Sabzavot ekinlar urug’ining ko’rinishi yassi (tomatdoshlar va qovoqdoshlarda), yarim yumaloq (piyoz, sparjada), noto’g’ri shaklda (lavlagida), sharsimon (no’xat, sabzavot makkajo’xori, bryukva, turpda), sharsimon - burchakli (ismaloq, rediska, sholg’om, goroxda), yassi-qavariq (sabzi, petrushka, seldereyda), yassi yapaloq (pasternak, shivitda), g’aramsimon (dukkaklar, loviya)da, uch qirrali (shovulda), uch qirrali qanotchalari bilan (rovochda), uch qirrali yassi (salatda) bo’ladi.
Sabzavot ekinlar urug’ining shakli uchburchak-buyraksimon (pomidorda), yumaloq-uchburchakli (qalampirda), yumaloq-buyraksimon chuqurchali (boyimjonda), yumaloq (goroxda), yumaloq-oval (petrushka, pasternak, shivit, karam, turp, sholg’om, rediskada), oval-yumaloq (loviya, qovoqda), oval-tuxumsimon (sabzi, seldereyda), uzunchoq-ellips (bodringda), yumaloq-ellips (tarvuzda), uchli-ellips (qovunda), cho’ziq (salatda), burchakli (piyoz, lavlagi, no’xat, shovul, rovoch, ismaloqda) bo’ladi.
Sabzavot ekinlar urug’ining yuzasi tukli yoki patli (pomidorda), uyachali (qalampir, boyimjon, karam, sholg’om, rediska, turpda), burishgan (tarvuz, gorox, rovochda), botiq (lavlagi, piyoz, sparjada), qirrali (salat, sabzi, petrushka, pasternak, shivit, seldereyda), notekis (ismaloq, dukkaklarda), silliq (bodring, qovun, qovoq, tarvuz, dukkaklar, goroxda), silliq yaltiroq (shovulda) bo’ladi.
Sabzavot ekinlar urug’ining rangi kul rang (pomidor, lavlagi, ismaloq, sabzi, petrushka, shivit, salatda), sarg’ish-qo’ng’ir (karam, turpda), jigar rang (salat, shovul, rovoch, pasternak, shivit, selderey, boyimjonda), tim qora (piyoz, sparjada), oq (bodring, qovoq, qovunda), sarg’ish (qovunda), kul rang - sariq har xil jilvali, shuningdek, turli rangda: oq rangdan qora rangacha (tarvuz, loviya, gorox, dukkaklar)da bo’ladi.
Sabzavot ekinlarining urug’i alohida belgi va hosilali bo’ladi: qalampir, petrushka, tarvuz, qovun, qovoq urug’ida tumshuqcha, boyimjon urug’ida buyraksimon chuqurcha, tarvuz, qovoq, qovun urug’ida hoshiya, sabzi urug’ida tikan, tarvuz urug’ida chiziqcha, loviya, dukkaklarda kertik, shivit, pasternak urug’ida uchma, rovoch urug’ida qanotcha, petrushka, selderey urug’ining uchi ilmoqchali, pomidor urug’i tukli bo’ladi.
Sabzavot ekinlar urug’i hidiga ko’ra ham farq qiladi. Qalampir, shivit, petrushka, selderey va sabzi urug’i o’ziga xos hidiga ko’ra ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |