4-mavzu. Mukammal bozor va monopoliya. Monopolistik raqobat va oligopoliya
Download 26.66 Kb.
|
4 MAVZU MUKAMMAL BOZOR VA MONOPOLIYA MONOPOLISTIK RAQOBAT VA OLIGOPOLIYA[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Misol.
- Javob
- TC=1000+2 Talab funksiyasi esa: Q=600-P
- -topshiriq.
4-MAVZU. MUKAMMAL BOZOR VA MONOPOLIYA. MONOPOLISTIK RAQOBAT VA OLIGOPOLIYA Raqobatlashgan bozorda korxona (firma)ning umumiy (yalpi) daromadi deb, uning ma’lum bir miqdordagi mahsulotini sotishdan olgan daromadiga aytiladi. Bu daromad quyidagi formula yordamida topiladi: TR=PQ, (1) bu yerda TR – umumiy daromad, Q – sotilgan mahsulot miqdori, P – mahsulot narxi. Yuqoridagi munosabatdan ko‘rinadiki, umumiy daromad mahsulot hajmi Q ning funktsiyasidan iborat. Shuning uchun uni TR(Q) (yoki R(Q)) funktsiya ko‘rinishida ifodalash mumkin. Foyda funktsiyasi. Qisqa muddatli oraliqdagi firmaning foydasi deb, uning umumiy daromadi va umumiy xarajati orasidagi farqqa aytiladi. Foyda funksiyasi F(Q) bilan belgilanadi va quyidagi munosabat orqali topiladi: F(Q)=TR(Q)-TC(Q). (2) Misol. Monopolist mahsulotiga talab funksiyasi berilgan Q =60-P. Monopolistning xarajatlar funksiyasi TC=40+5 ga teng. Monopolistning maksimal foyda olishini ta’minlovchi monopol ishlab chiqarish hajmi va monopol narx topilsin. Yechish. Talab funksiyasidan P=60-Q ni hosil qilamiz. Foyda funksiyasini topamiz: F(Q)=TR(Q)-TC(Q)=TR-TC=PQ-(40+5 )=(60-Q)Q-(40+5 )=-6 +60Q-40. Demak, F(Q)=-6 +60Q-40. Foyda funksiyasi kvadrat funksiya shaklida bo’lganligi uchun F (Q)=0 deb olib, -12Q+60=0 tenglamadan Q=5 ni aniqlaymiz. Monopolistning maksimal foydasi esa F(5)=-6 +60 5-40=110 ga teng. Yuqoridagi P=60-Q ifodadan P=60-5=55. Javob: Q=5, P=55. MUSTAQIL YECHISH UCHUN MASALALAR 1-topshiriq. Monopolist mahsulotiga talab funksiyasi Q=200-2P, o’rtacha o’zgaruvchan xarajat funksiyasi AVC = 20 - 1,5Q + ko’rinishida berilgan. Monopolistning maksimal foydasi 266 ga teng. O’zgarmas xarajat miqdori topilsin. 2-topshiriq. Umumiy xarajatlar funksiyasi quyidagi ko’rinishda berilgan bo’lsin: TC=1000+2 Talab funksiyasi esa: Q=600-P ko’rinishida. Monopolist maksimal foyda olishi uchun qanday ishlab chiqarish hajmini tanlaydi va maksimal foyda qanchani tashkil etadi? 3-topshiriq. Monopolist mahsulotiga talab funksiyasi Q=1650 – 5P va umumiy xarajatlar funksiyasi TC=5500+30Q+ ko’rinishida berilgan. Monopolistning maksimal foydasi topilsin. 4-topshiriq. Firma kalkulyator ishlab chiqaradi va raqobatlashgan bozorda harakat qiladi. Umumiy xarajatlar funksiyasi TC= 80 + , bu yerda Q – ishlab chiqarish hajmi. a) Kalkulyator narxi 100 so‘m bo‘lsa, firma foydani maksimallashtirish uchun qancha kalkulyator ishlab chiqarishi kerak? b) Olingan foyda qancha bo‘ladi? Download 26.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling