1-Mavzu: Metall konstruksiyalarini loyihalash asoslari haqida umumiy tushuncha. Maqsadi va vazifalari. Reja


-Mavzu: Metall konstruksiyalarida ishlatiladigan materiallarning asosiy xususiyatlari


Download 2.27 Mb.
bet7/28
Sana06.11.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1750512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
Маърузалар

4-Mavzu: Metall konstruksiyalarida ishlatiladigan materiallarning asosiy xususiyatlari.


Reja:

  1. Po‘lat asosiy xususiyatlari, mustahkamligi bo‘yicha turlari.

  2. Po‘lat tarkibidagi zararli aralashmalar.

Po‘lat konstruktiv material bo‘lganligi tufayli uning mexaniq xususiyatlariga, payvandlanuvchanligiga va uzoq muddat ishlashiga qarab baholanadi. Po‘latni mustahkamligi, elastikligi, plastikligi, mo‘rtlik darajasi, yuqori haroratda «oquvchanligi» uning sifatini belgilaydi. Payvandlanuvchanlik po‘latning kimyoviy tarkibiga va uni ishlab chiqarish texnologiyasiga bog‘liq.


Konstruksiyada po‘latning uzoq muddat ishlashiga va uning kuchlanganlik holatiga konstruksiyaning shakli, tashqi ta’sirlarning turlari va miqdori, yo‘nalishi va ta’sir tezligi, zararli muhit va harorat katta ta’sir ko‘rsatadi.
Mustahkamligi bo‘yicha po‘latlar uch guruhga bo‘linadi:
1) Mustahkamligi oddiy Ryn =-185285 MPa, Run =-365390 Mpa;
2) Mustahkamligi yuqori Ryn= -295390 MPa, Run= -430540 Mpa;
3) Mustahkamligi baland Ryn= - 440 ∞ MPa, Run=- 590 ∞ MPa.
Po‘latlarning mexaniq xususiyatlari ichki atom tuzulishiga bog‘liq. Uning asosini ferrit zarrachalar tashqil qiladi. Ferritning o‘zi kam mustahkamlikga ega va o‘ta plastik materialdir. Uning mustahkamligini oshirish uchun uglerod qo‘shiladi (kam uglerodli po‘lat) yoki boshqa ishlov beruvchi elementlar qo‘shiladi (marganets, kremniy, vanadiy, xrom va b.). Legirlash va tovlash usullar bilan yuqori mustahkamlikga ega po‘lat olinadi. Kam uglerodli po‘latning atom strukturasi kub shakliga o‘xshagan. Kub markazida uglerod atomi joylashadi, qirralarining uchida temir G‘e atomi turadi.
G‘e3S-qorishma ferrit, karbid-sementit paydo bo‘ladi.
Kam legirlangan po‘latlarning atom strukturasi ham kam uglerodli po‘latning atom tuzilishiga o‘xshaydi.
Legirlashtirishda qatnashadigan kimyoviy elementlar bilan tanishamiz.
Uglerod «U» po‘latning mustahkamligini oshiradi, lekin plastiklik xususiyatini va payvandlanuvchanligini pasaytiradi. SHuning uchun qurilishda ishlatiladigan po‘latlarda uglerod miqdori 0,22% gacha bo‘lishi mumkin.
Kremniy «S» po‘lat mustahkamligini oshiradi, payvandlash imkonini pasaytiradi va zanglashga qarshiligini kamaytiradi. SHuning uchun uning miqdori kam uglerodli po‘latda 0,3 %, legirlangan po‘latda esa 1%gacha bo‘ladi.
Marganets «G» metallning mustahkamligini, qayishqoqligini oshiradi va po‘latga aralashgan oltingugurt bilan birikib, uning zararli ta’sirini kamaytiradi. Ammo marganets miqdori 1,5% dan ortsa, unda po‘lat mo‘rt bo‘lib qolish xavfi bor.
Mis «D» mustahkamlikni va zanglashga qarshilikni oshiradi. Lekin, 0,7% dan ko‘payganda po‘lat tez eskirib qolishiga sabab bo‘ladi.
Xrom «X», vanadiy «F», volfram «V», molibden «M», titan «T», nikel «N»- bularning hammasi po‘lat mustahkamligini oshiradi va ayrimlari plastik xususiyatini ham oshiradi.
Turli toifali po‘latlarni kimyoviy tarkibini ifodalash uchun GOSTlarda quyidagi belgilash tartibi qabul qilingan: Dastlabki ikkita raqam foyizning yuzdan bir ulushida uglerodning o‘rtacha miqdorini ko‘rsatadi, xarflar bilan esa po‘latning tarkibiy qismini tashqil etuvchi kimyoviy elementlarning shartli nomlari belgilanadi. Xarfdan keyingi raqamlar esa shu elementning foiz hisobidagi miqdorini ko‘rsatadi. Agar bu miqdor bir foizdan kam bo‘lsa u ko‘rsatilmaydi. Po‘latning tarkibiga kirgan qo‘shimcha elementlar miqdori 0,3% kam bo‘lganda ular belgida ko‘rsatilmaydi.

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling