2 – Laboratoriya ishi Egatlab va bostirib sug’orishda struktura elementlarining chidamligiga tuproq havosining ta`sirchanligini aniqlash
Download 42.02 Kb.
|
2-laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- İshni bajarish tartibi
- Tajriba uchun kerakli uskunalar
2 – Laboratoriya ishi Egatlab va bostirib sug’orishda struktura elementlarining chidamligiga tuproq havosining ta`sirchanligini aniqlash Ekish maydonlarini egatlab (infiltratsiya) sug’organda egatlarga kichik oqim bilan oqizilgan suv tuproq zarrachalarini asta sekinlik bilan yuqoridan pastka qaray namlab boradi va namlangan tuproq zarrachalari orasidagi havoni chiqara boshlaydi. Bunday hollarda yaxshi strukturali tuproq zarrachalari erib ketmaydi. Egatlab sug’orish usuli g’o’za, juxori, poliz va boshqa qator orasi ishlanadigan ekinlarda olib boriladi. Bostirib sug’orilganda tuproq zarrachalari ichidagi havo suv bosimi ta`sirida suvning betida ko’pikchalar turida ajralib chiqa boshlaydi. Bostirib sug’oriladigan madaniy ekinlarga, qator orasi ishlanmaydigan ekinlar (sholi, tori, beda, bug’doy) shular hisoblanadi. Quruq va kapilyar namlangan tuproq zarrachalarining buzilish darajasini quyidagi tajribalardan ko’rish mumkin. Suvi bor ikki tsilindr olib biriga quruq tuproq, ikkinchisiga kapilyar namlangan tuproq solamiz. Quruq tuproqni suvga solganda havo ajralib dastlabki shaklini yo’qotadi, namlangan tuproqdan havo kam ajraladi. Yuqorida ta`kidlab o’tilganidan boshqa laboratoriya sharoitida kapillyar namlanmagan va kapilyar namlangan tuproqlarni alohida shisha trubkalarga solib, keyin ular orqali suv o’tkazib, so’ng tuproq zarrachalarining hajmining o’zgarishini aniqlaymiz. İshni bajarish tartibi - balandligi 20 sm, diametri 2,5-3 sm bo’lgan birdek ikki shisha trubka olinadi (bir trubka quruq tuproq uchun, ikkinchi trubka nam tuproq uchun). Trubkalar millimetrovkali qog’oz bilan yopishtirilib, pastki tarafiga filtr qog’oz qo’yilib doka bilan uralib bog’lanadi; - trubkalarga birdek tuproq solinadi (trubkadagi tuproqning biri tajriba boshlanmasdan oldin kapillyar namlanadi). So’ng asta sekinlik bilan zichlanadi (odatda trubkalardagi tuproq balandliklari bir xil bulishi kerak); - tajriba boshlanmasdan oldin trubkadagi tuproq balandligi (h) va trubkaning ichki diametri o’lchanib radiusi (d) aniqlanadi; - shisha (bittasi quruq, ikkinchisi namlangan) naylar shtativka mahkamlanadi va pastka voronka urnatiladi; - quyidagi formula bilan trubkalarning tajriba boshlanmasdan oldingi hajmi hisoblanadi. S = Bunda S – nayning yuza maydoni, sm2; - aylananing diamterga nisbati 3.14 ga teng; d – nayning ichki diametri, sm. Naydagi tuproqning tajribagacha bo’lgan hajmi: V = S . h Bunda V – naydagi tuproq hajmi, sm3; S – nayning yuza maydoni, sm2; h – naydagi tuproqning tajribagacha balandligi, sm; - kolbaga suv quyib, usti qog’oz bilan yopiladi va u tuproqli nay ustiga teskari qo’yiladi. Kolba bilan naydagi tuproq gacha oraliq 2-3 sm bo’lishi kerak, tajriba boshlangan vaqt belgilab qo’yiladi; - nayning pastki qismida birinchi tomchi paydo bo’lgan vaqt belgilab qo’yiladi; - birinchi tomchi o’tkanidan so’ng 15 minut davomida tuproq orqali filьtrlangan suv miqdori o’lchanadi (Q); - filьtratsiya tezligi hisoblanadi: W = - naydagi tuproqning tajribadan keyingi balandligi (hı) o’lchanadi, sm; - tuproqning tajribadan keyingi hajmi (Vı) hisoblab chiqiladi: Vı = S . hı - quyidagi proportsiya yordamida tuproqlarning zichlanganlik darajasi foizlarda aniqlanadi.
- olingan ma`lumotlar 2 jadvalga yoziladi va xulosa chiqariladi. 2. Har xil sug’orish usullarining tuproqning suv va fizik xususiyatlariga ta`siri
Tajriba uchun kerakli uskunalar 1. Tuproq namunalari (turli fraktsiyalar). 2. Elaklar. 3. Shisha naylar. 4. Millimetrovka qog’oz. 5. Filtr qog’oz. 6. Doka. 7. O’lchovchi kolba yoki tsilindr. 8. Shtativlar 9. Soat. Savollar. 1. Egat olib sug’orish nima? 2. Bostirib sug’orish nima? 3. Tuproq namunalarin olish? 4. Tuproq havosi nima? 5. Aniqlash uchun nimalar kerak? 6. Qanday ekinlar egat olib sug’oriladi? 7. Qanday ekinlar bostirib sug’oriladi? 8. Suvga chidamlilikning ahamiyati nimada? Download 42.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling