1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 292.88 Kb.
bet81/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Ekinni parvarishlash. Butalarni kesish va muayyan shakl berishda qizil, qora hamda oltinsimon smorodina novdalarining hosil berishi va biologik ahamiyatini hisobga olish zarur.
Ko’chatlarga ularni o’tkazish paytida shakl beriladi: novdalarda uch-to’rttadan kurtak qoldirib kesiladi, nimjon shoxlar esa tuproq yuzasi bilan teng qilib kesib tashlanadi. Xuddi shunday qilinganda pastki kurtaklardan kuchli novdalar o’sib chiqadi. Chuqur kovlanib va qiya qilib o’tqazilgan ko’chat keng quloch yozib o’sadi. Ikkinchi yili 5-10 ta yaigi novda paydo bo’ladi, nimjonlari kesib tashlanadi. Uchinchi yili tupda 5-10 ta ikki yoshli va 8-10 ta bir yoshli kuchli novdalar qoldiriladi. Ikki yoshli novdalar hosil beradi, to’rtinchi yilga kelib tupda 16-24 ta meva qiladigan ikki-uch yoshli, 5-10 ta bir yoshli novdalar hosil bo’ladi. Bu paytga kelib tup to’liq hosilga kirgan bo’ladi.
To’plangan ma’lumotlarga qaraganda, qora va qizil smorodinaning asosiy novdalari 5-10 yilgacha, oltinsimon smorodinaniki esa 12-18 yilgacha yashay olarkan. O’zbekiston sharoitida yetishtirilgan smorodina harorat va parvarishga qarab 8-10 yilgacha hosil beradi.
Butalarga shakl berishda hosil berib bo’lgan eski novdalar o’rnini bosishi uchun har yili to’rt-beshtadan ildiz oldi novdalari qoldiriladi.
Kesishga kirishishdan avval, kesiladigan novdalarining yangisi bilan almashtirish imkoniyati bor-yo’qligi, mavjud novdalarning hosil beradiganlari aniqlanadi. Juda qalinlashib ketgan novdalarni siyraklashtirish qolganlarining hosildorligini oshirish omilidir. Asos (skelet) novdalar buta atrofida to’g’ri va erkin joylashtiriladi. Har yili shakl berishdan tashqari, xo’jalik yoki sanitariya jihatidan kesish o’tkaziladi, bunda singan, sovuq urgan, yerga yotib qolgan, qalinlashib ketgan va kasallangan novdalar kesib tashlanadi. Shuningdek, ortiqcha, nimjon butalarni ham qirqib, shakl berishga yaroqli va baquvvat novdalar qoldiriladi. Qirqilgan novdalar kasallik va hasharotlarni tarqatmasligi uchun darhol plantasiyadan olib chiqiladi hamda yoqib yuboriladi. Bu ishlar kuzda barglar tusha boshlaganda, bahorda esa kurtak yozmasdan avval o’tkaziladi. Bahorda sovuq urgan shoxlar kesib tashlanadi.
Shunday kilib, xo’jalik jihatidan qyesishning asosiy vazifasi- serhosil shoxlarga xalaqit beruvchi novdalarni siyraklashtirish va mavjud butalar uchun yetarlicha yorug’lik hamda havo tegishini ta’minlashdan iborat. Shuningdek, bir yillik shoxlarning uchki qismi qisqartiriladi. Bu tadbir tufayli navbatdagi hamda yuqorida joylashadigan Shoxlarning o’sib, rivojlanishi uchun sharoit tug’iladi.
Kurtaklarning yashovchanligi ko’pgina sabablarga, ya’ni navga, oziqlanishga, butalarni kesishga hamda parvarishlash tadbirlariga bog’liqdir. Qoidaga ko’ra, butadagi yosh novdalar qari shoxlarga nisbatan ancha yirik meva beradi.
Qora smorodinaning hosili asosan birinchi, ikkinchi, uchinchi tartibdagi bir yillik novdalarda shakllanadi, yaxshi shox otadigan novdalarning hosili mo’l bo’ladi. Biroq asosiy novdalardan chiqqan bir yillik o’simtalar soni yoshi kattalashgan sari kamayib boradi. Ko’pgina navlarning novdalarida to’rt yildan so’ng nimjon o’simta chiqaradi, ular mayda va sifatsiz meva tugadi. Vaqtni o’tkazmay bunday shoxlarni kesib tashlash zarur.
Butalarning mutazam hosildorligini ta’minlash uchun ularni yaxshi o’simta hosil qilishiga imkon beradigan shaklda o’stirish kerak.
Qizil smorodina butoqlariga ham xuddi qora smorodinadagi kabi shakl beriladi. Qizil smorodinaning yosh, almashtiriladigan butoqlari kam bo’ladi, yon tomondan chiqqan birinchi, ikkinchi, uchinchi tartibli o’simtalardagi baquvvat novdalari yetti-sakkiz yil davomida hosil beradi. Hosil asosan bir, ikki va uch yillik yog’ochlangan novdalardan olinadi, shuningdek, butaning o’rta qismida yoki yerga yaqin soyada turgan novdalarda ham g’uj-g’uj meva qilishi mumkin.
Oltinsimon smorodina shoxlaridagi kurtaklar bir xil emas, ularni yoshiga qarab: tinimdagi, o’sadigan va gullayotgan kurtaklarga ajratish mumkin. Tinimdagi kurtaklar asosiy poyada joylashgan, o’sayotgan kurtaklar shoxning yuqori qismida uchraydi. Ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi yili bir yillik shoxlarning barg qo’ltig’ida yuqori tartibdagi gulkurtaklar paydo bo’ladi. Har bir gulkurtakda uchtadan o’sish nuqtasi bo’ladi. O’rtadagisida gulband, ikki yonida esa o’suvchi (almashuvchi) shoxlar paydo bo’ladi.
Gulkurtaklar bir yoshli yog’ochlangan shoxlarda yoki yangi chiqqan (shu yilgi) o’simtalarda shakllanadi. Almashadigan shoxlarda ko’p yillik meva beradigan o’simtalar-meza xaltalari paydo bo’ladi. Oltinsimon smorodina hosildorligi ham qora smorodinaniki kabi bir yillik o’simtalarning paydo bo’lishiga bog’liq. Bir yillik o’simtalar qanchalik uzun bo’lsa, unda shuncha ko’p meva shakllanadi.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling