O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti byudjet hisobi va g`aznachilik fakulteti
Download 0.55 Mb.
|
1 2
Bog'liqBasketbol
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOPSHIRDI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI BYUDJET HISOBI VA G`AZNACHILIK FAKULTETI “JISMONIY TARBIYA VA SPORT” KAFEDRASI JISMONIY TARBIYA VA SPORT FANIDAN AMALIY MASHG`ULOT №3 MAVZU: Basketbol o’yini rivojlanish tarixi hamda o’yin qoidalari (maydoni, shiti va koptok o’lchamlari) haqida umumiy ma’lumotTOPSHIRDI: Abduqodirova Madina TEKSHIRDI: Jabborov Umid TOSHKENT-2022 Basketbol. Basketbol – hozirda barcha mamlakatlarda keng tarqalgan sport o‘yini bo‘lib, bundan bir asr oldin paydo bo‘lgan. Aniqroq aytganda, 1891 yilda Amerika Qo‘shma Shtatalaridagi Massachusets shtatining Springfild kollejida anatomiya va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, doktor Djeyms Neysmit tomonidan ixtiro etilgan. Qadim zamonlarda D.Neysmit tomonidan ixtiro etilgan o‘yinga o‘xshash o‘yinlar mavjud bo‘lsada, basketbolning vatani (basket – savat, boll – to‘p) Amerika hisoblanadi. 1892 yilda o‘yin ixtirochisi tomonidan ishlab chiqilgan qoidalardan o‘n uchta bandlari bugungi kunda ham amaldagi basketbol o‘yini qoidalari tarkibiga kiritilgan. O‘yinning keyingi davrdagi rivojlanishi qoidalarni o‘zgartirilishiga va takomillashtirilishiga olib kelgan. Masalan, 1893 yilda ilk bor to‘r o‘rnatilgan temir halqalar paydo bo‘lgan, keyingi yili to‘p aylanasining uzunligi 76,2–81,3 sm ga (30–32 dyuym ) kattalashtirilgan. 1895 yilda 5,25 metr (15 fut) masofadan jarima to‘p otishlari kiritilgan. To‘pni olib yurishning barcha variantlari 1896 yilda qonunlashtirilgan. Basketbol o‘yining rivojlanishi 4 bosqichdan iborat: Birinchi bosqich (1891-1918y.y.) o‘yinni rivojlanish bosqichi. O‘zbekiston hududiga basketbol 1913-1914 yildan boshlab kirib kelgan; Ikkinchi bosqich (1919-1931 y.y.) Milliy basketbol federatsiyalari tashkil etilishi bosqichi; Uchinchi bosqich (1932-1947 y.y.) Basketbol bo‘yicha Xalqaro federatsiyani (FIBA) tashkil etilishi bosqichi, uning tarkibiga 8 mamlakat kirgan: Argentina, Gresiya, Italiya, Latviya, Portugaliya, Ruminiya, Shveysariya va Chexoslovakiya. Basketbol 1936 yili Berlin shahrida o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. Olimpiya o‘yinlarida 21 ta mamlakatning basketbol jamoalarini ishtirok etishiga ruxsat berilgan. O‘sha yerda Basketbol bo‘yicha Xalqaro federatsiyaning (FIBA) birinchi kongressi o‘tkazilgan, unda basketbol o‘yinining yagona qoidalari qabul qilinib, xalqaro uchrashuvlarni keng ravishda o‘tkazishga asos solingan; To‘rtinchi bosqich (1948-1956 y.y.) Basketbol bo‘yicha Xalqaro federatsiya a’zolarining sonini kengayishi bosqichi. Ushbu bosqichda 50 mamlakat federatsiya tarkibiga kiritilgan. 1953 yili Chilida ilk bor ayollar 98 jamoalari uchun jahon chempionati o‘tkazilgan va AQSh terma jamoasi g‘olib bo‘lgan. 1957 yildan boshlab basketbolning keyingi rivojlanishini ajoyib taraqqiyoti kuzatildi. Basketbol bo‘yicha Xalqaro federatsiyasi (FIBA)ning xududiy tashkilotlari Yevropa, Amerika, Osiyo va Afrika qit’alarida tashkil etildi. Bu, basketbol o‘yinini jahonda keng yoyilishi va ommalashtirilishiga turtki bo‘ldi. 1972 yilda Xalqaro Olimpiada Qo‘mitasi (MOK) ayollar basketbolini Monrealda o‘tkaziladigan XXI Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish bo‘yicha qaror qabul qildi. 2010 yil 17 aprelda Puerto-Rikoning San-Xuan shahrida joylashgan Basketbol bo‘yicha Xalqaro federatsiya (FIBA)ning Markaziy Byurosi basketbol o‘yini qoidalarining yangi tahririni tasdiqladi. Qoidalar 2010 yil 1 oktyabrdan kuchga kirgan. O‘yin qoidalarining yangi tahriri tasdiqlangandan so‘ng quyidagi avvalgi qoidalarga o‘zgartirishlar kiritildi. Eng katta o‘zgarishlar shartli ravishda uchta guruhga bo‘linadi: - o‘yin maydonlari bilan bog‘liq o‘zgarishlar; - o‘yinchilarni sport liboslari va aksessuarlari bilan bog‘liq o‘zgarishlar; - u yoki bu harakat uchun ajratilgan o‘yin vaqtlari bilan bog‘liq o‘zgarishlar. O‘yin maydonini belgilash bilan bog‘liq yangi qoidalarni ko‘rib chiqamiz. O‘yinchilarning sport liboslari va aksessuarlari, o‘yin vaqtini belgilash bilan bog‘liq o‘zgarishlarni basketbol o‘yini qoidalarini yangi tahriri bilan tanishganda bilib olishimiz mumkin. Eslatamiz, Yevropa belgilari bo‘yicha o‘yin maydoni quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan. O‘yin maydonining o‘lchami 26x14m² teng. Muhofaza zonalarini qo‘shgan holda maydonning qurilish o‘lchamlari 31x18 m² teng. Eni 5 sm.ga teng bo‘lgan belgilovchi chiziqning kengligi, maydonni chegaralaydigan barcha chiziqlar o‘lchamlariga kiradi, yon tomondagi va yuz tomondagi chiziqlar bundan mustasno. Uzunasidagi markaziy chiziqlar bo‘yicha yuz tomondagi har bir chiziqni o‘rtasiga shchit (basketbol o‘yinida xalta o‘rnatilgan taxta) konstruksiyasi o‘rnatiladi. Yer ustidagi konstruksiyaning ostki qismi yuz tomondagi chiziqlarning tashqi chetidan 40 sm.dan kam bo‘lmagan masofada qo‘yiladi. Konstruksiyaning ostki qismi umumiy fondan farq qiladigan yorqin ranglarga bo‘yaladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling