1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 292.88 Kb.
bet79/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Butalarni parvarishlash. Ko’chatlar ekilgach darhol tuproq bilan barobar qilib yoki yerdan uch-to’rt kurtak balandligida kesiladi.
Smorodina plantasiyalarida yerlarni yumshoq hamda nam holda saqlash maqsadida qator oralariga o’suv davrida to’rt-olti marta ishlov beriladi. Yerning qurib, qotib va begona o’t bosib ketishiga yo’l qo’yilmaydi.
Ishlov berishning kechikishi, yerlarni begona o’t bosishi smorodina hosildorligini kamaytirib yuboradi. Begona o’tlar paydo bo’lishi bilan (ikki-uch marta) yulib tashlanadi.
Bahorda hamda kuzda mevasi terib olingach, qator oralari 12-15 sm chuqurlikda yumshatiladi, 15-18 sm chuqurlikda o’g’it solinib, butalar atrofiga tuproq tortiladi.
Dastlabki ikki yilda qator oralarida begona o’t bostirmasdan sabzavot ekinlari yetishtirilsa, iqtisodiy jihatdan ham foydali bo’ladi. Ekinlarni muntazam sug’orish, o’g’itlash va qator oralariga sifatli ishlov berish tuproqning fizikaviy xususiyatini yaxshilaydi hamda sabzavot ekinlaridan qo’shimcha mahsulot olish imkonini beradi. Smorodina uchinchi yilga kelib baquvvatlashadi va yaxshi hosil beradi. Shuning uchun qator orasiga hyech narsa ekilmaydi. Tomorqa xo’jaliklarida smorodinani simbag’azlarda (ikki qatorda) yetishtirish tavsiya qilinadi, qator oralarida esa qulupnay yoki sabzavot ekinlari o’stirish mumkin.
O’g’itlash. Sug’oriladigan yerlarda agrotexnika tadbirlari kompleksiga va mineral hamda organik o’g’itlar berish qoidasiga qat’iy rioya qilinganda smorodinadan yuqori hosil olish mumkin.
Smorodina tupining tagiga 3-4 kilogramm go’ngga 10-20 gramm kaliyli o’g’it va 60-100 gramm superfosfat aralashtirib solinadi. Azot va fosfor o’g’itining yillik dozasi har m2 yerga 6-12 grammni tashkil etadi yoki yerning unumdorligi va butasining yoshidan qat’i nazar gektariga 60-120 kilogrammdan o’g’it solinadi. Yoki bir gektar yerga 200-400 kilogramm ammoniy selitrasi, 400-800 kilogramm superfosfat beriladi.
O’simliklar uch yoshga yetguncha har yili azotli oziqni talab qiladi. Erta bahorda o’simliklarga yillik me’yorning yarmi solinadi. Qolgan yarmi gullashdan keyin va yozda beriladi. Fosforli o’g’itlar bahorda va kuzda kaliyli o’g’itlar esa faqat kuzda haydash oldidan solinadi.
Xo’jaliklarda mahalliy o’g’itlar ko’p bo’lganda dastlabki ikki yili ular mulcha sifatida qo’llanib, buta atrofidagi yer ustki qismiga 8-10 kg o’g’itni 50-100 santimetr kenglikda solinadi, uchinchi yildan qatorlar orasiga har m2 ga 2-3 kilogramm hisobidan beriladi. Shag’alli yerlarga tez-tez sug’orish ta’sirida yuvilib ketishning oldini olish maqsadida azotli o’g’itlar uch-to’rt marta bo’lib-bo’lib solinadi.
Tuproqdagi fosfor, kaliy va nitratlar miqdorini aniqlagan holda o’g’itlar normasini belgilash maqsadga muvofiq bo’ladi.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling