Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Oʻzbek tilidagi urgʻu olmaydigan soʻz va qoʻshimchalar
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- -la + -r
- Ma‟nosi urgʻusiga koʻra farqlanadigan shakldosh soʻzlar № Soʻzlar 1 Olmá (ot): Olmá yedim. Ólma (fe‘l): Qalamni ólma. 2
Oʻzbek tilidagi urgʻu olmaydigan soʻz va qoʻshimchalar
№ Birlik Misol Izoh 1 Fe‘lning boʻlishsizlik shakli: -ma bérma, oʻqíma Bu qoʻshimcha uch oʻrinda shakldosh boʻlib, uning shakldoshlari urgʻu oladi: 1) -ma (boʻlishsizlik shakli, urgʻu olmaydi): kiyimimdan tórtma, kitobga yózma. 2) -ma (ot yasovchi, urgʻu oladi): tortmá (gʻaladon); 3) -ma (sifat yasovchi, urgʻu oladi): yozmá ish. 2 Shaxs-son qoʻshimchalari I. Men boráman. I. Biz borámiz. II. Sen borásan. II. Siz borásiz. III. U borádi. III. Ular borádilar. 3 Kesimlik qoʻshimchalari I. Men talabáman. I. Biz talabámiz. II. Sen talabásan. II. Siz talabásiz. III. U talabádir. III. Ular talabalárdir. 4 Fe‘lning buyruq- istak mayli shakllari I. Men bóray. I. Biz bóraylik. II. Sen bórgin. II. Siz bóring. III. U bórsin. III. Ular bórsinlar. 5 Fe‘ldagi -la (soʻz yasovchi) + -r (sifatdosh) qoʻshimchalarining birikmasi U bugun íshlar. Daraxtlar bahorda gúllar. Ikkita qoʻshimchaning yigʻindisi boʻlgan -la + -r shaklini otlarning koʻplik shakli boʻlgan yaxlit bitta qoʻshimcha -lar dan farqlash zarur. 1) -la + -r urgʻu olmaydi: U bugun íshlar. (ish-la-r). Daraxtlar bahorda gúllar. (gul-la-r) 2) -lar urgʻu oladi: Ishlár koʻpayib ketdi. (ish-lar) Gullár ochildi. (gul-lar) 6 Sonning ma‘no turini hosil qiluvchi -ta (dona son), -larcha, -tacha (chama son) qoʻshimchalari úchta, yúztacha, minglárcha 7 Gumon olmoshi yasovchi qoʻshimcha: -dir kímdir, nimádir -dir qoʻshimchasi ham shakldosh boʻlib, ularni farqlash lozim. 1) -dir (gumon olmoshi yasovchi, urgʻu olmaydi): kímdir, nimádir 19 2) -dir (gumon yuklamasi, urgʻu olmaydi): U oʻqigándir. 3) -dir (kesimlik shakli, urgʻu olmaydi): U talabádir. 4) -dir (fe‘lning orttirma nisbat shakli, urgʻu oladi): yozdír, chizdír, kuldír. 8 Yuklamalar -mi, -chi, -a (- ya), -u (-yu), - da, -oq (-yoq), - ku, -la, -gina, - dir Bu kitob senikími? U yakshanba kunlarígina keladi. Bolalar chillak oʻynaydigan yér-da. 9 Oʻxshatish ma‘nosini bildiruvchi qoʻshimchalar: - dek, -day, -cha séndek, gúlday, yigítcha ishlamoq -cha shakldosh qoʻshimcha boʻlib, oʻz shakldoshidan urgʻu olish-olmasligiga koʻra ham farqlanadi: 1) -cha (ravish yasovchi, urgʻu olmaydi; kabi, singari soʻzlari bilan almashadi): Yigítcha ishladi. Yigit kabi ishladi. 2) -cha (otlarning kichraytirish-erkalash shakli, urgʻu oladi; kichkina soʻzi bilan almashadi): Qushlarga uychá yasab berdim. Qushlarga kichkina uy yasab berdim. 10 Familiyalar tarkibidagi -ov(a), -yev(a) shakllari Bahodir Hafízov, Sodiqjon Ergáshev 11 Sof koʻmakchilar bilan, uchun, kabi, singari, qadar, sayin, haqida Sof ko‗makchilar urg‗u olmaydi. Urg‗u ko‗makchi bilan birga kelgan mustaqil so‗zning oxirgi bo‗g‗iniga tushadi. Masalan: Onám uchun oldim. Imtihón haqida suhbatlashmoq. Bundan tashqari sifatning daraja koʻrsatkichlarida va ayrim qoʻshma soʻzlarda urgʻu birinchi qismga tushadi. Bular quyidagilar: 1) Tarkibida nim, och, tim, jiqqa, lang, toʻq, gʻirt kabi soʻzlar boʻlgan sifatning darajasini koʻrsatuvchi birliklarda urgʻu birinchi qismga tushadi: tím qora, láng ochiq. 2) Soʻzning birinchi boʻgʻinini takrorlash orqali hosil qilingan orttirma darajadagi sifatlarda urgʻu birinchi qismga tushadi: qóp-qora, yám-yashil, óppoq. 3) Har va hech soʻzlari bilan hosil qilingan qoʻshma soʻzlarda ham urgʻu birinchi qismga tushadi: hár kim, hár nima, hár qanday, héch kim, héch nima. Tilimizda soʻz urgʻusi ma‘no farqlash vazifasini ham bajaradi. 20 Ma‟nosi urgʻusiga koʻra farqlanadigan shakldosh soʻzlar № Soʻzlar 1 Olmá (ot): Olmá yedim. Ólma (fe‘l): Qalamni ólma. 2 Tugmá (ot): Tugmá qadadim. Túgma (fe‘l): Chuchvarani túgma. 3 Suzmá (quyuq qatiq, ot): Muzday suzmá yedik. Súzma (suvda suzish, ovqatni suzish, fe‘l): Ovqatni akang kelmasdan súzma. 4 Tortmá (gʻaladon, ot): Kitoblaring tortmadá turibdi. Tórtma (kuch bilan tortmoq, fe‘l): Raqib jamoa a‘zosining kiyimidan tórtma. 5 Soʻzlár (ot): Soʻzlár borki, oʻlikka jon kirgizar. Sóʻzlar (fe‘l): Anor sóʻzlar, Zaynab qalbi dir-dir qaltirar. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling