1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


-jadval Bog’larni turli usullarda sug’orishning samaradorligi


Download 292.88 Kb.
bet2/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

1-jadval
Bog’larni turli usullarda sug’orishning samaradorligi
(Lyangi ma’lumotlari bo’yicha)

Sug’orish
Usuli

Sug’orish
soni

Sug’orish
me’yori, ga/m3

Mavsumiy sug’orish
me’yori, ga/m3

Hosildorlik, ga/t

Samaradorlik koeffisiyenti, t/m3

Nazorat (sug’orilmagan)

-

-

-

5,22

-

Jo’yaklab

3

700

2100

9,13

5,38

Yomg’irlatib

3

500

1500

9,59

3,43

Tuproq ostidan

3

300

900

10,71

1,66

Tomchilatib

19

34

646

11,52

1,02


Bog’ barpo qilingan birinchi yili ko’chatlar 8-13 marta (ko’chat o’tqazilgandan keyin bir marta, may va iyunda ikki martadan, iyulda - uch marta, avgustda - ikki marta va sentyabrda - bir marta) sug’oriladi. Shag’al toshli tuproq qatlami yuza (30-60 sm) joylashgan yerlarda sug’orish 16 martagacha o’tkaziladi. Sizot suvlari yaqin joylashgan o’tloq tuproqli yerlarda bog’lar 6-8 marta sug’oriladi. Bog’dagi daraxtlar ulg’ayib, ildiz tizimi baquvvat bo’lib o’sgan sari sug’orish soni kamaytirilib boriladi. Lekin, shag’al toshli, qumoq tuproqlarda sug’orish soni 12 martagacha va ziyod, o’tloq tuproqli yerlarda sizot suvlari sathiga qarab 4-6 martagacha sug’oriladi.
O’zbekistonda bog’larni sug’orishning yangi usullari o’rganilib, masalan, tuproq ostidan va tomchilatib sug’orish, ishlab chiqarishga joriy qilinmoqda.
Ildiz tizimi - daraxtning yer ustki qismlarini mahkam tutib turadi.
U daraxtning barqarorligini ta’minlaydi. Tuproq bilan o’zaro murakkab aloqada bo’lib, tuproqdagi suvni unda erigan mineral moddalar va karbonat angidrid bilan birgalikda so’rib o’simlikka o’tkazadi hamda xlorofillning hosil bo’lishida qatnashadi.
O’simlik ildizlari asosiy bosh va yon ildizlardan, qo’shimcha ildizlardan, popuk ildiz va tukchalardan iborat bo’ladi.
Bosh yoki birinchi tartib ildiz murtak ildizchasidan o’sib chiqadi. Bu ildiz faqat urug’ ko’chatlaridan bo’ladi. Vegetativ usulida ko’paytiriladigan qo’shimcha ildiz chiqaradi. Bu ildiz o’simlikning poya qismidagi qo’shimcha kurtakdan o’sib chiqadi. Bosh ildizdagi birinchi tartib yoki yon ildizlar, ularda ikkinchi tartib yon ildizlar o’sib chiqadi va hokazo. O’simliklik ildizlari asosiy o’rtacha va o’suvchi ildizlarga bo’linadi. Asosiy va o’rtacha ildizlar qatoriga asosiy hamda uchinchi va to’rtinchi tartibda bo’lgan hamma yon ildizlar kiradi. Ular tevarak atrofga taralib hamda yerga chuqur kiradi va hammasi birgalikda o’simlik ildizlarining asosini tashkil etadi.
O’suv ildizlari o’zining tuzilishi va bajaradigan vazifasi jihatidan; a) so’ruvchi yoki faol ildizga; b) o’suv yoki o’q ildizga; v) oraliq ildizga hamda o’tkazuvchi ildizchaga bo’linadi.
Asosiy ildizlarning bir qismi tuproqqa har qil qiyalikda kirib, boshqalari ildiz bo’g’zidan yon tomoniga to’g’ri burchak hosil qilib gorizontal o’sadi. Shuning uchun ildizlar o’zining tuproqda joylashish xarakteriga qarab gorizontal va vertikal qismlarga bo’linadi. Gorizontal ildizlar azot va mineral moddalarni o’zlashtiradi, vertikal ildizlar esa o’simlikni tuproqqa baquvvat joylanishini ta’minlaydi.
O’simlik ildizlari yer ustki qismiga qaraganda ko’proq shoxlash xususiyatiga ega. Masalan, olma va nok daraxtlarini shox-shabbalari va o’z umrida sakkiz-to’qqiz tartib shox chiqarsa, ularning ildizlari esa bir mavsumda 6-8 tartib shox chiqaradi.
Ildizlarning morfologiyasi va tuproqqa joylashish tartibi daraxtning turigagina emas, balki naviga, payvandtagning tabiatiga, tuproq sharoitiga yer osti suvlarining sathiga va qo’llaniladigan tadbirlarga ham bog’liqdir.
Tabiiy sharoit va qo’llaniladigan agrotexnika bir xil bo’lishidan qat’iy nazar, olma, nok, olcha ildizlari, shaftoli, behi va boshqa daraxtlarning ildizlariga qaraganda chuqur kiradi va keng tarqaladi.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling