Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Tilning gorizontal harakatiga koʻra unlilar tasnifi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   310
Tilning gorizontal harakatiga koʻra unlilar tasnifi 

Old qator unlilar 
i, e, a 
Old qator unlilar talaffuz qilinganda til 
tishga tomon harakatlanadi. 

Orqa qator unlilar 
u, oʻ, o 
Orqa qator unlilar talaffuz qilinganda til 
ogʻiz boʻshligʻining orqa qismiga tomon 
tortiladi. 
Ogʻizning ochilish darajasiga koʻra unlilar tasnifi 

Yuqori tor unlilar 
i, u 
Yuqori tor unlilar til oʻrtasining tanglayga 
tomon yuqori koʻtarilishi natijasida hosil 
boʻladi. 

Oʻrta keng (tor) 
unlilar 
e, oʻ 
Oʻrta keng (tor) unlilar hosil boʻlayotganda 
til tanglayga nisbatan ogʻiz boʻshligʻining 
oʻrta qismida boʻladi. 

Quyi keng unlilar 
a, o 
Quyi keng unlilar hosil boʻlayotganda til 
ogʻiz boʻshligʻining pastki qismiga tomon 
tortiladi va tanglay va til oʻrtasida keng 
masofa qoladi. 
UNDOSH TOVUSHLAR 
O‗pkadan chiqayotgan havo og‗iz bo‗shlig‗ining ma‘lum bir joyida yoki 
bo‗g‗izda to‗siqqa uchrashidan hosil bo‗ladigan, shovqin ishtirok etadigan va boʻgʻin 
hosil qila olmaydigan tovushlar undosh tovushlar sanaladi. 
Tilimizda quyidagi 24 ta undosh tovush bor: b, v, g, d, z, j, dj, y, k, l, m, n, p, r, 
s, t, f, x, ch, sh, q, g„, h, ng. 
Undosh tovushlar ham bir nechta tomondan tasnif qilinadi: 1) hosil boʻlish 
oʻrniga koʻra; 2) hosil boʻlish usuliga koʻra; 3) ovoz va shovqinning ishtirokiga 
koʻra.
Undosh tovushlarning hosil boʻlishida oʻpkadan chiqayotgan havo ogʻiz 
boʻshligʻining yoki boʻgʻizning qayerida toʻsiqqa uchrasa, oʻsha joy undosh 
tovushning hosil boʻlish oʻrni sanaladi, ya‘ni undoshlarning hosil boʻlish oʻrni 
deganda oʻpkadan chiqayotgan havoning toʻsiqqa uchrash joyi va oʻsha joyda 
joylashgan nutq a‘zosining ishtiroki nazarda tutiladi. Masalan, b undoshi talaffuz 
qilinganda oʻpkadan chiqayotgan havo labda toʻsiqqa uchraydi va uning hosil 
boʻlishida lab ishtirok etadi, shuning uchun b undoshining hosil boʻlish oʻrni lab 
hisoblanadi. Undoshlarning hosil boʻlish oʻrniga koʻra tasnifi nutq a‘zolarining 
ishtirokiga koʻra undoshlar tasnifi ham deb yuritiladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling