Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Fonologiya va uning oʻrganish obyekti
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Fonologiya va uning oʻrganish obyekti. Fonologiya tilshunoslikning bir
bo‗limi bo‗lib, u fonetik-fonologik birliklarning tildagi vazifalari, til mexanizmidagi roli haqida ma`lumot beradi. Tilshunoslikda fonologiyaning fan sifatidagi maqomi xususida ikki xil fikr mavjud.Birinchi fikrga ko‗rafonologiya fonetikaning o‗zi emas, chunki fonetika nutq tovushlarini, fonologiya esa til tovushlarini o‗rganadi: nutq tovushlari haqidagi ta`limot (fonetika) aniq fizik 11 hodisalarni, til tovushlari haqidagi ta`limot (fonologiya) esa shu tovushlarning lisoniy-vazifaviy xususiyatlarini tadqiq qiladi, shunga ko‗ra ularning tadqiqot metodlari ham har xil: fonetika tabiiy fanlarning tadqiqot metodlariga fonologiya esa lingvistik tadqiqot metodlariga, asoslanadi. Ikkinchi fikrga ko‗ra, fonologiyani fonetikadan ajratib bo‗lmaydi, chunki muayyan tilning fonemalari tizimini, bu tizimdagi har bir fonemaning «semantizatsiyalashgan» (fonologizatsiyalashgan) belgilarini shu tilning konkret talaffuz xususiyatlarini o‗rganmasdan tadqiq qilib bo‗lmaydi. Demak, fonologiya aslida fonetikaning o‗zi, faqat uning yuqori bosqichi, xolos. Binobarin, fonolog bir vaqtning o‗zida fonetist bo‗lmay iloji yo‗q, ayni paytda fonetist ham doimo (shu jumladan, fonologiya paydo bo‗lgan davrgacha ham) ma`lum darajada fonolog bo‗lgan, chunki u umuman tovushni emas, balki til tovushlarini o‗rgangan. Ma`lumki, fonetikada tovush va bo‗g‗in segment birliklar, urg‗u va intonatsiya (ohang) esa supersegment birliklar tarzida tavsiflanadi. Fonologiyada bu birliklar lisoniy-vazifaviy xususiyat taqozosi bilan fonema (tovush), sillabema (bo‗g‗in), aktsentema (urg‗u), va intonema(intonatsiya, ohang) deb nomlanadi, fonologiyaning o‗zi esa segmental fonologiya va supersegmental fonologiya kabi ikki turga ajratiladi. Segmental fonologiyaning asosiy predmeti fonemadir, shunga ko‗ra u fonematika, fonemika nomlari bilan ham ataladi. Supersegmental fonologiyaning predmeti esa sillabema, aktsentema va intonemadir, shunga ko‗ra u prosodika deb ham yuritiladi. Fonologiyaning xulosalari fonetikaning fizik-akustik, anatomik-fiziologik va pertseptiv aspektlarida to‗plangan tajriba va ma`lumotlarga asoslanadi. Bu hol ham fonologiya bilan akustik fonetika, artikulyatsion fonetika va pertseptiv fonetika o‗rtasida uzviy aloqa borligidan dalolat beradi. Fonetik birliklarning lingvistik-funksional jihatlarini o‗rganish, asosan, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. 1870-yillarda mashhurrus va polyak tilshunosi I.A. Boduen de Kurtene (u 1845-1929-yillarda yashagan) o‗zining «Odrevnepolskom yazike do XIV stoletiya» («XIV asrgacha bo‗lgan qadimgi polyak tili haqida»)nomli magistrlik dissertatsiyasida fonema haqida gapirib, uni etimologik- morfologik hodisa deb ta`riflaydi. Shuni ham aytish kerakki, I.A. Boduen de Kurtene o‗zining fonemaga etimologik-morfologik birlik sifatidagi qarashini keyinroq qisman o‗zgartiradi. Uning «Nekotorie otdeli sravnitel`noy grammatiki slavyanskix yazikov» («Slavyan tillari qiyosiy grammatikasiningayrim bo‗limlari» (1881-y.) asarida fonema, bir tomondan, «so‗zning fonetik bo‗linmas qismi» deb qaralsa, ikkinchi tomondan, u «morfemaning harakatchan komponenti, ma`lum morfologik kategoriya belgisi» deb baholanadi. Shunday qilib, I. A. Boduen de Kurtene fonemaning antropofonik (akustik-artikulyatsion) va morfemik aspektlari borligini tan oladi. Keyinchalik (1917-yilda) u fonemaga psixologik nuqtayi nazardan yondashib, uni tovushning «inson psixikasidagi doimiy tasavvuri» deb ta`riflaydi. 12 I.A. Boduen de Kurtenening fonema haqidagi qarashlari uning shogirdlari N.V. Krushevskiy, L.V. Shcherba hamda boshqa tilshunoslar tomonidan rivojlantiriladi. O‗zbek tilshunosligida fonologiyaga asosan, so‗nggi 15-20 yil ichida e`tibor kuchaydi: «O‗zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi» (Nurmonov A.N., 1990.), «O‗zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi» (Abduazizov A., 1992.), «Umumiy tilshunoslik» (Baskakov N.A., Sodiqov A.S., Abduazizov A., 1979.), «O‗zbek tilida lisoniy birliklarning invariant-variant munosabati(fonologik sath)», nomzodlik dis. avtoreferati (Nabieva Dilora Abduhamidovna, 1998.), «O‗zbek tilida paradigma a`zolari o‗rtasidagi zidlanishlarning mo‗tadillashuvi (fonologik sath), nomzodlik dis. avtoreferati (Nurmonova Dilfuza Abduhamidovna, 1998.) kabi ishlar fikrimizning isbotidir. Tovushlar bir necha jihatlariga koʻra ikki xil boʻladi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Ularning bir-biridan farqini quyidagi jadvalda koʻrishimiz mumkin. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling