1-Mavzu: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati. Menejmentning rivojlanish tarixi
Download 189.04 Kb.
|
1-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari.
1-Mavzu:Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati . 1.Menejmentning rivojlanish tarixi 2.2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar stratyegiyasini «faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturidan kelib chiqib fanning predmeti, maqsad va vazifalari. 3.Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari. Tayanch so’zlar: menejment, boshqaruv ob’ekti, boshqaruv sub’ekti, menejment funksiyalari, ierarxiya, qayta aloqa, yakkahokimlik, naf, baho, talab va taklif, o’z o’zini boshqarish. 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar stratyegiyasini «faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturidan kelib chiqib fanning predmeti, maqsad va vazifalari. «Menejment» so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, Oksford (rus-ingliz) lug’atida menejmentning juda keng va har tomonlama mazmuni keltirilgan: odamlar bilan muloqotning usul va yo’llari; boshqarish hokimligi va san’ati; o’ziga xos ma’muriy malaka va bilimlar, tashkilotlar ishini yo’naltiruvchi va nazorat qiluvchi odamlar, hamda boshqaruv personali va h.k. Adabiyotlarda «menejment» va «boshqaruv» iboralari o’xshash va bir - birini o’rnini to’ldiruvchi tushunchalardir. Lekin, «boshqaruv» bizning ongimizda ma’muriy tizim bilan bog’liq ravishda yuqoridan pastga qarab shakllangan, buyuruqlarga asoslangan, byurokratik boshqaruv tizimi sifatida namoyon bo’ladi. Menejment bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchiga yo’naltirilgan, uning ehtiyojlarini qondirish orqali tashkilotning foyda olishi va samarasiga bevosita ta’sir etadigan iqtisodiy tizimni boshqarishni nazarda tutadi. Shuning uchun menejment biznes, tadbirkorlik, raqobat kabi tushunchalar bilan bog’langan. Menejment - bu bozor iqtisodiyoti sharoitida aniq korxona va tashkilotlarni boshqarishdir. Boshqarish ko’proq keng ma’noda qo’llaniladi. Masalan, davlatni boshqarish, mehnatni boshqarish, siyosatni boshqarish, turli inson faoliyatini boshqarish va h.k. Bazi mutaxassislar boshqaruv nazariyasiga tanqidiy yondashib, uni shakl va usullarning zamonaviy tashkilotlariga tadbiq etib bo’lmaydi deb ta’kidlashadi. Bu noto’g’ri albatta. Rejali iqtisodiyot davrida shakllangan boshqaruv nazariyasi va amaliyoti, davlat mulkchiligi davriga mos tamoyil va usullarga ega edi. Lekin uning ko’p jihatlari bozor iqtisodiyoti davriga ham mos keladi va uni tegishli korxona, firma, muassasaga uning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda qo’llanilishi kerak. Download 189.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling