1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Sabzavot ekinlar urug’ining ko’rinishi


Download 292.88 Kb.
bet88/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Sabzavot ekinlar urug’ining ko’rinishi yassi (tomatdosh­lar va qovoqdoshlarda), yarim yumaloq (piyoz, sparjada), noto’g’ri shaklda (lav­lagida), sharsimon (no’xat, sabzavot makkajo’xori, bryu­kva, turpda), shar­simon - burchakli (ismaloq, rediska, sholg’om, go­roxda), yas­si-qavariq (sabzi, petrushka, seldereyda), yassi yapaloq (pasternak, shivitda), g’aramsimon (dukkaklar, loviya)da, uch qirrali (shovulda), uch qirrali qanotchalari bilan (rovochda), uch qirrali yassi (salatda) bo’ladi.
Sabzavot ekinlar urug’ining shakli uchburchak-buyraksimon (po­midorda), yumaloq-uchburchakli (qalampirda), yumaloq-buyraksimon chuqurchali (boyimjonda), yumaloq (goroxda), yumaloq-oval (petrushka, pasternak, shivit, karam, turp, sholg’om, rediskada), oval-yumaloq (loviya, qovoqda), oval-tuxumsimon (sabzi, seldereyda), uzunchoq-ellips (bod­ringda), yumaloq-ellips (tarvuzda), uchli-ellips (qovunda), cho’ziq (sa­latda), burchakli (piyoz, lavlagi, no’xat, shovul, rovoch, ismaloqda) bo’ladi.
Sabzavot ekinlar urug’ining yuzasi tukli yoki patli (pomidorda), uyachali (qalampir, boyimjon, karam, sholg’om, rediska, turpda), burish­gan (tarvuz, gorox, rovochda), bo­tiq (lav­lagi, piyoz, spar­jada), qirrali (salat, sabzi, petrushka, pasternak, shivit, sel­de­reyda), notekis (is­maloq, dukkaklarda), silliq (bod­ring, qovun, qovoq, tarvuz, dukkaklar, goroxda), sil­liq yaltiroq (shovulda) bo’ladi.
Sabzavot ekinlar urug’ining rangi kul rang (po­mi­dor, lavlagi, ismaloq, sabzi, petrushka, shivit, salatda), sarg’ish-qo’ng’ir (karam, turpda), jigar rang (salat, shovul, rovoch, pas­ternak, shivit, selde­rey, boyimjonda), tim qora (piyoz, spar­jada), oq (bodring, qovoq, qovunda), sarg’ish (qovunda), kul rang - sariq har xil jilvali, shunin­gdek, turli rangda: oq rangdan qora rangacha (tar­vuz, loviya, gorox, duk­kaklar)da bo’ladi.
Sabzavot ekinlarining urug’i alohida belgi va hosilali bo’ladi: qalampir, petrushka, tarvuz, qovun, qovoq urug’ida tum­shuqcha, boyimjon urug’ida buyraksimon chuqurcha, tarvuz, qovoq, qovun urug’ida hoshiya, sabzi urug’ida tikan, tarvuz urug’ida chi­ziqcha, loviya, dukkak­larda kertik, shivit, pasternak urug’ida uchma, rovoch urug’ida qanotcha, petrushka, selderey urug’ining uchi il­moqchali, pomidor urug’i tukli bo’ladi.
Sabzavot ekinlar urug’i hidiga ko’ra ham farq qiladi. Qalampir, shivit, petrushka, selderey va sabzi urug’i o’ziga xos hidiga ko’ra ajralib turadi.



1 http://www.virtualorchard.net/idfta/cft/2002/august/page67.pdf

2 Carroll L. Shry, Jr. and H. Edward Reiley. Introductory Horticulture. Eighth edition. USA, 2011. р 537.

3 Carroll L. Shry, Jr. and H. Edward Reiley. Introductory Horticulture. Eighth edition. USA, 2011. Р 539.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling