1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 292.88 Kb.
bet77/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Tuproqni ekishga tayyorlash. Smorodina ekish uchun joy tanlashda avvalo yerlarning suv o’tkazuvchanligiga alohida ahamiyat berib, ildiz sistemasiga mos keluvchi sizot suvlarining sathi 1,5 metrdan oshmasligi kerak. Agarda sizot suvlari sathining bundan ko’tarilib ketishi, smorodina ekiniga o’sishiga salbiy ta’sir etib, kam hosil beradi. Buni sug’orish ishlarida ham hisobga olish zarur.
Kuchli sho’rlangan, botqoqlangan, shuningdek ildizpoyali o’simliklar, begona o’tlar ko’p bo’lgan yerlar smorodina uchun yaroqsiz hisoblanadi. Smorodina plantasiyalari barpo qilishdan oldin yerlar xaskash bilan hamda qo’lda ildiz, begona o’tlardan tozalanadi va uchastkadan tashqariga olib chiqib ketiladi.
Sho’rlangan yerlarning tuzini yuvish uchun yaxob suvi beriladi, botqoqli joylarda esa drenaj tarmoqlari quriladi. smorodina ekish uchun suv bilan yaxshi ta’minlangan joylar tanlab olinadi.
Smorodinani o’tqazishdan avval tuproqni ekishga tayyorlash lozim. Chunki uning rivojlanishi va hosil berishi xuddi shu tadbirlarni omilkorlik bilan o’tkazishga bog’liq. Ko’p yillik, bir yillik dukkakli va chopiq qilinadigan ekinlar tuproq tarkibini yaxshilaydi. Tuproq unumdorligini oshirish uchun ekishdan oldin yerlarga mahalliy o’g’itlar bilan birga superfosfat va kaliy tuzi solish lozim.
Yerlarga tez-tez mahalliy va mineral o’g’itlarni yuqori me’yorlarda solish imkoniyati hamma xo’jaliklarda ham mavjud bo’lmaydi. Bunday sharoitda tadbirkorlik bilan ish yuritish kerak bo’ladi. Masalan, ekish vaqtida transheya usulida har bir chuqurning tagiga 300-500 gramm mahalliy o’g’it va superfosfat, 50-100 gramm kaliyli tuz yoki 200-300 gramm superfosfat bilan 5-10 kg chirindi aralashmasi solinadi. Ekishdan oldin yerlar chopiladi yoki 50-60 santimetr chuqurlikda plug bilan haydaladi, shag’alli joylar 25-30 sm chuqurlikda haydalib, ishlov beriladi.
Ekish tartibi va muddati. Respublikamiz sharoitida smorodinani kuzda va bahorda hamda qishning iliq kunlarida ham ekish mumkin. Bahorda ekish uchun tuproq kuzda tayyorlab qo’yiladi. Bahorda o’tqaziladigan ko’chat kurtak yozmasdan oldin ekilishi kerak.
Kuz- ekish uchun eng qulay muddatdir. Kuzda iliq kunlarning cho’zilishi va tez-tez yomg’ir yog’ib turishi smorodinada yangi ildizlar o’sib chiqishi uchun yaxshi sharoit yaratadi.
Smorodinani ekishdan yoki o’tqazishdan avval ildiz sistemasi yaxshilab tekshiriladi, singan novdalari bo’lsa, kesib tashlanadi.
Ma’lumki, smorodina ilk bahorda bo’y ko’rsatadi, ammo hali muzi erimagan va qurimagan tuproq dala ishlarini ko’ngildagidek ishlashga xalaqit beradi. Uyg’ongan kurtaklari bilan o’tqazilgan smorodina kuchsiz rivojlanadi. Bahorda o’tqazilgan ko’chatlar ko’pincha issiq kunlarda yomg’irning yoki sug’orish uchun suvning bo’lmay qolishi tufayli o’sishdan qoladi, ba’zan nobud bo’ladi. Buning oldini olish uchun darhol sug’orish, har bir tupning tagiga 5-10 kilogramm hisobida go’ng tashlash zarur. Bu tadbir o’tkazilganda yosh ildizchalar qishda sovuqdan, bahorda- yer qurishi va yorilishidan nobud bo’lmay saqlanib qoladi.
Ekilgandan so’ng dastlabki ikkinchi, uchinchi yili- smorodina hosilga kirish davrigacha-qator oralariga sabzavot ekinlari va bir yillik o’tlar ekish mumkin. O’rib olingan o’tlar ko’chatlarning tagiga solinganda yoki to’planganda tuproq qizib ketmaydi, ildizlar uchun esa namlikni saqlaydi, ya’ni o’tlar mulcha vazifasini o’taydi, bu esa smorodinaning umumiy holatini yaxshilaydi: bo’yi yaxshi o’sadi, sug’orish soni kamayadi.
Oltinsimon smorodina o’zining ildiz sistemasi bilan qora smorodinadan shunisi bilan farq qiladiki, u ko’chat qilinganda birinchi yili qalamchaning pastki qismidan rivojlanadi, keyin esa gorizontal holda tuproq chuqurligiga qarab ildiz otadi, kuzga kelib Qalamchaning yonlaridan ildiz chiqaradi. Shuning uchun oltinsimon smorodina uchun qora va qizil smorodinaga qaraganda keng va chuqurroq joy olinadi. Ko’chatxonada o’stirilayotgan qizil va qora smorodina qalamchalarida har tomonidan ko’p ildizlar paydo bo’ladi.
Sug’oriladigan sharoitda oltinsimon smorodina, qizil va qorasi nisbatan kuchli o’sadi va qalinlashib ketadi. Ishlov berishni osonlashtirish maqsadida bu nav smorodinaning qatori oraligi 2-2,5 metr, nihollar orasi 1-1,5 metr qoldiriladi.
Farg’ona vodiysining shag’alli yerlarida va shartli sug’oriladigan yarim lalmikor tog’ uchastkalarida ko’chat qilingan qora smorodina birmuncha yaqin o’sadi. 100 m2 yerga o’rtacha 20-50 dona nihol o’tqaziladi.
Tuproq yuzasi tekislanganidan so’ng, qator hamda qatordagi ekish joyi aniqlanib, uchastkalar rejalashtiriladi, keyin qo’lda yoki KPYa-100 chuqur kovlagich yordamida ko’chatlarga chuqurlar qaziladi.
Qora smorodina ko’chatini ekish uchun kengligi 30 chuqurligi 50 sm li chuqurcha kavlash kerak. Oltinsimon smorodinaning ildiz sistemasi ancha o’siq bo’lganligi uchun kengligi 40, chuqurligi 60 m gacha kavlanadi. Har bir chuqurchaga (ko’chat o’tqaziladigan uyachaga) dastlabki ikkinchi-uchinchi yili o’simlikning rivojlanishi, hosilga kirishini tezlatish uchun tuproq bilan go’ng-mineral aralashmali o’g’it solinadi. O’g’itlanmagan butalar sekin o’sadi va tezda qarib qoladi, O’tqazilgan ko’chatning ildizi so’lib qolmasligi uchun darhol suv qo’yiladi va ko’miladi. Ekish uchun faqat yaxshi rivojlangan, sog’lom ko’chat tanlanadi. O’tqazish qulay bo’lishi va qishda yaxshi saqlanishi uchun ko’chat novdalari kesilmaydi. Ildizlari asta tekislanib, yaxshi tutib ketishi uchun go’ng, tuproq, suv aralashmasiga botirib olinadi va so’ngra chuqurchaga ekiladi. Ekishni ikki kishi bajaradi: biri butani ko’chatxonada ekilganiga nisbatan chuqurroq, qatorlar bo’yicha 45° qiya ushlab turadi. Ikkinchi kishi ildizni tuproq bilan ko’madi va ustini oyoqda zichlab shibbalab qo’yadi. Qiyalab, ekilgan novda yaxshi o’sib, kuchli buta yaratish uchun asos bo’ladi. Ko’chat o’tqazilgandanso’ng qo’lda sug’orish uchun ariqchalar olinadi va uchastka sug’oriladi. Agarda sug’orish sistemasida suv bo’lmagan taqdirda har bir ko’chat tagiga chuqurcha o’yiladi va bir-ikki tupga bir chelak miqdorda suv quyiladi. Buning uchun ildiz orasidagi barcha bo’shliqlar yaxshilab tuproq bilan to’ldirilgan bo’lishi kerak. Bu ildizlarning yaxshi tutib ketishi uchun imkon yaratadi. Shundan so’ng ko’chat tagiga go’ng yoki mineral o’g’itlar solinadi.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling