Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
IMLODA AKS ETMAYDIGAN (FAQAT OGʻZAKI NUTQQA XOS
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
IMLODA AKS ETMAYDIGAN (FAQAT OGʻZAKI NUTQQA XOS
BOʻLGAN) TOVUSH OʻZGARISHLARI Faqat ogʻzaki nutqqa xos boʻlgan tovush oʻzgarish hodisalariga talaffuz jarayonidagi quyidagi holatlar mansub: – ayrim unlilarning tushib qolishi yoki orttirilishi: Saodat – Sodat, traktor – tiraktor, stol – ustol, uzr – uzur; – unlilarning almashib talaffuz qilinishi zamon – zomon, muhim – muhum; – undoshlarning tushib qolishi yoki orttirilishi: daraxt – darax, doʻst – doʻs, oila – oyila; – undoshlarning almashishi: shanba – shamba, maqtanchoq – maxtanchoq; – jarangli undoshning jarangsizlashishi: maktab – maktap, mard – mart; Bu hodisalar faqat ogʻzaki nutqda roʻy beradi va yozuvda aks etmaydi. Agar imloda ham talaffuzdagidek yozilsa, imloviy xatolik hisoblanadi. Adabiy tilning ogʻzaki nutq va yozma nutq me‘yorlari farqlanadi. Ilmiy asoslangan adabiy til me‘yorlarida talaffuz va imloning qat‘iy qoidalari mavjud. Ogʻzaki nutqda ayrim unli harflar yozilganidan boshqacha talaffuz qilinadi: kompyuter – kampyuter, mobil – mabil, kino – kiyno. Bunday soʻzlardagi unli harflarni matnlarda yozilganidek talaffuz qilish ogʻzaki nutq me‘yorlaridan chetga chiqish sifatida baholanadi. Shuningdek, ba‘zi unli tovushlar esa aytilganidek yozilmaydi: boho (talaffuzda), – baho (imloda), unuqqan (talaffuzda) – uniqqan (imloda), partret (talaffuzda) – portret (imloda). Ammo vahshiy, falokat, ravshan soʻzlarini voxshiy, polakat, rovshan deb talaffuz qilish yoki qanday aytilsa, shunday yozish toʻgʻri emas. Ogʻzaki va yozma nutqdagi bunday muammolarga duch kelganda «Oʻzbek tilining talaffuz lugʻati», «Oʻzbek tilining imlo lugʻati»ga asoslanish kerak. Adabiy tilda barcha soʻzlar aytilganidek yozilsa edi, bir soʻzning oʻzini ham turlicha yozishga toʻgʻri kelar, natijada imloni tartibga solib boʻlmas, savodsizlik kuchayib ketar edi. Shuning uchun amaldagi talaffuz va imlo qoidalariga koʻra ayrim undoshlarning ham talaffuzi va imlosi farq qiladi. Ogʻzaki nutqda ayrim undosh harflar yozilganidan boshqacha talaffuz qilinadi: masxaraboz – masxaravoz, shanba 22 – shamba, pedagog – pedagok. Ogʻzaki nutqdagi ixtisod, shoshilip, ketti soʻzlarini iqtisod, shoshilib, ketdi shaklida yozish lozim. Bu talaffuz, albatta, notoʻgʻri emas. Ammo imloda soʻzlardagi bu undoshlarning qanday yozilishi imlo qoidalari va lugʻatlarda me`yorlashtirilgan. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling