Тa’sischilar bilan hisoblashishlar. Korxona ro’yxatdan o’tganidan so’ng ro’yxatdan o’tkazilgan ustav kapitali summasiga korxona oldida muassislarning qarzi vujudga keladi. Тa’sischilarning ustav kapitaliga bo’lgan qarzlari bo’yicha olib boriladigan hisob-kitoblarning hisobi 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» hisobvaraG’ida olib boriladi.
4610-hisobvaraq aktiv bo’lib, debet saldosi ta’sischilarning oy boshiga bo’lgan saldosini ko’rsatadi. Debet oboroti hisobot oyida vujudga kelgan ta’sischilarning qarzlarini aks ettirsa, kredit oboroti ta’sischilar tomonidan o’tkazib berilgan pul mablaG’lari, moddiy qiymatliklar va mulklar qiymatini ko’rsatadi.
Тa’sischilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobini yuritish uchun asos bo’lib ta’sis hujjatlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni qabul-qilish-topshirish dalolatnomalari, kirim kassa orderlari va boshqalar hisoblanadi.
Ro’yxatdan o’tkazilgan ustav kapitali summasiga 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» hisobvarag’i debetlanib, 8310-«Oddiy aksiyalar», 8320-«Imtig’zli aksiyalar» va 8330-«Paylar va ulushlar» hisobvaraqlari kreditlanadi.
4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» hisobvarag’i bo’yicha hisobvaraqlar korrespondensiyasi
|
Хo’jalik muomalalarining mazmuni
|
Hisobvaraqlar korrespondensiyasi
|
debet
|
kredit
|
1.
|
Ustav kapitaliga ulushlari bo’yicha ta’sischilar qarzlarining tashkil etilishi
|
4610
|
8310,
8320,
8330
|
2.
|
Тa’sischilar qarzlarining asosiy vositalar tarzida to’lanishi
|
0110-0190
|
4610
|
3.
|
Тa’sischilar qarzlarining nomoddiy aktivlar tarzida to’lanishi
|
0410-0490
|
4610
|
4.
|
Тa’sischilar qarzlarining pul mablaG’larini berish yo’li bilan to’lanishi
|
5010,
5110,
5210
|
4610
|
5.
|
Тa’sischilar qarzlarining boshqa aktivlar tarzida to’lanishi
|
1010-1090,
2910
|
4610
|
Do'stlaringiz bilan baham: |