Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- HOZIRGI OʻZBEK TILI
- Pardayev A.B., Qurbonov S.A. Hozirgi oʻzbek tili. Oʻquv qoʻllanma.
- Mas‟ul muharrir: filologiya fanlari doktori, professor S.A. Karimov Taqrizchilar
- SOʻZBOSHI
1 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI A.B. PARDAYEV, S.A. QURBONOV HOZIRGI OʻZBEK TILI Oliy oʻquv yurtlarining sirtqi ta‘lim talabalari uchun Samarqand – 2021 2 UDK 494.3 BBK 81.2.Uz Pardayev A.B., Qurbonov S.A. Hozirgi oʻzbek tili. Oʻquv qoʻllanma. - Samarqand: SamDU nashriyoti, 2021. – 304 b. Ushbu qoʻllanma oliy oʻquv yurtlarining filologiya yoʻnalishi sirtqi ta‘lim talabalari, oʻqituvchilar va soha bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun moʻljallangan boʻlib, mavzular izchil tarzda sodda uslubda bayon qilingan va til haqidagi amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga asosiy e‘tibor qaratilgan. Mas‟ul muharrir: filologiya fanlari doktori, professor S.A. Karimov Taqrizchilar: filologiya fanlari doktori X.Z. Xayrullayev filologiya fanlari doktori D.B. Oʻrinboyeva Ushbu o‘quv qo‘llanma Samarqand davlat universiteti Kengashining 2021- yil 30 noyabrdagi 5-bayonnoma qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. ISBN 978-9943-6672-6-6 © A.B.Pardayev, S.A.Qurbonov, 2021 © Samarqand davlat universiteti, 2021 3 SOʻZBOSHI Soʻnggi yillarda mamlakatimiz ta‘lim tizimida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, til ta‘limida ham oʻzgarishlar, yangilanishlar jarayoni kechyapti, dunyoning ilgʻor ta‘lim usullari asosidagi milliy til ta‘limini ishlab chiqishga harakatlar davom etmoqda va bu borada bir qator muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Talabalarga va, umuman, oʻrganuvchilarga til bilimlarini sodda va tushunarli tarzda bayon qilish; ularda tildan toʻgʻri, oʻrinli foydalanish, fikrni aniq ifodalash koʻnikmalarini, nutq madaniyatini shakllantirish bugungi til ta‘limi oldida turgan asosiy maqsad va vazifalar boʻlmogʻi lozim. Bu borada keyingi yillarda samarali ishlar qilinayotganligini, til oʻqitish metodlari oʻzgarayotganligini amalda koʻrmoqdamiz. E‘tiboringizga taqdim etilayotgan ushbu qoʻllanma ham ana shunday ishlarning uzviy davomi oʻlaroq maydonga keldi. Mazkur toʻplam, avvalo, oliy oʻquv yurtlarining filologiya yoʻnalishi sirtqi ta‘lim talabalari, oʻqituvchilar va, umuman, sohaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan. Qoʻllanmada Hozirgi oʻzbek tiliga oid nazariy ma‘lumotlar umumlashtirilgan va mualliflar tomonidan barcha mavzular sodda tilda tushuntirilib, keng va batafsil bayon qilingan. Mazkur qoʻllanmaning eng muhim jihatlaridan biri asosiy e‘tibor talabada fanga oid nazariy ma‘lumotlarni shakllantirib, uni amaliyotda qoʻllash koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilganidir. Bu esa til bilimlaridan amalda foydalanish malakasini shakllantirish va mustahkamlashda muhim amaliy ahamiyatga ega. Qoʻllanmada nazariy ma‘lumotlarni sodda tarzda bayon qilish, oʻz navbatida talabalarning oson tushunishi va xotirasida mustahkam saqlab qolishi uchun turli xil jadvallardan keng foydalanilgan. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling