1-Mavzu: Menejment nazariy asoslari. (2 soat)
Download 363.61 Kb.
|
Amaliy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tayanch tushunchalar
- Amaliy toshiriqlar. 1-Topshiriq.
- 4. Qo‘shimcha topshiriq
- O‘tilgan mavzuni takrorlash savollari
- 2-Mavzu. Menejment qonunlari va tamoyillari. Reja. 1.Umumiy iqtisodiy va falsafiy qonunlar 2.Menejmentning asosiy tamoyillari Kalit so‘zlar
- Amaliy topshiriqlar. 1-Topshiriq
- 2) Iqtisodiy munosabatlarni demokratiyalash
- 4) Milliy xavfsizlikni ta’minlash
3.2.Amaliy mashg‘ulotlari uchun o‘quv materiallari. 1-Mavzu: Menejment nazariy asoslari. (2 soat) Reja. 1. Menejmentning ilmiy maktablari 2. Boshqaruv (menejment)ning mohiyati va tizimi. 3. Menejmentning ilmiy yondashuvlari va tamoyillari. Asosiy tayanch tushunchalar: menejment, xarajat, baho, naf, boshqaruv, menejment obyekti va subyekti, tahlil usullari, tamoyil, boshqaruvga kasbiy yondashuv, ilmiy menejment, mumtoz yoki ma`muriy menejment, inson munosabatlari maktabi, miqdoriy tizimli menejment, teylorizm, mehnat taqsimoti. Amaliy toshiriqlar. 1-Topshiriq. Quyidagi “Shaxsiy yutuqlarim va muvaffaqiyatsizliklarim” nomli kartogrammani tuzing va tegishli tahliliy xulosalarni yozing: Bilimingiz tufayli qo‘lga kiritgan yutuqlaringiz
Duch kelgan muvaffaqiyatsizliklaringiz sabablari
2-Topshiriq. Siz qanday rahbar bo‘la olasiz? Guruh talabalari misolida boshqaruv maktabi g‘oyalaridan foydalaning (faraz qilish asosida). 1-jadval Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti __ bosqich __-guruh talabalari uchun boshqaruv maktabi g‘oyalarini tadbiq etish.
3-Topshiriq: Anri Fayolning boshqarish tamoyillari jadvalini to‘ldiring. 2-jadval Anri Fayolning boshqarish tamoyillari
4. Qo‘shimcha topshiriq: Internet tarmog‘idan mazkur fanga doir ma’lumotlar to‘plash va qisqacha muhokama qilish. www.google.uz, www.ziyonet.uz, www.uzreport.com, www.gov.uz, www.uzbir.uz, www.agro.uz, www.uz, www.referat.uz O‘tilgan mavzuni takrorlash savollari: 1.Boshqaruv amaliyotini vujudga kelishi nima bilan bog'liq bo'lgan? 2.Boshqaruvga tizimli yondashuvning mohiyati nimadan iborat? 3.Boshqaruvga jarayonli yondashuv nimadan iborat? 4.Menejment to`g`risida tushuncha bering. 5.Qaysi ilmiy maktabning vakillari boshqaruvning yakka hukmronlik tamoyilini birinchi marta ta’riflaganlar? 6.Ilmiy boshqaruv maktabini boshlanishida kim turibdi? 7.Olimlardan qaysi biri boshqaruvda klassik yoki ma’muriy maktabni rivojlanishiga kattaroq ulush qo‘shgan? 8.Qaysi ilmiy maktabning vakillari rahbarlarni qo‘l ostidagilar haqida qayg‘urishlar uchun jonbozlik qilganlar? 9.Qaysi maktab olimlarining tadqiqotlari aniq fanlar ma’lumotlaridan foydalanishga asoslangan? 2-Mavzu. Menejment qonunlari va tamoyillari. Reja. 1.Umumiy iqtisodiy va falsafiy qonunlar 2.Menejmentning asosiy tamoyillari Kalit so‘zlar: menejment qonunlari, iqtisodiy qonunlar, umumiy falsafiy qonunlar, bozorni tartibga solishning umumiy qonunlari. menejment tamoyillari. Amaliy topshiriqlar. 1-Topshiriq: Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekistonda davlatni boshqarish tamoyillarini qanday tushunasiz? Ularni tushuntirib bering. 1) Demokratiya: * insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi; * ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysinishi; * barcha fuqarolarning teng xuquqliligi; * davlat vajamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi; * davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning sailovchilar oldida hisobot berishi; * tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat organlarning saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi. 2) Iqtisodiy munosabatlarni demokratiyalash: * monopollashgan iqtisodiyotdan erkin iqtisodiyotga; * sotsialistik musoboqadan erkin raqobatga; * qat’iy belgilangan narxlardan erkin narxlarga; * davlat mulkidan mulkchilikning turli shakllariga tayangan iqtisodiyotga o‘tish. 3) Yuksak ma’naviyat: Mustaqillik tafakurini kengroq tushuntirish, ya’ni: * O‘zbekistonning istiqboli va istiqloli haqida qayg‘urish; * o‘zining va o‘z xaqining, vatanning qadri qimmati, or-nomisini anglab, uni himoya qilish; * yuksak g‘oyalar, yangi fikriy kashfiyotlar, niyatlar og‘ishida mehnat qilib, iste’dodi, bor imkoniyatini, kerak bo‘lsa, jonini yurt istiqboli, eliga baxshida etishdir. 4) Milliy xavfsizlikni ta’minlash: * respublikaning dunyo hamjamiyatiga kirish sur’atlarini tezlashtirish; * turli xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlari, birinchi galda, BMT, NATO, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ishlariga faol ishtirok etishni ta’minlash. 2-Topshiriq: Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitidagi boshqarish tamoyillarini ayting va qisqacha izoh yozing. 1) Byurokatlarcha markazlashuv – boshqarish obyektiga nisbatan bo‘lgan munosabat maksimal ravishda, qat’iy darajada buyriqlashgan. 2) Nomenkulatura – lavozimlarga faqat yuqori tashkilotlar tomonidan qat’iy ravishda oldindan ro‘yxatga kiritilgan kishilar tayinlanadi; 3) O‘z-o‘ziga xizmat qilish, shaxsiy manfaatlarni ustun qo‘rish – aslida bu tizimning qonun-qoidalari, prinsiplari amaldorlarning manfaatlari uchun xizmat qiladi. 4) Demokraatiyani tan olmaslik – demokratiyani tan olish degan so‘z ular uchun hokimyatni yo‘qotish bilan baravar. 5) Buyruqbozlik – boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Faqatgina shundagina kuch ishlatish, qo‘pol ravishda majburlash kabilar o‘z ijrosini topish mumkin. 6) Formalizm, rasmiyatchilik – bu qog‘oz bozlikning “ota”si, to‘rachilik muhitini yaratuvchi dahshatli tamoyildir. 7) Mahdudlik – ma’muriy bo‘ruqbozlik tizimi o‘zining sir-asrorlarini yashirishga, maxfiy tutishga harakat qiladi. 8) Konservatizm – yangilikka nisbat ayovsiz tamoyil. 3-Topshiriq: Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqarishning o‘ziga xos prinsiplarini ayting va qisqacha izoh yozing. Download 363.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling