Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6. Hozirgi zamon o‗zbek tili. F.Kamol tahriri ostida. – Toshkent: O‗zFA nashriyoti, 1957. 7. Mengliyev B., Xoliyorov O‗. O‗zbek tilidan universal qo‗llanma. – Toshkent: Akademnasr, 20151. 8. Raximov S., B.Umirqulov. Hozirgi o‗zbek tili. – Toshkent: O‗qituvchi, 2003. 9. Jamolxonov H. Hozirgi o‗zbek adabiy tili I-II qism. Toshkent, 2004. 10. Qilichev E. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. –Buxoro, 1999. Mirtojiyev M. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. – Toshkent, 2004. 10 I FASL. FONETIKA 2-mavzu: FONETIKA-FONOLOGIYA, UNING OʻRGANISH MANBAYI VA PREDMETI. Reja: 1. Fonetika haqida umumiy tushuncha. 2. Fonologiya va uning oʻrganish obyekti. 3. Fonetik birliklar va tovushlar tasnifi. 4. Grafika va imlo masalalari. 5. Orfoepiya. Tayanch tushunchalar: fonetika, fonologiya, fonema, tovush, unli tovushlar, lablanmaganlik, lablanganlik, tor, keng, yuqori, o„rta, quyi, undosh undosh tovushlar, grafika, orfoepiya. Fonetika haqida umumiy tushuncha. Og‗zaki nutqning tovush tizimini o‗rganadigan tilshunoslik bo‗limi fonetikadir. Nutq tovushlari, tabiatdagi boshqa tovushlardan farqli ravishda, muloqot uchun xizmat qiladi. Fikrimizni boshqalarga tovushlar vositasida so‗zlash va harflar vositasida yozish orqali bayon qilamiz. So‗zlash va yozish orqali ma‘lum fikr bayon qilishimiz nutq hisoblanadi. Nutq ikki yo‗l bilan amalga oshiriladi. Tovushlar zanjiri asosida bayon qilingan nutq og‗zaki nutq, harflar ketma-ketligi asosida bayon qilingan nutq esa yozma nutq sanaladi. Ogʻzaki nutq ham, yozma nutq ham asosan gaplardan tashkil topadi. Nutqimiz boʻlinuvchanlik xususiyatiga ega, nutq asosini tashkil etgan gaplar soʻzlarga boʻlinadi. Masalan: Bugun maktabga boraman gapi uchta soʻzdan tashkil topgan, ya‘ni bu gap uchta soʻzga boʻlinadi: bugun, maktabga, boraman. Bu soʻzlar esa oʻz navbatida boʻgʻinlarga boʻlinadi: bu-gun, mak-tab-ga, bo-ra-man. Boʻgʻinlar ham tovushlarga boʻlinadi: b, u, g, u, n; m, a, k, t, a, b, g, a; b, o, r, a, m, a, n. Nutqning boʻlinishi shu joyda tugaydi, ya‘ni tovushlar boshqa mayda boʻlaklarga boʻlinmaydi. Og‗zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo‗lakka bo‗linmaydigan qismi nutq tovushi deyiladi. Tovushning yozuvdagi ifodasiga harf deyiladi. Bir tovush bir harf bilan ham, ikki harf bilan ham ifodalanishi mumkin: v, a, o, e harflari bir tovushni ifodalasa, sh, ch, ng singarilarda ikki harf bir tovushni ifodalaydi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling