Mavzu: Bahorda o`simliklar hayoti Darsning maqsadi. Ta`limiy


Download 63 Kb.
Sana24.06.2020
Hajmi63 Kb.
#121304
Bog'liq
Dars ishlanma


Mavzu: Bahorda o`simliklar hayoti

Darsning maqsadi.

Ta`limiy: O`quvchilarga bahor fasli va bahorda o`simlikning gullashi haqida tushunchalar berish. Bahoriy o’simliklarni farqlashga o’rgatish.

Tarbiyaviy: Bahoriy o’simliklarni asrash ularni ekish va ko’paytirishga o’rgatish, obodonloshtirish ishlarining ahamiyatini yetkazish.

Rivojlantiruvchi: O`simliklar, gullar daraxtlar bahordagi hayot, bahoriy taomlarning tayyorlanishi haqidagi fikirlarni rivojlantirish.

Darsning kompitensiyasi: O’quvchilarning kommunikativ kompitentligini oshirish. O’quvchilarni fasillarni o’zaro farqlashga o’rganishi

Dars turi: Yangi bilim beruvchi,

Dars usuli: Tushuntirish, suhbat, sayohat

Dars jihoz: Darslik, rasimlar, rasimli topishmoq, proyektor, bodom, o`rik daraxti-shoxlari.

Darsning borishi :

I.Tashkiliy qisim.

a) Salomlashish.

b) Sinif xonasi va o`quvchilarning darsga tayyorligini ko’rish.

d) Bahor fasli bo’lganligi uchun ob-havo haqida o’quvchilardan eshitish.

O’quvchilarga dars jarayonida rioya qilishimiz zarur bo`lgan oltin qoidalar eslatiladi.

O’quvchilarni mavjud bilimlarini baholash va darsga jalb qilish uchun topshiriqlar beriladi

Sinif o’quvchilari uch guruhga bo`linadi. Zukkolar, Bilimdonlar, A`lochilar



I. topshiriq. Bahoriy gularni rasimini chizish topshiriladi.

II topshiriq. O`quvchilarga gullar haqida she`rlar aytib berish taklif qilinadi.

II. O’quvchilarni chizgan suratlari va sherlari guruhlar o’rtasida baholanadi.

III. Yangi mavzu .Bahorda o`simlik hayoti O`quvchilarga bodom va o`rik shoxlari ko`satiladi.

Mavzu yuzasidan atroflicha obrazli shaklda mavzu tasvirlanadi. Bahorda Quyosh baland ko`tarikib, hovo, yer isiyboshlaydi. Yerdan qor ketishi bilan maysalar unib chiqadi. Boychechak, chuchmoma, binafsha ochiladi. Kunlar isib borgan sari daraxitlar tanasiga yerdan suv bilan birga ozuqalar ko`tariladi. Eng oldin bodom gullaydi va barg chiqaradi. Kiyin shaftoli, o`rik, nok, gilos, olcha, olma gullay boshlaydi. Eng oxiri behi gullaydi. Ko`pchilik daraxtlar oldin gullab, so`ng barg yozadi. Behi esa oldin barg chiqarib, keyin gullaydi. (O`quvchilarga ushbu ma’lumotlar taqdimot orqali daraxtlarning gullashi ko`rsatiladi)



Dam olish daqiqasi: Sinf xonasidagi gullarni kichik bog’ shaklida terib qo’yish oqali o’quvchilarni gullarga bo’lgan havasini qiziqishini oshirish mumkin bo’ladi xona sharoitida (Agar imkon bo’ksa maktab xovlisida kichik bog’ mavjud bo’lsa o’quvchilarni u yerg aolib chiqish ham yaxshi samara beradi) o’qituvchi tomonidan sinf xonasidagi gullarning bargi tozlanib tagiga suv quyiladi va o’quvchilarga o’rgatiladi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Bu bosqichda o’qituvchi bahoriy mevalarni olib kelib ular bilan o’quvchilar ishtirokida “PAYPASLAB TOP” o’yini o’tkazishi mumkin.

“PAYPASLAB TOP” o’yinida ikkita o’quvchi parta oldidan turgan holda va ularning ko’zlari bog’lanadi ularning oldiga bahoriy mevabar qo’yiladi va qo’llari orqali mevalarni paypaslab qaysi meva ekanligini topishi lozim bo’ladi, eng ko’p meva nomini topgan o’quvchi g’olib bo’lgan bo’ladi.

Mevalar haqida she`rlar yodlash bo’yicha o’quvchilarning oldingi uchta guruhga topshiriq beriladi.



-Birinchi guruh uchun

O`rik: Yeging kelsa ko’k g’o’ra,

Bahor chog’ida so’ra.

Yozda esa pishamasi.

Qoqma , o’zim tushaman.

Xohlasang,ye mag’izini

Qani och-chi og’izini

-Ikkinchi guruh uchun

Gilos: Bir qiz , boldoq qilay deb,

Quchog’imga ilay deb,

Qo’sh mevamni uzvoldi.

Uyqumniyam buzvordi.

-Uchunchi guruh uchun

Olma: Ko’pning ko’zing kuydirgan,

Qornini ham to’ydirgan.

Menman o’sha naqsh olma,



Endi yo’lingdan qolma.

VI.Darsni yakunlash. Guruh ballarini hisoblash, g’olib guruhni aniqlash, o’quvchilarni rag’batlantirish. O’quvchilarga bahor faslida obodonlashtirish ishlarida faol qatnashishga undash.

VI.Uyga vazifa,”Bahorda o’simliklar hayoti” mavzusini o’rganish, bahoriy o’simliklarni kuzatish. Bahorgi bayramlar va o’zimliklar, bahoriy taomlar haqida ota-onalaridan va yaqinlaridan ma’lumot so’rob olish va uni o’zlashtirish.

Jumaniyozova Intizor,

Xorazm viloyati, Urganch tumani

23-umumta’lim maktabining

boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling