1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 292.88 Kb.
bet64/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Ekish muddati va texnikasi. O’zbekistonda qulupnay bahorda, yozda va kuzda ekiladi. Kam qor yog’adigan va qor qoplami beqaror bo’lgan va kuzda tez sovuq tushadigan hududlarda (Qoraqalpog’iston, Xorazm) bahorda, kuz uzoq davom etadigan joylarda - yozda ko’chat eksa bo’ladi. Yozda ekilgan o’simliklar kuzgacha yaxshi rivojlanib, yer ustki qismi, ya’ni poyasi, barglari yaxshi rivojlanadi, gul kurtaklari hosil qilib, qishni normal o’tkazish va kelgusi yil hosil berishga tayyorlanadi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha qulupnayni iyul va avgust oylarida ekish maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqladi. Bundan kech ekilgan o’simlikning qishga chidamliligi kamayadi va kelgusi yil hosil kam bo’ladi. Biroq kuzda ekilgan ko’chatlar yaxshi tutib ketadi. Ekinning qishdan yaxshi chiqishi uchun yerni qishda chopiq qilish kerak, go’ng solib, usti poxol yoki qipiq bilan yopiladi. Erta bahorda ekilgan ko’chatlar shu yili hosil bermaydi, bu bilan yozda ekilganiga nisbatan ishlov qimmati oshadi. Keyingi yili esa hosil berishi jihatidan turli muddatlarda ekilganlar o’rtasidagi farq yo’qoladi.
Ekish muddati mevaning o’rtacha vazniga ta’sir ko’rsatadi. Iyulda ekilgan qulupnay mevasi kech kuzda yoki bahorda o’tqazilganiga nisbatan ancha yirik bo’ladi. Ko’chatning tutib ketishi ekish texnikasiga jiddiy rioya qilish, ko’chatning sifati, tuproqda nam va havoning yetarli bo’lishiga bog’liq.
Ko’chatlarni ekish joyigacha olib borishda ko’chat solingan yashik yoki savat ustiga namlangan chipta mato yopib qo’yish kerak. Bug’lanishni kamaytirish maqsadida ikki-uchta barg qoldirib ortiqchasini kesib tashlash, ekishga qulay bo’lishi uchun ildiz sistemasini 5-6 sm gacha qirqib qisqartirish mumkin. Plantasiya barpo qilishda turli muddatlarda yetilib, ildiz oladigan navlarni tanlagan ma’qul. Bu bilan rezavor meva hosili iste’mol qilish muddatini ancha uzaytirish mumkin bo’ladi.
Ertapishar navlar (Pamyat Shredera, O’zbekiston)da palakning paydo bo’lishi va tomir otishi o’rtagi va kechki navlar (Kulver, Muto)dagiga nisbatan 5-10 kun ertaroq boshlanadi. Shuning uchun ko’chat tayyorlashda mevasining yetilishi va hosilni yig’ib olish muddatlarini hisobga olish kerak.
Qulupnayni 5-7 sm chuqurcha qazib qo’lda ekiladi. Bunda ildizlarning buklanib va uchki kurtakni tuproq bilan ko’milib qolishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Mayda tuplar yayratib ekilganda ildizlar ochilib qoladi va o’simlik quriydi, chuqur qilib ko’milganda uchki kurtak tuproq ostida qolib ketadi va tez-tez sug’orish natijasida chiriydi. Qulupnayni to’g’ri o’tqazish uchun ildiz tizimining uzunligiga qarab chuqur kavlash, ko’chatni chuqurga tushirgach, ildiz bo’g’ziga qadar tuproqqa ko’mish kerak, so’ngra ko’chat o’zini yaxshi tutsin uchun atrofidagi tuproqni zichlab qo’yish lozim. Ildiz atrofida bo’shliq qoldirmaslik kerak, aks holda u so’lib, mog’or bosib, chirib ketadi. Namni yaxshi saqlash maqsadida yosh nihol atrofiga chirindi yoki quruq tuproq sepiladi.
O’zbekistonda qulupnay ekish yilning issiq davriga to’g’ri keladi, shuning uchun ekish oldidan olingan egatlar qondirib sug’oriladi. Ekib bo’lingach, havo haroratiga qarab ikki-uch kun davomida sug’orilib, tuproq namligi saqlanadi.
Oradan 8-10 kun o’tgach ekish natijasi aniq bo’ladi, tutmagan ayrim ko’chatlar xatosi to’ldiriladi. Yangi ko’chatlar ildiz atrofidagi nam tuprog’i bilan olib o’tqazilib, so’ng darhol sug’orilgani ma’qul. Navbatdagi sug’orishlar har 8-10 kunda o’tkaziladi, kuzga yaqin - havo soviy boshlagach, har 15-20 kunda bir marta suv berilsa, kifoya. Ko’chat o’tqazilib 20-30 kun o’tgach birinchi ishlov beriladi.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling