Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


  Yangí (sifat): Yangí kiyim sotib oldim.  Yángi (hozir, ravish): U safimizga  yángi keldi.  7


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   310

Yangí (sifat): Yangí kiyim sotib oldim. 
Yángi (hozir, ravish): U safimizga 
yángi keldi. 

Hozír (tayyor, shay, sifat): Ketishga 
hozírman. 
Hózir (ayni payt, ravish): Hózir dars 
boshlanadi. 

Etík (oyoq kiyim, ot): Yangi etík sotib 
oldim. 
Étik (axloqiy, sifat): Étik me‘yorlarga 
amal qiling. 

Akadémik (ilmiy unvon, ot) 
Akademík (akademík litsey, sifat) 
10 
Fízik (soha mutaxassisi, ot) 
Fizík (fizík kattalik, sifat) 
Gap urgʻusi. Gapda ishtirok etayotgan so‗zlardan birining boshqalariga 
nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishiga gap urg„usi yoki mantiqiy urg„u deyiladi.
Gap urg‗usini ixtiyoriy ravishda ko‗chirish mumkin: 
1. Kecha muzeyga biz bordik (biz bordik). 
2. Biz muzeyga kecha bordik (kecha bordik). 
3. Biz kecha muzeyga bordik (muzeyga bordik). 
4. Bordik biz kecha muzeyga (bordik). 
Ko‗rinadiki, asosiy fikr gap urg‗usini olgan bo‗lakka qaratilgan bo‗ladi. 
Oʻzbek tilida gap urgʻusini olgan boʻlak, asosan, kesimdan oldin joylashadi. 
Eslatma: Kesim mantiqiy urg‗u olganda gapdagi o‗rni o‗zgaradi va koʻpincha 
gap boshida keladi. 
TOVUSH 
OʻZGARISH HODISALARI. Nutq jarayonida talaffuz 
qulayligiga erishish harakati tufayli ketma-ket kelayotgan tovushlarning oʻzaro ta‘siri 
natijasida oʻzgarishlarga uchrashiga fonetik hodisalar yoki tovush oʻzgarishi 
hodisalari deyiladi. 
Nutqda ikki xil soʻz tovush oʻzgarishiga uchrashi mumkin: 
– oʻzlashma soʻzlar; 
– oʻz tilimizdagi qoʻshimcha qoʻshilgan soʻzlar. 
Koʻpgina oʻzlashma soʻzlar asos holatida talaffuzi va imlosi jihatdan 
farqlanadi: kitob – kitop, vaqt – vaxt, futbol – fudbol, iqtisod – ixtisod, baland – 
balant, goʻsht – goʻsh. Bu tovush oʻzgarishi oʻzbek tili imlo qoidalariga binoan 
yozuvda aks ettirilmaydi. 
Oʻz tilimizdagi ayrim soʻzlarda esa qoʻshimcha qoʻshilishi bilan tovush 
oʻzgarishi sodir boʻladi. Bu oʻzgarishlarning ayrimlari yozuvda aks etadi (yosh – 


21 
yasha, ong – angla), ba‘zilari esa talaffuz qilinganiday yozilmaydi (bogʻ – boqqa – 
bogʻga, bor – boripti – boribdi). 
Demak, oʻzlashma soʻzlardagi tovush oʻzgarishlarida ham, oʻz qatlam 
soʻzlaridagi qoʻshimcha qoʻshilganda yuz beradigan tovush oʻzgarishlarida ham 
imloda, yozuvda aks etadigan va yozuvda aks etmaydigan holatlar mavjud. 
Oʻz qatlam soʻzlarining asos holatida tovush oʻzgarishi yuz bermaydi. 
Tovush oʻzgarish hodisalari yozuvda aks etishi yoki aks etmasligiga koʻra ikki 
turga boʻlinadi: 
1) faqat ogʻzaki nutqqa xos boʻlgan va imloda aks etmaydigan tovush 
oʻzgarishlari; 
2) imloda aks etadigan tovush oʻzgarishlari.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling