Qo‘shimcha topshiriqlar
7-Topshiriq. Internet tarmog‘idan mazkur fanga doir ma’lumotlar to‘plash va qisqacha muhokama qilish. www.google.uz, www.ziyonet.uz, www.uzreport.com, www.gov.uz, www.uzbir.uz, www.agro.uz, www.uz, www.referat.uz
8-Topshiriq. Keltirilgan kalit so‘zlar ma’nosini yozib keling:
Menejer madaniyati, madaniyat turlari, rahbarlik uslubi, profil belgisi, guruh, formal guruh, ishlab chiqarish guruhlari, nofolmal tashkilot, hokimlik shakllari, vakolat kuchlari.
Nazorat uchun savollar.
1. Menejer kim?
2. Rahbarlik uslubi deganda nimani tushunasiz?
3. Menejerlik pog‘onalarini sanab bering.
4. Fazilat nima?
5. Rahbarlik uslublarini sanab bering.
6. Rahbar fazilatlarini sanab bering.
7. Rahbar madaniyati deganda nimani tushunasiz?
8. Tasavvuringizda ideal rahbar kanday bo‘lishi kerak?
9. Sizga qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Go‘shakni oldingiz, go‘shakdan «kim bu» degan ovoz eshitildi. Shunday holatda siz o‘zingizni qanday tutgan bo‘lar edingiz?
7-Mavzu. Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini tashkiliy asoslari.
Reja.
1. Fermer xo‘jaligi faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va boshqarish asoslari.
2.Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslari
3. Dehqon xo‘jaligi faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va boshqarish asoslari.
4. Agroklastrlar faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va boshqarish asoslari.
Kalit so‘zlar: fermer xo‘jaligi, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligi, agrofirmalar, soliqlar, yig‘malar, majburiy to‘lovlar, ustav fondi.
Amaliy topshiriqlar
1-Topshiriq: Haydarov Sherali g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi tashkil etish maqsadida viloyat hokimiyatiga yozma ariza bilan murojaat qilgan edi. Unda vaqtincha foydalanish uchun 29 gektar yer 20 yil muddatga so‘ralgan edi. Lekin ariza rad etildi. Shu qonuniymi? Ariza rad etilishining nechta sababi bor va ularni asoslab bering.
2-Topshiriq: Ushbu koeffisiyentlarni jadvalga to‘g‘ri joylashtirib chiqing va shartli mol bosh sonini hisoblang (koeffisentlar: 0,6; 0,1; 0,3; 1,0; 0,025), mazkur mol bosh soniga ega bo‘lgan shaxs fermer xo‘jaligi tashkil eta oladimi?
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |