1-mavzu menejment asoslari faninig predmeti,mazmuni vavazifalari


Menejer, biznes, marketolog tusunchalari va mohiyati


Download 0.5 Mb.
bet5/5
Sana14.11.2021
Hajmi0.5 Mb.
#173669
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-мавзу презентацияси

4.Menejer, biznes, marketolog tusunchalari va mohiyati.

Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan, boshqaruv san’atini egallagan, tadbirkorlik qobiliyatini ishga tushura oladigan malakali mutaxassisdir. Ular yollanma boshqaruvchilar bo’lib, axolining aloxida ijtimoiy qatlamini tashqil etadi.

Biznes - bu daromad olish maqsadida pul bilan amalga oshiriladigan ishchanlik faolligidir, ya’ni bozorda uning iqtisodiy sub’ektlari orasida xizmatlar va tovar ayirboshlash bilan bog’liq masalani yechishga yo’naltirilgan faol ishchanlik mashg’ulotidir. Biznes tadbirkorlikka nisbatan keng ma’nolarda ishlatilganligi tufayli tadbirkorlik faoliyatini ham o’z ichiga oladi. Biznes bilan shug’ullangan kishilarni biznesmen deb ataydilar. Ba’zan menejer, tadbirkor, diler, makler, brokerlarni muayyan faoliyatini umumlashtirib biznesmen deb atash ham mumkin.

Marketologlar - marketing faoliyati bilan shug’ullanuvchi mutaxassislardir. Ular bozor talabi va taklifini o’rganish orqali bozorga chiqariladigan maxsulotlarni ishlab chiqarish va bu maxsulotlarni sotish jarayonlarini tashkil etish hamda tovarlar reklamasini tashkil etish, umuman bozor muhitiga ta'sir ko’rsatish sohalarini yaxshi egallagan bo’ladilar. Marketologlar ishlab chiqarilgan tovarni bozorda sotishdan boshlab, uning taqsimoti va harakatlarini ham belgilab boradilar.

Reklama qilish orqali savdo-sotiqni rag’batlantirishda ham marketologlarning alohida o’rnini qayd etish zarur. Bundan tashqari iste'molchilarni didini o’rganish, tovarlarni hayotiy davrini oshirish masalalarida marketologlar faol bo’lishlari lozim. Chunki aynan shu jihatlar korxona faoliyatini tashqi muhit bilan naqadar yaqindan elastik aloqa o’rnatishini ta'minlaydi. Bozor segmentini o’rganish ham aynan marketologlar uchun birinchi darajali ishdir.


ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling