1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Maymunjon (yejevika) ning biologiyasi va


Download 292.88 Kb.
bet84/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Maymunjon (yejevika) ning biologiyasi va
yetishtirish texnologiyasi
Maymunjon (Yejevika) (Rubus L.) ra’nodoshlar (Rosaceae) oilasiga mansub yarim buta, uning 200-350 turi ma’lum, shundan 33 tasi MDH davlatlarida o’sadi. Maymunjon (R. idaeus L.,. 2n=28) – joylarda o’stiriluvchi tetraploid tur, uzun gullovchi novdalar tikanli to’pgullarga ega. Gullari poligam (ikki jinslilari bilan bir qatorda bir jinslilari ham uchraydi).
Maymunjonning asal mahsuldorligi 20-25 kg/ga. Maymunjon asosan uchki kurtagidan ko’paytiriladi (pulpalash). Gullash iyunda boshlanib, kuzgacha davom etadi.
Maymunjon yetishtirish texnologiyasi. Yaxshi tutishi va baquvvat bo’lib o’sishi uchun birinchi yili ekinlarga ko’ngildagidek parvarish kerak. Kuzda yoki bahorda nobud bo’lgan yoki nimjon ko’chatlar o’rniga mazkur navning sog’lom ko’chatlari o’tkaziladi.
Yoz davomida tuproqni yumshoq holda saqlanadi. Vegetasiya davri davomida, erta bahordan boshlab qator oralari 10-12 sm, qator ichida 4-5 sm chuqurlikda 5-7 marta tuproq yumshatiladi. Kuzda qator oralari bir belkurak bo’yi, qatordagi tuplar yoni esa 4-5 santimetr chuqurlikda ag’dariladi. Begona o’tlar paydo bo’lganda, chopiq takrorlanaveradi. Malina hosildorligini oshiradigan muhim agrotexnik tadbirlardan biri o’g’itlashdir. Ma’lumki, malina har yili juda ko’p miqdorda bachki ildizlar hosil qiladi, ular tuproqdan ko’pgina oziq moddalarni o’zlashtiradi. Shu boisdan yaxshi hosil olish uchun har yili mineral o’g’itlar solish kerak (1 m2 yerga 50-60 g superfosfat, 10 g kaliy tuzi, 15-20 g ammoniy selitrasi). Organik o’g’itlarni (har m2 ga 6-8 kg) tuproqning hosildorligiga qarab har yili yoki yil oralatib solinadi. Go’ng, superfosfat va kaliyli o’g’itlar kuzda yer ag’darilayotgan paytda, azotli o’g’itlar bahorda yer chopilayotganda solinadi. Malinani vegetasiya davrida har bir kvadrat metr yerga 10-12 litr hisobida 12-15 martagacha sug’oriladi. Dastlab g’uncha tugayotganda, ikkinchi marta gullash oldidan, uchinchi marta meva tugish oldidan, to’rtinchidan sakkizinchigacha meva berayotganda, to’qqizinchidan o’n beshinchigacha hosili yig’ib olingandan so’ng sug’oriladi. O’simlikni chidamli qilish uchun sug’orishni sentyabrgacha to’xtatiladi.
Butash. Maymunjon yiliga ikki marta butaladi. Hosili terib olingandan so’ng meva tukkan barcha ikki yillik shoxchalari qirqib tashlanadi. Ularni poyasini qoldirmasdan tuproq sathigacha kesib tashlash kerak, chunki ular bir tomondan, o’simlikni parvarish qilishga xalaqit bersa, ikkinchi tomondan, yosh novdalarni hamda butun tupni ikki yillik novdalarda qishlaydigan hasharotlar va kasalliklar yuqtirish manbai bo’lishi mumkin. Ayni paytda, maymunjonning singan hamda zaif ildiz bachkilari olib tashlanadi, bir-biridan 10-15 sm uzoqlikda joylashgan baquvvatlari butaladi, so’ngra novdalarning 150-100 sm balandlikda yaxshi taraqqiy topgan kurtakkacha chilpib tashlanadi. Bir yilda ikki marta hosil beruvchi (remontant) navlarining hosil bergan barcha novdalarining yuqori qismi kesib tashlanadi.
Maymunjon parvarishini osonlashtirish, tuplarga yorug’lik yaxshi tushishi, novdalarni sinib qolishdan asrash uchun maydonlarga simbag’az o’rnatiladi. Egat bo’ylab har 8-10 m da uzunligi 2-2,5 m uzunlikdagi yog’och yoki temir qoziqlar koqiladi. Ularning balandligi yerdan 1,5-2 m dan kam bo’lmasligi kerak. Qoziqlar orasiga 50-60 va 100-120 sm balandlikda ikki kator qilib sim tortiladi. Simga meva beruvchi shoxchalar bog’lanadi. Simbag’azning boshqa ko’rinishlari ham qo’llaniladi 100-120 sm uzunlikdagi qoziqlarga ko’ndalang qilib uzunligi 70-80 sm bo’lgan taxtachalar qoqiladi. Ularning uchlariga o’zaro parallel bo’lgan simlar mustahkamlanib, oralig’iga maymunjon novdalari joylashtiriladi. Qorsiz qish sovug’ida shoxchalar muzlab qoladi. Shu boisdan ochiq yerlardagi maymunjon qish oldidan ko’miladi, usti poxol, palaklar, qamish yoki tuproq bilan bekitiladi.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling