadigan sanada qayta baholanadi, bu qayta baholash natijasi kelgusi davrlar daromadi g’ki xarajatlariga o’tkaziladi.

Download 158.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling