Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Tovush ortishiga namunalar
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Tovush ortishiga namunalar
№ Fonetik hodisa Fonetik hodisaga sabab boʻlgan qoʻshimcha turi 1 isi + -q = issiq Soʻz yasovchi qoʻshimchalar ta‘sirida 2 achi + -q = achchiq 3 sasi + -q = sassiq 4 ega + -la = egalla 5 parvo + -im / -ing = parvoyim, parvoying Sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar (munosabat shakllari) ta‘sirida 23 6 obroʻ + -im / -ing = obroʻyim, obroʻying 7 u + -ga / -da / -dan = unga, unda, undan 8 bu + -ga / -da / -dan = bunga, bunda, bundan 9 shu + -im / -ing / -i, -si = shunim, shuning, shunisi 10 u + -im / -ing / -i, -si = unim, uning, unisi 11 bu + -day = bunday Lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar ta‘sirida 12 shu + -aqa = shunaqa 13 yemoq + -il = yeyilmoq 14 demoq + -il = deyilmoq 15 yemoq + -ish = yeyishmoq 16 demoq + -ish = yeyishmoq TOVUSH TUSHISHI Ayrim so‗zlarni talaffuz qilayotganimizda tovush tushishi hodisasiga duch kelamiz. Bu hodisaning ba‘zilari yozuvda aks etadi, ya‘ni talaffuz qilganimiz kabi yozamiz. Bu holat, ko‗pincha, so‗zlarga qo‗shimcha qo‗shilganda sodir bo‗ladi. Masalan: shahar, singil, burun, bag„ir kabi so‗zlarga egalik qo‗shimchalari qo‗shilsa, ikkinchi bo‗g‗indagi unli tovush; qayir, ayir fe‘llariga -il qo‗shimchasi qo‗shilganda i tovushi; ikki, olti, yetti so‗zlariga -ov, -ala, -ovlon qo‗shimchalari qo‗shilganda i tovushi; men, sen so‗zlariga -ni, -ning, -niki qo‗shimchalari qo‗shilganda n tovushi; past, sust so‗zlariga -ay qo‗shimchasi qo‗shilsa, t tovushi tushgan holatda yoziladi. (shahrim, ayrilmoq, ikkovlon, sening, pasay va h.k.) Ba‘zan so‗zlarda tovush tushishi hodisasi faqat talaffuzdagina sodir bo‗ladi. Bu o‗zgarish yozuvda aks etmaydi. Masalan: go„sht, sust, Toshkent, baland, xursand kabi so‗zlarning oxirgi undoshi deyarli aytilmasa-da, yoziladi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling